Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (1017-son)
14.12.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qaroriga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat koʻmitasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
sudlarning qarorlariga asosan alohida yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli koʻchmas mulk obyekti va avtotransport vositalari davlat daromadiga oʻtkazilishi;
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 18-bandiga muvofiq davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulk sotilguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan davlat organlarining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish uchun ularga bepul berilishi mumkinligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasiga:
Toshkent viloyati Qibray tumani “Doʻrmon” QFY hududida 1,567 gektar maydonda joylashgan bino va inshootlar;
1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha sudlarning qarorlari asosida davlat daromadiga oʻtkazilgan avtotransport vositalari operativ boshqaruv huquqi bilan berilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi ushbu qarorning 2-bandida koʻrsatilgan mol-mulk qabul qilinishini, ular budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan saqlanishini, shuningdek ulardan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlasin.
4. Belgilansinki, sud qarori bekor qilingan yoki oʻzgarganda, shuningdek, ularni naturada qaytarib berish yoki qiymatini qoplash toʻgʻrisida sud qarori qabul qilingan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi ushbu qarorning 2-bandiga muvofiq berilgan koʻchmas mulk va avtotransport vositasini belgilangan tartibda sud qarorida koʻrsatilgan shaxslarga qaytarishi yoki ularning qiymatini Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga toʻlashi kerak.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi apparati va uning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan idoraviy mansub tashkilotlari xizmat yengil avtomobillari cheklangan soni 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi N.J. Bakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 14-dekabr,
1017-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1017-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasiga operativ boshqaruv huquqi bilan berilayotgan sudlarning qarorlariga asosan davlat daromadiga oʻtkazilgan avtotransport vositalari
ROʻYXATI
T/r Avtotransport vositasining rusumi Ishlab chiqarilgan yili Davlat raqami Avtotransport vositasi turi Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. “Matiz” 2014 yil 95 X 476 FA Yengil mashina 2. “Ford tranzit 100L” 1991-yil 95 L 302 EA Yuk mashinasi 3. “MAZ-5337” 1997-yil 95 338 GAA Yuk mashinasi Buxoro viloyati 4. “Spark” Aniqlanmagan 80 E 993 LA Yengil mashina 5. “Neksiya” 1997 yil raqamsiz Yengil mashina Qashqadaryo viloyati 6. “Dongfeng EQ-1021 NF8” 2014 yil 70 H 030 JA Yuk mashinasi Samarqand viloyati 7. “Neksiya” 2013 yil 30 734 TTA Yengil mashina 8. “Lasyetti” 2006 yil raqamsiz Yengil mashina 9. “Damas” 2014yil 30 Q 503 LA Yengil mashina Surxondaryo viloyati 10. “VOLVO FY 12” 1995 yil 40 G 907 HA Yuk mashinasi 11. “VOLVO FY 12.380” 1998 yil 75 F 908 FA Yuk mashinasi 12. Traktor T-28 1992 yil 30-29 NT Traktor Toshkent viloyati 13. GBASPG “Lasyetti” 2005 yil 01 N 977 RA Yengil mashina 14. “Neksiya” 1999 yil 10 X 519 NA Yengil mashina Fargʻona viloyati 15. MAN 1999 yil 40 D 276 DA Yuk mashinasi Toshkent shahri 16. “Damas” 2013 yil 01 271 UCA Yengil mashina 17. “Spark” 2013 yil 01 759 UCA Yengil mashina 18. “Folsvagen passat” 2011 yil MD LN 953 Yengil mashina 19. “Toyota kamri” 2006 yil 01 L 511 YA Yengil mashina 20. “Kobalt” 2014 yil 01 L 077 EA Yengil mashina 21. “Uzotoyol 65-9” 1999 yil M 42-23 Yuk mashinasi 22. “Neksiya” 2001 yil 01 X 408 FA Yengil mashina 23. “Neksiya” 2009 yil 01 V 520 CA Yengil mashina
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1017-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi apparati va unga idoraviy mansub tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan xizmat yengil avtomobillarining
cheklangan soni
T/r Boʻlinmalar Cheklangan son: jami shu jumladan biriktirilgan navbatchi maxsus transport vositalari* 1. Markaziy apparat 13 5 1 7 2. Respublika boʻgʻini 34 11 8 15 3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi 4 2 1 1 4. Viloyat boshqarmalari 34 11 9 14 5. Idoraviy mansub tashkilotlar 601 133 109 359 Jami: 686 162 128 396
* Maxsus transport vositalari oʻzining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi.
