“Oʻzagroservis” AJ korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (1032-son)
19.12.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mashina-traktor parklarining bir-birini takrorlovchi funksiyalarini bartaraf etish, ularni moliyaviy sogʻlomlashtirish va tashkiliy tuzilmalarini optimallashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga servis va mexanizatsiya xizmatlarini koʻrsatishning yagona texnik siyosatini yuritish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya va servis xizmatlarini koʻrsatish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 29-maydagi PQ-3751-son qaroriga muvofiq “Avtosanoat Agrotexservis” MChJ va “Oʻzagroservis” AJ mashina-traktor parklari tizimini optimallashtirish nazarda tutilgani;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligini oʻz vaqtida qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 18-maydagi 373-son qaroriga muvofiq tugatilgan fermer xoʻjaliklarining “Oʻzagrolizing” AJ va “Oʻzagroservis” AJ oldidagi qarzdorlik miqdoriga aniqlik kiritish hamda shu munosabat bilan koʻrsatib oʻtilgan tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan koʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi oldida yuzaga kelgan qarzdorliklarini restrukturizatsiya qilishga doir taklif kiritish belgilab qoʻyilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. “Oʻzagroservis” AJ va “Oʻzavtosanoat” AJning:
a) “Avtosanoat Agrotexservis” MChJ ustav jamgʻarmasidagi “Oʻzavtosanoat” AJ dillerlik tashkilotlariga tegishli boʻlgan ulushlarini “Oʻzagroservis AJning ustav jamgʻarmasiga “Oʻzavtosanoat” AJ dillerlik tashkilotlarining ulushi sifatida 1-ilovaga muvofiq boshlangʻich qiymatda berish va keyinchalik “Oʻzagroservis” AJ aksiyalarini boshlangʻich qiymatda joylashtirish masalasini belgilangan tartibda tashkil etish;
b) tuman “Agrotexservis MTP” MChJlarining “Oʻzavtosanoat” AJ dillerlik tashkilotlari oldidagi kafillik shartnomalari asosida amalda toʻlangan qismi boʻyicha qarzdorliklarini 2-ilovaga muvofiq hisobdan chiqarish boʻyicha bergan takliflariga rozilik berilsin.
3. “Oʻzagroservis” AJ, “Kafolat SK” AJ va “Agrobank” ATBning:
2019-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligining texnik jihozlanish darajasini yanada oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 4-yanvardagi PQ-3459-son qaroriga muvofiq xarid qilingan qishloq xoʻjaligi texnikalari uchun “Oʻzagroservis” AJ mashina-traktor parklarining garov bilan taʼminlanmagan majburiyatlari boʻyicha “Agrobank” ATBga “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ tomonidan taqdim etilgan kafillikni sugʻurta polislariga almashtirish;
“Oʻzagroservis” AJ mashina-traktor parklari “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJning garov bilan taʼminlanmagan majburiyatlar boʻyicha kafilliklarini sugʻurta tashkilotlari polislariga almashtirish bilan bogʻliq sugʻurta xizmatlari haqini oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlashi taʼminlanishi toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
4. “Oʻzagroservis” AJ va “Oʻzagrolizing” AJning tuman “Agroservis MTP” MChJ, “Agrotexservis MTP” MChJ va “Agrotexservis MTP” MChJlarining “Oʻzagrolizing” AJ va “Oʻzmashlizing” MChJ oldidagi lizing toʻlovlari boʻyicha qarzdorliklarini toʻlash muddatini 3-ilovaga muvofiq 2021-yil 1-sentabrga qadar uzaytirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov va Bosh vazir oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-dekabr,
1032-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-dekabrdagi 1032-son qaroriga 1-ILOVA
“Avtosanoat Agrotexservis” MChJ ustav jamgʻarmasidagi “Oʻzavtosanoat” AJ dillerlik tashkilotlariga tegishli boʻlgan va “Oʻzagroservis AJning ustav jamgʻarmasiga “Oʻzavtosanoat” AJ dillerlik tashkilotlarining ulushi sifatida boshlangʻich qiymatda beriladigan ulushlar
roʻyxati
T/r Tashkilotlar nomi Ustav jamgʻarmasidagi ulush miqdori (mln. soʻm) Ishtirok etish ulushi, % 1. “Amu Lada” MChJ 181,5 1,0 2. “Andijon Avtotexxizmat” MChJ 387,2 2,2 3. “Asaka Avtosavdo” MChJ 188,4 1,1 4. “Avtotexxizmat” MChJ 277,4 1,6 5. “Avtosanoatinvest” MChJ 2 951,2 16,6 6. “Bekobod-Avtosavdo” MChJ 561,7 3,2 7. “Buxoro Avtosavdo” MChJ 300,0 1,7 8. “Buxoro Avtotexxizmat” MChJ 511,0 2,9 9. “Chust Avtotexxizmat-N” MChJ 459,0 2,6 10. “Fargʻona Motors” MChJ 75,5 0,4 11. “Fargʻona Avtosavdo” MChJ 41,3 0,2 12. “Avtotexxizmat-F” MChJ 66,0 0,4 13. “Jizzax Avtosavdo” MChJ 16,5 0,1 14. “Jizzax Avtotexxizmat” MChJ 96,4 0,5 15. “Qashqadaryo Avtotexxizmat” MChJ 1 321,1 7,4 16. “Navoiy Avto motors” MChJ 183,0 1,0 17. “Navoiy Avtotexxi�mat” MChJ 178,5 1,0 18. “Navoiy-Avtosavdo” MChJ 177,9 1,0 19. “Namangan Avtosavdo” MChJ 470,2 2,6 20. “Namangan Avtotexxizmat” MChJ 513,0 2,9 21. “Nukus Avtosavdo” MChJ 282,3 1,6 22. “Oq oltin avtotexservis” MChJ 162,0 0,9 23. “Poytaxt Avtosavdo” MChJ 15,0 0,1 24. “Oʻzavtotexxizmat” MChJ 550,9 3,1 25. “Qoʻqon Avtosavdo” MChJ 70,5 0,4 26. “KK Avtotexxizmat” MChJ 526,0 3,0 27. “Samarqand Avtosavdo” MChJ 660,0 3,7 28. “Samarqand avtotexxizmat” MChJ 1 650,0 9,3 29. “Shaxrixon Lada” MChJ 52,5 0,3 30. “Vobkent Avtotexxizmat” MChJ 156,3 0,9 31. “Sitora Avtosavdo” MChJ 367,4 2,1 32. “Sirdaryo avtotexxizmat” MChJ 15,3 0,1 33. “Surxon Avtosavdo” MChJ 602,0 3,4 34. “Surxondaryo Avtotexxizmat” MChJ 250,8 1,4 35. “Sergeli Avtotexxizmat” MChJ 187,0 1,1 36. “Toshkent Avtosavdo” MChJ 414,1 2,3 37. “Toshkent DEU Markaz” MChJ 494,8 2,8 38. “Gʻijduvon Avtotexxizmat” MChJ 294,3 1,7 39. “Toshkent motors servis” MChJ 29,0 0,2 40. “Toshviloyat avtotexxizmat” MChJ 775,6 4,4 41. “Uchtepa Avtosavdo” MChJ 100,0 0,6 42. “Fargʻona Avtomarkaz” MChJ 118,0 0,7 43. “Xorazm Avtosavdo” MChJ 248,1 1,4 44. “Xorazm Avtotexxizmat” MChJ 373,9 2,1 45. “Yunusobod Avtosavdo” MChJ 18,0 0,1 46. “Xumo Avtosavdo” MChJ 18,0 0,1 47. “Zomin Avtosavdo” MChJ 25,0 0,1 48. “Oʻzavtosanoatservis” MChJ 366,5 2,1 Jami: 17 780,1 100
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-dekabrdagi 1032-son qaroriga 2-ILOVA
“Agrotexservis MTP” MChJlarining “Oʻzavtosanoat” AJ dillerlik tashkilotlari oldidagi kafillik shartnomalari asosida amalda toʻlangan qismi boʻyicha hisobdan chiqariladigan qarzdorliklari
roʻyxati
T/r Hududlar nomi Dillerlik tashkilotlari nomi tuman “Agrotexservis MTP” MChJlari nomi Kreditor qarzdorlik (mln. soʻm) 1. Andijon viloyati “Asaka-Avtosavdo” MChJ “Marhamat Agrotexservis MTP” MChJ 5 153,0 2. “Buloqboshi Agrotexservis” MChJ 4 153,0 3. “Asaka Agrotexservis MTP” MChJ 9 600,0 4. Buxoro viloyati “Texnika-servis” MChJ “Olot Agrotexservis MTP” MChJ 100 888,0 5. “Buxoro Avtosavdo” MChJ “Kogon Agrotexservis MTP” MChJ 261 726,0 6. “Vobkent Avtotexxizmat” MChJ “Peshku Agrotexservis MTP” MChJ 106 771,2 7. “Vobkent Agrotexservis MTP” MChJ 120 762,1 8. Jizzax viloyati “Jizzax Avtosavdo” MChJ “Gʻallaorol Agrotexservis MTP” MChJ 1 137 460,9 9. “Baxmal Agrotexservis MTP” MChJ 494 849,8 10. “Yunusobod Avtosavdo” MChJ “Doʻstlik Agrotexservis taʼminotchi” MChJ 393 270,0 11. “Jizzax Avtotexxizmat” MChJ “Mirzachoʻl Agrotexservis MTP” MChJ 1 102 085,0 12. “Baxmal Agrotexservis MTP” MChJ 361 051,0 13. “Zafarobod Agrotexservis MTP” MChJ 216 521,0 14. “AS-Jizzax servis” ShK “Arnasoy Agrotexservis MTP” MChJ 722 120,000 15. “Zomin Avtosavdo” MChJ “Zomin Agrotexservis MTP” MChJ 1 498 286,0 16. “Xumo Avtosavdo” MChJ “Jizzax Agrotexservis MTP” MChJ 158 308,0 17. Navoiy viloyati “Navoiy Avtotexxizmat” MChJ “Qiziltepa Agrotexservis MTP” MChJ 155 699,0 18. “Konimex Agrotexservis MTP” MChJ 366 810,2 19. Namangan viloyati “Namangan Avtosavdo” MChJ “Norin Agrotexservis MTP” MChJ 58 436,0 20. “Uchqoʻrgʻon Agrotexservis MTP” MChJ 96 392,0 21. Qoraqalpogʻiston respublikasi “Qoraqalpoqavtotexxizmat” MChJ “Chimboy Agrotexservis MTP” MChJ 78 253,2 22. “Oqmangʻit Agrotexservis MTP” MChJ 290 000,0 23. “Karauzyak Agrotexservis MTP” MChJ 56 041,0 24. “Nukus Avtosavdo” MChJ “Taxtakoʻpir Agrotexservis MTP” MChJ 144 660,6 25. “Amudaryo Agrotexservis MTP” MChJ 210 551,2 26. “Oʻzavtotexxizmat” MChJ “Toʻrtkoʻl Agrotexservis MTP” MChJ 316 261,4 27. Samarqand viloyati “Samarqand avtotexxizmat” MChJ “Payariq Agrotexservis MTP” MChJ 19 269,7 28. “Bulungʻur Agrotexservis MTP” MChJ 10 409,7 29. “Tayloq Agrotexservis MTP” MChJ 41 251,7 30. “Goʻzalkent Agrotexservis MTP” MChJ 111 911,1 31. “Samarqand Agrotexservis MTP” MChJ 3 613,6 32. “Kattaming Agrotexservis MTP” MChJ 45 708,7 33. “Samarqand Avtosavdo” MChJ “Ishtixon Agrotexservis MTP” MChJ 4 200,0 34. “Oqdaryo Agrotexservis MTP” MChJ 21 665,0 35. “Urgut Agrotexservis MTP” MChJ 1 796,0 36. Sirdaryo viloyati “Sirdaryo avtotexxizmat” MChJ “Oqoltin bosh Agrotexservis MTP” MChJ 100 913,4 37. “Mehnatobod Agrotexservis MTP” MChJ 125 520,1 38. “Mirzaobod Agrotexservis MTP” MChJ 353 966,4 39. “AS-Sirdaryo servis” shuʼba korxonasi “Xovos Agrotexse�vis MTP” MChJ 108 605,000 40. “Boyovut Agrotexservis MTP” MChJ 352 459,000 41. “Sirdaryo Agrotexservis MTP” MChJ 403 113,000 42. “Sergeli Avtotexservis” MChJ “Sayxunobod Agrotexservis MTP” MChJ 347 392,2 43. “Xovos Agrotexservis MTP” MChJ 547 464,0 44. “Sardoba Agrotexservis MTP” MChJ 640 425,0 45. Toshkent viloyati “Bekobad-Avtosavdo” MChJ “Bekobod Agrotexservis MTP” MChJ 131 205,9 46. “Oqqoʻrgʻon Agrotexservis MTP” MChJ 452 515,9 47. “AS-Toʻytepa servis” shuʼba korxonasi “Pskent Agrotexservis MTP” MChJ 254 623,706 48. “Boʻka Agrotexservis MTP” MChJ 82 479,000 49. “Ohangaron Agrotexservis MTP” MChJ 15 277,000 50. “Toshviloyat avtotexxizmat” MChJ “Oʻrtachirchik Agrotexservis MTP” MChJ 230 793,898 51. “Chinoz agrouniversal texservis MTP” MChJ 459 868,289 52. “Zangiota Agrotexservis MTP” MChJ 35 499,657 53. “Toshkent Avtosavdo” MChJ “Doʻstobod Agrotexservis MTP” MChJ 57 030,5 54. “Gulbahor Agrotexservis MTP” MChJ 365 036,7 55. Fargʻona viloyati “Qoʻqon-Avtosavdo” MChJ “Dangʻara Agrotexservis MTP” MChJ 1 177 252,0 56. “Furqat Agrotexservis MTP” MChJ 6 997,4 57. “Yaypan Agrotexservis MTP” MChJ 29 129,1 58. “Uchkoʻprik Agrotexservis MTP” MChJ 45 000,0 59. “DEU-Fargʻona” MChJ “Chimyon Agrotexservis MTP” MChJ 278 759,2 60. “Fargʻona Avtotexxizmat” MChJ “Buvayda Agrotexservis MTP” MChJ 614 027,7 61. “Rishton Agrotexservis MTP” MChJ 261 026,2 62. “Fargʻona Avtosavdo” MChJ “Quvasoy Agrotexservis MTP” MChJ 33 287,2 63. Xorazm viloyati “Xorazm Avtosavdo” MChJ “Xorazm Yangiariq Agrotexservis MTP” MChJ 230 946,6 Jami 16 466 549,1
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-dekabrdagi 1032-son qaroriga 3-ILOVA
Tuman “Agroservis MTP” MChJ, “Agrotexservis MTP” MChJ va “Agrotexservis MTP” MChJlarining lizing toʻlovlari boʻyicha “Oʻzagrolizing” AJ va “Oʻzmashlizing” MChJ oldidagi qarzdorliklari
mln. soʻmda T/r Hududlar nomi Qarzdorlik- jami Shu jumladan: tuman “Agroservis MTP” MChJlari tuman “Agrotexservis M�P” MChJlari “Agrotex Paxta MTP” MChJ 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 814 814 2. Andijon viloyati 1 152 348 804 3. Buxoro viloyati 846 846 4. Jizzax viloyati 4 649 4 649 5. Qashqadaryo viloyati 7 061 7 003 58 6. Navoiy viloyati 1 277 1 249 28 7. Namangan viloyati 3 651 2 499 1 152 8. Samarqand viloyati 4 075 4 070 5 9. Surxondaryo viloyati 5 860 3 014 2 846 10. Sirdaryo viloyati 7 647 1 740 5 907 11. Toshkent viloyati 1 208 1 208 12. Fargʻona viloyati 1 917 1 125 792 13. Xorazm viloyati 1 003 972 31 Jami: 41 159 27 876 7 347 5 936
