Toshkent shahridagi qabristonlarning sanitariya holatini yaxshilash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (1014-son)
14.12.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 15-fevraldagi 120-son qarori ijrosini taʼminlash hamda Toshkent shahridagi qabristonlarning sanitariya holatini yaxshilash, obodonlashtirish, qabristonlarda xalqimizning ziyorat qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va qabristonlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Toshkent shahridagi kengaytirilishi rejalashtirilayotgan qabristonlar va ularga ajratilayotgan yer maydonlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Toshkent shahridagi qabristonlarning sanitariya holatini yaxshilash ishlarini moliyalashtirishning asosiy parametrlari 2-ilovaga muvofiq;
2018 — 2020-yillarda Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Fuqarolarga xizmat koʻrsatish boshqarmasini taʼminlash uchun maxsus avtotransport va texnika vositalari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Toshkent shahar hokimligi 1-ilovaga muvofiq turar joy va noturar joy binolari buzilishi hisobiga qabristonlar uchun ajratiladigan yer uchastkalarini Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Fuqarolarga xizmat koʻrsatish boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda Fuqarolarga xizmat koʻrsatish boshqarmasi deb ataladi) biriktirib berish choralarini koʻrsin.
4. Toshkent shahridagi qabristonlarni kengaytirish, Toshkent viloyati hududidan Fuqarolarga xizmat koʻrsatish boshqarmasiga yer maydonlari ajratilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlar Toshkent shahar hokimligi tomonidan Toshkent shahar mahalliy budjetining har chorak yakuni boʻyicha prognozdan ortiqcha tushgan daromad qismi mablagʻlari, zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga belgilangan tartibda qoplab berilishi belgilab qoʻyilsin.
5. Quyidagilar:
Toshkent shahridagi qabristonlarning sanitariya holatini yaxshilash bilan bogʻliq tadbirlarni bajarish — har yili Toshkent shahrining obodonlashtirish sohasi uchun ajratiladigan mablagʻlar, Toshkent shahrini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasi mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Fuqarolarga xizmat koʻrsatish boshqarmasini maxsus avtotransport va texnika vositalari bilan taʼminlash — Toshkent shahar mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari;
qabristonlardagi elektr energiyasi, gaz taʼminoti, aloqa tarmogʻi, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlarini qurish va taʼmirlash ishlari — “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, “Oʻzbektelekom” AK va “Suvsoz” DUKning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
6. Toshkent shahridagi qabristonlar maydonlarini kengaytirish va sanitariya holatini yaxshilash ishlari bajarilishi monitoringini olib borish Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 120-son qarori bilan tasdiqlangan Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirishga doir chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish boʻyicha ishchi guruhi zimmasiga yuklansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 14-dekabr,
1014-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1014-sonli qaroriga 1-ILOVA
Toshkent shahridagi kengaytirilishi rejalashtirilayotgan qabristonlar va ularga ajratilayotgan yer maydonlari
roʻyxati
T/r Qabristonlar nomi va manzili Tashkil etilgan yili Kadastr boʻyicha umumiy maydon, ga Shundan boʻsh yer maydon, ga Qoʻshimcha ajratilishi rejalashtirilayotgan yer maydoni, ga Shu jumladan, buzilish hisobiga boʻshaydigan yer maydoni, ga* Buzilishi rejalashtirilgan turar joylar soni noturar joylar soni Toshkent shahri boʻyicha jami 101,88 7,64 27,71 20,69 302 18 Mirobod tumani 1. “Qoʻyliq ota” qabristoni Qoʻyliq 1-tor koʻchasi 1930-yil 4,88 1,00 2,94 2,30 3 1 Jami 4,88 1,00 2,94 2,30 3 1 Mirzo Ulugʻbek tumani 2. “Avayxon” qabristoni Qorasuv boʻyi koʻchasi 1940-yil 1,05 - 0,71 0,45 12 1 3. “Yalongʻoch-II” qabristoni Temur Malik koʻchasi, 15 1910-yil 9,28 1,02 1,78 1,55 14 Jami 10,33 1,02 2,49 2,00 26 1 Olmazor tumani 4. “Ibroxim ota” qabristoni Ibroxim ota koʻchasi XVIII-XIX asrlar 2,28 0,35 0,65 0,53 7 5. “Gʻoyib ota” qabristoni Qorasaroy koʻchasi XVI asr 4,64 0,23 0,03 0,03 1 6. “Teshik qopqoq” qabristoni Teshik qopqoq koʻchasi 1880-yil 8,07 1,20 0,19 0,12 2 7. “Chigʻatoy” qabristoni Farobiy koʻchasi XVI asr 9,70 0,19 0,99 0,70 8 Jami 24,69 1,97 1,86 1,38 18 Sergeli tumani 8. “Magʻruf ota” qabristoni Choshtepa koʻchasi, 93 XI-XII asrlar 1,13 0,15 0,61 0,24 5 1 Jami 1,13 0,15 0,61 0,24 5 1 Uchtepa tumani 9. “Choʻpon ota” qabristoni Chilonzor 13-mavze XIV asr 6,54 2,61 0,61 0,43 4 Jami 6,54 2,61 0,61 0,43 4 Chilonzor tumani 10. “Chilonzor ota” qabristoni Eski Chilonzor 3-tor koʻchasi. XII-XIII asrlar 1,63 0,15 0,87 0,75 12 2 Jami 1,63 0,15 0,87 0,75 12 2 Shayxontohur tumani 11. “Zax” qabristoni Samarqand darvoza koʻchasi XIX asr 3,10 0,22 0,42 0,42 5 12. “Xoʻja Alon Bordor” qabristoni Yangiobod, T. Rasulov koʻchasi XV asr 6,06 0,12 5,06 4,60 72 5 13. “Koʻkcha Shayx Zayniddin” qabristoni Uygʻur koʻchasi XI-XII asrlar 8,20 - 5,99 5,01 82 8 Jami 17,36 0,34 11,47 10,03 159 13 Yunusobod tumani 14. “Minor” qabristoni Sh. Rashidov koʻchasi 1866-yil 12,54 0,19 2,51 1,61 37 Jami 12,54 0,19 2,51 1,61 37 Yashnobod tumani 15. “Joʻrabek” qabristoni Fargʻona yoʻli koʻchasi 1910-yil 1,38 - 1,52 1,27 30 16. “Mirzo ota” (Otamozor) qabristoni “Goʻzal” mahallasi XVII-XVIII asrlar 21,40 0,21 2,83 0,68 8 Jami 22,78 0,21 4,35 1,95 38
* Turar va noturar joylarning buzilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5495-son Farmoni talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1014-sonli qaroriga 2-ILOVA
Toshkent shahridagi qabristonlarning sanitariya holatini yaxshilash ishlarini moliyalashtirishning
ASOSIY PARAMETRLARI
mln. soʻm T/r Tumanlar nomi Jami talab etiladigan mablagʻ Shu jumladan: atrof hududini obodonlashtirish uchun muhandislik tarmoqlarini qurish va taʼmirlash uchun tungi yoritish tizimini mukammal taʼmirlash uchun Jami: 6 683,2 3 885,0 162,6 2 635,6 1. Bektemir tumani* 774,3 685,0 55,9 33,4 2. Mirzo Ulugʻbek tumani 289,8 210,0 19,2 60,7 3. Mirobod tumani 511,9 470,0 10,7 31,2 4. Olmazor tumani 389,3 255,0 3,1 131,2 5. Sergeli tumani 912,1 350,0 39,3 522,8 6. Uchtepa tumani 727,9 425,0 3,3 299,7 7. Chilonzor tumani 873,1 345,0 11,8 516,4 8. Shayxontohur tumani 144,0 0 13,9 130,1 9. Yunusobod tumani 897,8 515,0 2,4 380,5 10. Yakkasaroy tumani 216,3 20,0 0,2 196,1 11. Yashnobod tumani 946,5 610,0 2,8 333,7
* Tumanga biriktirilgan Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani hududida joylashgan bitta qabriston mavjud.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1014-sonli qaroriga 3-ILOVA
2018 — 2020-yillarda Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Fuqarolarga xizmat koʻrsatish boshqarmasini maxsus avtotransport va texnika vositalari bilan taʼminlash
ROʻYXATI
T/r Maxsus texnika vositalari nomi Umumiy soni Shu jumladan: 2018-yilda 2019-yilda 2020-yilda Jami 42 28 12 2 1. ISUZU SAZ NP 26 avtobusi 10 5 3 2 2. ISUZU NPR 82L(CNG) bazasidagi samasval (4,5 tn) 6 5 1 - 3. ISUZU NPR 82L(CNG) bazasidagi chiqindi tashish avtomashinasi 6 5 1 - 4. ISUZU NQR 71PL bazasidagi suv sepish mashinasi 2 1 1 - 5. ISUZU NOR 71PL bazasidagi kran manipulyator 1 1 - - 6. ISUZU NQR 71PL bazasidagi teleskopik avtokoʻtargich (OTR-18m) 2 1 1 - 7. ISUZU NQR 71PL bazasidagi assenizator 1 1 - - 8. FOTON bortli avtomashinasi 2 1 1 - 9. Ekskavator (Belorus EO 26-21) 1 1 - - 10. GLAAS-100 M traktori 5 3 2 - 11. Traktor tirkamasi (2PTS-4 M) 5 3 2 - 12. SPARK yengil avtomashinasi 1 1 - -
