2019-2020-yillarda suv taʼminoti ogʻir boʻlgan hududlardagi aholi tomorqalariga suv yetkazib berish uchun sugʻorish quduqlarini qazishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida (1019-son)
14.12.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Suv taʼminoti ogʻir boʻlgan hududlardagi aholi tomorqalariga suv yetkazib berishni yaxshilash uchun sugʻorish quduqlarini qazishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2019-2020-yillarda suv taʼminoti ogʻir, isteʼmolga yaroqli yer osti suv zaxiralari yetarli boʻlgan mahalla fuqarolar yigʻinlari hududlaridagi aholi tomorqalariga suv yetkazib berish maqsadida sugʻorish quduqlarini qazish dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) va uni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari “Tomorqa xizmati” MChJga kengashi (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga ajratiladigan kredit resurslari 1-ilovaga;
suv taʼminoti ogʻir hududlarda artezian quduqlarni burgʻulash ishlarini tashkil etish sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Kengash Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda Dasturga kiritilgan mahalla fuqarolar yigʻinlaridagi aholi tomorqalarini har tomonlama oʻrganib, ushbu tomorqalardagi bogʻlarni va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishni zamonoviy resurs tejovchi ilgʻor texnologiyalar asosida va muqobil energiya vositalaridan foydalanishni tashkil etilishini nazarda tutsinlar.
3. Kengash:
Dasturni amalga oshirish doirasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirsin;
Dasturning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borsin, yuzaga keladigan muammolarni oʻz vaqtida hal qilish uchun zarur choralarni koʻrsin;
zarur hollarda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan holda mazkur Dasturga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin.
4. Dasturga muvofiq sugʻorish quduqlarini burgʻulash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi quduqlarni qazish loyihalariga ekologik ekspertiza xulosalari va Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi gidrogeologik xulosalar belgilangan tartibda berilishini taʼminlasin.
5. “Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyati 2019-2020-yillarda suv taʼminoti ogʻir boʻlgan aholi maskanlarida quriladigan sugʻorish quduqlarining elektr tarmoqlariga belgilangan tartibda ulanishini hamda ularga elektr energiyasi uzluksiz yetkazib berilishini taʼminlasin.
6. Kengashning Dasturdagi suv taʼminoti ogʻir, isteʼmolga yaroqli yer osti suv zaxiralari yetarli boʻlgan mahalla fuqarolar yigʻinlari hududlaridagi aholi tomorqalariga suv yetkazib berish uchun sugʻorish quduqlarini qazish ishlarini tashkil etish boʻyicha “Tomorqa xizmati” MChJ hamda “Suvqurilishinvest” davlat unitar korxonalarini buyurtmachi etib belgilash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Dasturda nazarda tutilgan quduqlarni qazish va burgʻulash uchun, shu jumladan energiya manbalari uskunalarini oʻrnatish va ularni kelgusida ekspluatatsiya qilish uchun zarur yer maydonlarini oʻrnatilgan tartibda ajratib berilishini taʼminlasin.
8. Dasturga kiritilgan sugʻorish quduqlarini qazish hamda suvni aholi tomorqalariga yetkazib berish ishlarini moliyalashtirish:
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini, “Tomorqa xizmati” MChJlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga, “Tomorqa xizmati” MChJlarga imtiyozli kreditlar berish maqsadida “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB va “Xalq banki” ATBga joylashtiriladigan resurslar hisobidan;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida yangi ish oʻrinlari tashkil etishni ragʻbatlantirish hududiy jamgʻarmalarining fermer va dehqon xoʻjaliklari, shaxsiy tomorqa egalariga sugʻorish moslamalari (nasoslar, sugʻorish quduqlari va boshqalar) xarid qilish uchun ajratiladigan imtiyozli kreditlar;
belgilangan tartibda hamkorlik dasturlari doirasida jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari;
“Tomorqa xizmati” MChJlarning va tashabbuskorlarning (sugʻorish qudugʻidan foydalanuvchilar) oʻz mablagʻlari hamda qonunda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Jamgʻarma Dasturga kiritilgan tumanlardagi fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga, shuningdek, “Tomorqa xizmati” MChJlarga burgʻulash uskunalari xarid qilish, quduq qazish hamda mavjud quduqlarni taʼmirlash uchun mablagʻ ajratishi mumkin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi fundamental, amaliy innovatsion tadqiqotlar boʻyicha davlat ilmiy-texnik dasturlarni shakllantirishda aholi tomorqalariga suv yetkazib berish boʻyicha innovatsion ishlanmalar va zamonaviy texnologiyalar ishlab chiqishni nazarda tutuvchi ilmiy loyihalar kiritilishini nazarda tutsin.
10. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi vazifasini bajaruvchi A.A. Xaitov va Suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 14-dekabr,
1019-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1019-son qaroriga 1-ILOVA
2019-2020-yillarda suv taʼminoti ogʻir, isteʼmolga yaroqli yer osti suv zaxiralari yetarli boʻlgan mahalla fuqarolar yigʻinlari hududlaridagi aholi tomorqalariga suv yetkazib berish maqsadida sugʻorish quduqlarini qazish dasturi va uni amalga oshirish uchun Kengash huzuridagi jamgʻarma tomonidan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga, “Tomorqa xizmati” MChJlarga ajratiladigan kredit resurslari
T/r Tumanlar nomi Mahalla fuqarolar yigʻinlarining nomi Qaziladigan quduqlar soni, dona shundan Ajratiladigan kredit resurslari, mln. soʻm* shundan muddatlari boʻyicha: 2019-yilda 2020-yilda 2019-yilda 2020-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. Kegeyli Yerkindarya 1 1 1057,7 576,9 480,8 Qusqanataoʻ 1 1 2. Qungʻirot Raushan jaltir 1 1 Raushan 1 1 3. Shumanoy Dexanobod 1 1 Sarmanbaykoʻl 1 1 Bekjap 1 1 Karabayli 1 1 Kitenler 1 1 4. Qonlikul Beskupir 1 1 Boston 1 1 Jami: 4 11 6 5 Andijon viloyati 1. Shaxrixon Qoʻrgʻoncha 1 1 576,9 288,5 288,5 Qumtepa 1 1 2. Baliqchi Mallachek 1 1 Saxovat 1 1 Koʻl 1 1 3. Marxamat Qorabogʻich 1 1 Jami: 3 6 3 3 Buxoro viloyati 1. Buxoro Kunji Kala 1 1 4711,5 2403,8 2307,7 Sufikorgar 1 1 Gulshanobod 1 1 Shergiron 1 1 Kavula-Maxmud 1 1 Kuchkumar 1 1 Yurinbolo 1 1 Sohibkor 1 1 Saxovat 1 1 Raboti kalmokon 1 1 2. Jondor Mustaqillik 1 1 Qaravul 1 1 Qazoqon 1 1 Yosh kuch 1 1 Nurafshon 1 1 Qaroli 1 1 Xumin 1 1 Zangi 1 1 3. Kogon Oʻrta-choʻl 1 1 Nurafshon 1 1 Beklar 1 1 Mustaqillik 1 1 4. Qorovulbozor Tinchlik 1 1 Chulquvar 1 1 5. Olot Denov (Denov) 1 1 6. Peshku Navgaxon 1 1 Boboxoji 1 1 Bogʻimuso 1 1 Shavgon 1 1 Karakalpok 1 1 7. Romitan Xofizrabot 1 1 Mugoncha 1 1 Tarnuat 1 1 Toshrabot 1 1 8. Shofirkon Decha 1 1 Joʻynav 1 1 M Chandir 1 1 Bogʻi afzal 1 1 Doʻrmen 1 1 Iskogare 1 1 9. Gʻijduvon Sh. Xamroyev 1 1 Armechan 1 1 Tavariyon 1 1 Mazragan 1 1 Paxtaobod 1 1 Mustaqillik 1 1 Labirot 1 1 Shoʻrcha 1 1 Jovgari 1 1 Jami: 9 49 25 24 Jizzax viloyati 1. Arnasoy Baxtli 1 1 1538,5 961,5 576,9 2. Baxmal Oktosh 1 1 Kutlugʻobod 1 1 Oʻsmat 1 1 Doʻstlik 1 1 Madaniyat 1 1 3. Doʻstlik Oltin vodiy 1 1 4. Zarbdor Oqar 1 1 Oybek 1 1 5. Zafarobod Pistalikent 1 1 6. Mirzachoʻl Yangidala 1 1 Oʻzbekiston 1 1 7. Forish Oqtepa 1 1 Kulba 1 1 Ilonli 1 1 Narvon 1 1 Jami: 7 16 10 6 Qashqadaryo viloyati 1. Gʻuzor “Moʻminobod” 1 1 5673,1 3942,3 1730,8 Guliston 1 1 Doʻltali 1 1 Chugʻurma 1 1 Botosh 1 1 Pachkamar 1 1 Mexnatobod 1 1 Yangiobod 1 1 Eshonquduq 1 1 Shakarbuloq 1 1 Yangikent 1 1 Xalqabod 1 1 Qarakoʻl 1 1 2. Dehqonobod Bozortepa 1 1 Gumbuloq 1 1 Obod 1 1 Obiravon 1 1 Beshqoʻton 1 1 Oqtosh 1 1 Beliboyli 1 1 Chambil 1 1 3. Qarshi Mangʻit 1 1 Dasht 1 1 4. Qamashi Dovud 1 1 Odoqjonboʻz 1 1 Savsantepa 1 1 Chim 1 1 Oqrabot 1 1 Qorabogʻ 1 1 Mayda 1 1 Qoratepa 1 1 Loyqasoy 1 1 Badaxshon 1 1 Dovud 1 1 Odoqjonboʻz 1 1 5. Koson Shirintepa 1 1 Maydayobu 1 1 Chiroqchi 1 1 Xoʻjaquduq 1 1 6. Nishon Oqoltin 1 1 Navroʻz 1 1 Nishon 1 1 Gulzor 1 1 7. Chiroqchi Qahramon 1 1 Buronjuz 1 1 Dursun 1 1 Uyshun 1 1 Gʻallachi 1 1 Chiyal 1 1 Zum 1 1 Gʻallakor 1 1 Qumdaryo 1 1 Chambil 1 1 Choshtepa 1 1 Ayritom 1 1 Xushali 1 1 Taloqtepa 1 1 Shoʻrquduq 1 1 Koʻkdala 1 1 8. Shahrisabz Ommagʻon (Xitoy) 1 1 Jami: 8 60 42 18 Navoiy viloyati 1. Karmana Azamat 1 1 2115,4 1153,8 961,5 Kumushkon 1 1 2. Konimex Doʻstlik 1 1 3. Qiziltepa Saroy 1 1 Qalay Azizon 1 1 Gʻamxur 1 1 Baland gʻardiyon 1 1 4. Navbahor Y. Beshrabod 1 1 Yangi obod 1 1 5. Nurota Istiqlol 1 1 Chuya 1 1 Yangiturmush 1 1 Jarma 1 1 Yangi hayot 1 1 6. Xatirchi Oltinobod 1 1 Uchqara 1 1 Oq-oltin 1 1 Navruz 1 1 Yangi qurilish 1 1 Qoriz Arab 1 1 Nayman 1 1 Oltinsoy 1 1 Jami: 6 22 12 10 Namangan viloyati 1. Pop Chorkesar 1 1 3076,9 1634,6 1442,3 Imon ota 1 1 Madaniyat 1 1 Bunyodkor 1 1 Bayon 1 1 Maydon 1 1 Yuqori Xonobod 1 1 Oʻrta Xonobod 1 1 Qoʻshminor 1 1 Navbahor 1 1 Uch uyli 1 1 2. Chortoq Xazratishoh 1 1 Toʻriq 1 1 Bogʻiston 1 1 Sohibkor 1 1 Sozsoy 1 1 Oboddiyor 1 1 Gulshan 1 1 Dehqonobod 1 1 Alixon 1 1 3. Yangiqoʻrgʻon Oqtom 1 1 Qayroqi 1 1 Birlik 1 1 Tinchlik 1 1 Oqsuv Gʻovazon 1 1 Yangibogʻiston 1 1 Qizilqiyoq 1 1 Gʻalaba 1 1 Salmon 1 1 Sashʼal 1 1 Bunyodkor 1 1 Qandiyon 1 1 Jami: 3 32 17 15 Samarqand viloyati 1. Paxtachi Saroy 1 1 6826,9 4423,1 2403,8 Mojor 1 1 Gulshan 1 1 Koʻrpa 1 1 Tinchlik 1 1 Istiqbol 1 1 Gʻurugʻli 1 1 2. Kattaqoʻrgʻon Mundiyon 1 1 Qoʻshhovuz 1 1 Jizmonsoy 1 1 3. Jomboy Sariqqipchoq 1 1 Qoʻlbosti 1 1 4. Bulungʻur Lalimikor 1 1 5. Poyarik Dehqonobod 1 1 Istiqlol 1 1 6. Qoʻshrabot Qiyqim 1 1 Shovona 1 1 Mayintepa 1 1 Kuvkalla 1 1 Boytoʻp 1 1 Zarkent 1 1 Bozorjoy 1 1 Tegirmonovul 1 1 Ozod 1 1 Boypurushli 1 1 Doʻstlik 1 1 Chinoq (Tepalik) 1 1 Novkant 1 1 Qovunchi 1 1 Joʻsh ota 1 1 Toz 1 1 Oqchabsoy 1 1 7. Urgut Sariqtepa 1 1 Xoʻayjdux 1 1 Qoratepa 1 1 Omonqoʻtan 1 1 Tersak 1 1 Ipak yoʻli 1 1 Terak 1 1 Murodqishloq 1 1 Oʻrta guzar 1 1 Qoʻyiguzar 1 1 Soygʻoʻz 1 1 Koʻtarma 1 1 Jayratepa 1 1 8. Ishtixon Yangikent 1 1 Chaqar 1 1 Doʻstlik 1 1 Barlos 1 1 Zarband 1 1 Beshbola 1 1 Boʻston 1 1 Qoʻtarma 1 1 Sheyxlar 1 1 Bogʻixon 1 1 Qayirma 1 1 Oʻzbek qoʻrgʻon 1 1 Sohibkor 1 1 9. Pastdargʻom Chimboy 1 1 Toʻrt tom 1 1 Mehnat 1 1 10. Samarqand Yangijoy 1 1 Yangiariq 1 1 Navroʻz 1 1 11. Nurobod Doʻstlik 1 1 Sarikul 1 1 Olgʻa 1 1 Kech keldi 1 1 Nurbuloq 1 1 Mehnatkash 1 1 Jom 1 1 Jami: 11 71 46 25 Surhondaryo viloyati 1. Denov Yangixazarbogʻ 1 1 5288,5 2980,8 2307,7 Chorgul 1 1 Bogʻi eram 1 1 Novbahor 1 1 Qovunli soy 1 1 Dunyotepa 1 1 Oʻrikzor 1 1 Quyoshli yurt 1 1 Bogʻieram 1 1 Tasmasoy 1 1 Zaxartepa 1 1 Oʻzbekiston 1 1 Namuna 1 1 Guliston 1 1 Olovuddin 1 1 Qatmas 1 1 Navnixol 1 1 Qizilgul 1 1 Minbuloq 1 1 Muqumiy 1 1 Obod turmush 1 1 A. Jomiy 1 1 Mehnatobod 1 1 Lolazor 1 1 Ushor 1 1 2. Qizirik Gulobod 1 1 3. Sherobod Uzunsoy 1 1 Oyilli 1 1 Oltin voxa 1 1 Oqtepa 1 1 Gulchinor 1 1 Mehnatobod 1 1 Sherobod 1 1 Mehrobod 1 1 Qoʻshchinor 1 1 Qishloqbozor 1 1 Gurjak 2 1 1 4. Oltinsoy Botosh 1 1 Moʻminqul 1 1 Xoʻjaipok 1 1 Mingchinor 1 1 Xayrandara 1 1 Qoʻsharchi 1 1 Jobu 1 1 Jobu 1 1 1 Marmun 1 1 Sayrak 1 1 Qorlik 1 1 Chinor 1 1 Obshir 1 1 Xuidirsho 1 1 Pahlavon 1 1 Karsagan 1 1 5. Uzun Istiqlol 1 1 Tojikobod 1 1 Obod yurt 1 1 Jami: 5 56 32 24 Sirdaryo viloyati 1. Boyovut Yangiboʻston 1 1 1923,1 1057,7 865,4 Mirishkor 1 1 Xosilobod 1 1 Yangiobod 1 1 Ozodlik 1 1 2. Guliston H. Olimjon 1 1 Mustaqillik 1 1 Ishonch 1 1 Oq oltin 1 1 3. Sayxunobod Sintob 1 1 Turon 1 1 Ittifoq 1 1 Baxmalsoy 1 1 Guliston 1 1 4. Xovos Afrosiyob 1 1 Gulbahor 1 1 Paxtakor 1 1 Xusnobod 1 1 Boʻston 1 1 Qahramon 1 1 Jami: 4 20 11 9 Toshkent viloyati 1. Oqqoʻrgʻon Tolovul 1 1 3461,5 1923,1 1538,5 2. Oxangaron Markaziy qoʻrgʻon 1 1 Shuvuldoq 1 1 Oʻzbekiston 1 1 3. Bekobod Dehqonobod 1 1 Oltin vodiy 1 1 Oʻzbekobod 1 1 Achamayli 1 1 Isfara 1 1 Qoʻrgʻon 1 1 Turon 1 1 4. Boʻka Boʻstonliq 1 1 Koʻkorol 1 1 Joʻraobod 1 1 Chuvalsoy 1 1 Qoraquduq 1 1 Parkent 1 1 Samarqand 1 1 Boʻka 1 1 5. Boʻstonliq Aydarali 1 1 Qizilsu 1 1 6. Qibray May 1 1 Yangi avlod 1 1 7. Zangiota Quyoshli 1 1 Toʻqimachi 1 1 8. Toshkent t Oqtosh 1 1 9. Parkent Teman 1 1 Soy 1 1 Qoʻshshukur 1 1 10. Piskent Mustaqillik 1 1 Guliston 1 1 11. Yuqori-chirchiq Boʻstonliq 1 1 12. Oʻrtachichiq Boyovul 1 1 13. Yangiyoʻl Tuyaboʻgʻiz 1 1 Nov 1 1 Samarqand 1 1 Jami: 13 36 20 16 Fargʻona viloyati 1. Bogʻdod Istiqlol 1 1 1730,8 865,4 865,4 Bedarak 1 1 Muruvat 1 1 Dasht 1 1 Mehnatobod 1 1 2. Yozyovon Suvliariq 1 1 Navroʻz 1 1 Ishtirxon 1 1 Guliston 1 1 3. Dangʻara Istiqbol qoratol 1 1 Yangizamon 1 1 Qumqiyali 1 1 Jilva 1 1 4. Oltiariq Koʻmirchi 1 1 5. Toshloq Qalacha 1 1 Jarqishloq 1 1 Qoʻqonlik 1 1 Obisiyo 1 1 Jami: 5 18 9 9 Xorazm viloyati 1. Gurlan Doʻstlik 1 1 2019,2 961,5 1057,7 Shangʻi 1 1 2. Qoʻshkoʻpir Oshoq qaʼla 1 1 Shixobod 1 1 Gʻalaba 1 1 3. Urganch Bogʻdorchi 1 1 Bobodehqon 1 1 Oq yop 1 1 Qoʻngʻirot 1 1 4. Xazorasp Sanoat 1 1 Kamolot 1 1 Yangi obod 1 1 Aloqali koʻl 1 1 5. Shovot Yangi boʻrloq 1 1 Qoʻshkoʻpir 1 1 6. Yangiariq Uygʻur 1 1 Tuzloq 1 1 Qorakoʻz 1 1 Gulshanda 1 1 7. Yangibozor Istiqlol 1 1 Iftixor 1 1 Jami: 7 21 10 11 Xammasi: 85 418 243 175 40000,0 23173,1 16826,9
Izoh. Loyiha smeta hujjatlaridan kelib chiqqan holda, ajratiladigan mablagʻlar qiymati oʻzgarishi mumkin, har bir quduqqa ajratilgan mablagʻlar doirasida tomorqa yer egalari ehtiyojidan kelib chiqib, har biriga alohida quduq qazish huquqi beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1019-son qaroriga 2-ILOVA
Suv taʼminoti ogʻir hududlarda artezian quduqlarini burgʻulash ishlarini tashkil etish
SXEMASI
