Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 26-martdagi 118-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (174-son)
07.05.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasining samarali faoliyatini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 26-martdagi 118-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritilib, 6-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi davlatga tegishli boʻlgan va erkin sotishga moʻljallangan ulushlarni qayta taqsimlash hisobiga “Oʻzavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasi korxonalari aksiyalari umumiy paketining 51 foizini “OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasiga sotishni nazarda tutsin”.
2. “Oʻzavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasi aksiyalari nazorat paketining (51 foiz) “OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasiga sotilishi munosabati bilan quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
“DEU” korporatsiyasi tomonidan taklif etilgan “Oʻzavtotexxizmat” texnik xizmat koʻrsatish stansiyalarini texnika bilan qayta jihozlash dasturiga muvofiq “DEU” korporatsiyasi tomonidan 14,75 mln. AQSh dollari miqdoridagi investitsiyalar nazarda tutilgan;
“OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasi tomonidan “Oʻzavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasining mavjud texnik xizmat koʻrsatish stansiyalarini toʻliq rekonstruksiya qilishni tashkil etish majburiyatlari qabul qilingan.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 7-may,
174-son
