Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (3029-1-son)
11.12.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 11-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3029-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/9-son qarori (roʻyxat raqami 3029, 2018-yil 29-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 26-son, 532-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 10-noyabr,
35/3-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 10-noyabrdagi 35/3-son qaroriga ILOVA
Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 34-band “yongʻin xavfsizligi signalizatsiyasi,” degan soʻzlardan keyin “video kuzatuv kameralari (bunda videoyozuv materiallari maxsus arxivda kamida bir oy saqlanadi),” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 45-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“09002-son shakldagi maʼlumotnomaning bir nusxasi jismoniy shaxsga beriladi, ikkinchi nusxasi kunlik hujjatlarga tikib qoʻyiladi.”.
3. 55-banddagi “asosiy himoya belgilarga” degan soʻzlar “asosiy belgilarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 56-bandning beshinchi xatboshisidagi “asosiy himoya belgilaridan” degan soʻzlar “asosiy belgilaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 64-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish uchun qabul qilingan banknota haqiqiy emas deb topilganda ular boʻyicha valyuta ayirboshlash operatsiyalari amalga oshirilmaydi va banknota egasiga qaytarib berilmaydi. Bunday turdagi banknota boʻyicha uch nusxada dalolatnoma tuzilgan holda, bir nusxasi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga, ikkinchi nusxasi mijozga beriladi va uchinchi nusxasi kunlik hujjatlarga tikiladi.”.
6. 17-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga ILOVA
“Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 17-ILOVA
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2018-y., 10/18/3029-1/2311-son)
