Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida (1642-4-son)
11.12.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 11-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1642-4]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi va 2018-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-494-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga iqtisodiy munosabatlar va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 7-oktabrdagi 24/3-son qarori (roʻyxat raqami 1642, 2006-yil 23-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 470-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 10-noyabr,
35/10-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 10-noyabrdagi 35/10-son qaroriga ILOVA
Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
1. 2-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mikromoliyaviy xizmatlarning miqdori, muddatlari, toʻlovi va toʻliq qiymati.”.
2. 15-band “bank” degan soʻzdan keyin “yoxud sugʻurta tashkilotining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
