“Davlat notarial idoralari tomonidan beriladigan gerbli blankalarni hisobga olish, saqlash, sarflash va ular boʻyicha hisobot berish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (1584-2-son)
07.12.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 7-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1584-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-maydagi PQ-3741-son “Nizolarning oldini olishga qaratilgan institut sifatida notariat tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi 941-son “Koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlarni notarial tasdiqlashni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2006-yil 19-iyundagi 95-mh-son “Davlat notarial idoralari tomonidan beriladigan gerbli blankalarni hisobga olish, saqlash, sarflash va ular boʻyicha hisobot berish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1584, 2006-yil 19-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 25-26-son, 239-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Huquqiy xizmat koʻrsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi hamda Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishini, “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2018-yil 7-dekabr,
543-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 543-mh-son buyrugʻiga ILOVA
“Davlat notarial idoralari tomonidan beriladigan gerbli blankalarni hisobga olish, saqlash, sarflash va ular boʻyicha hisobot berish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-martdagi 38-son “Avtomototransport vositalarini sotib olish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaxsga berishni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” hamda 2018-yil 22-noyabrdagi 941-son “Koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlarni notarial tasdiqlashni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:”.
2. Qoidalarda:
a) 4-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
b) 6-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
v) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Adliya boshqarmasi notarial idoralarni gerbli blankalar bilan bir yillik ehtiyoji miqdorida taʼminlaydi va sarflanishi ustidan “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bundan buyon matnda Tizim deb yuritiladi) orqali nazorat qiladi.”;
g) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Adliya boshqarmasidan gerbli blankalar notariuslarga gerbli blankalarni tarqatish daftarida ularning familiyasi, ismi va otasining ismi yozilib, imzosi qoʻydirilgan holda beriladi.”;
d) 9-banddan “, ikki yoki undan ortiq notarius ishlaydigan notarial idoralarda esa katta notariuslar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
e) 10-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Yoʻqolgan va buzilgan gerbli blankalar haqidagi maʼlumotlar (blankaning turi, seriyasi, raqami, hududiy kodi) notariuslar tomonidan Tizimga kiritiladi.”;
j) 13-banddagi “Notarial idoralari” degan soʻzlar “Notariuslar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
z) 14 va 15-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
i) 18 va 19-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Notarial idoralarining faoliyati Adliya vazirligi va adliya boshqarmasi tomonidan oʻrganilganda gerbli blankalarning saqlanishi va sarflanishi holatlari albatta tekshiriladi va natijasi haqida oʻrganish yuzasidan tuzilgan maʼlumotnomada koʻrsatiladi.
19. Notariuslar tomonidan sarflangan gerbli blankalari haqidagi maʼlumotlar Tizimga kiritiladi.”;
k) 20 — 23-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
l) 25-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“25. Adliya boshqarmalari sarflangan va qoldiq gerbli blankalar toʻgʻrisida hisobotlarni har chorakda Adliya vazirligiga topshiradi.”;
m) 1-ilova mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimchaning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
n) 2-ilova mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimchaning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
o) 3 va 4-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
“Davlat notarial idoralari tomonidan beriladigan gerbli blankalarni hisobga olish, saqlash, sarflash va ular boʻyicha hisobot berish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga 1-ILOVA
“Davlat notarial idoralari tomonidan beriladigan gerbli blankalarni hisobga olish, saqlash, sarflash va ular boʻyicha hisobot berish qoidalariga 1-ILOVA
Koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlarni notarial tasdiqlashda foydalaniladigan gerb blankalarini kirim qilish DAFTARI
Yukxat raqami va sanasi Kirim qilingan sana Blanka nomi Guvohnoma seriyasi va raqamlari Soni Izoh 23-son 20.06.2018-y. 22.06.2018 y. Ishonchnoma KI-№000001-TN KI-№020000-TN 20000 23-son 20.06.2018-y. 22.06.2018-y. Shartnoma KSh-№000001-TN KSh-№020001-TN 20000
Avtomototransport vositalar bilan bogʻliq bitimlarni notarial tasdiqlashda foydalaniladigan gerb blankalarini kirim qilish DAFTARI
Yukxat raqami va sanasi Kirim qilingan sana Blanka nomi Guvohnoma seriyasi va raqamlari Soni Izoh 23-son 20.06.2018-y. 22.06.2018 y. Ishonchnoma AI-№000001-TN AI-№020000-TN 20000 23-son 20.06.2018-y. 22.06.2018-y. Shartnoma ASh-№000001-TN ASh-№020001-TN 20000 ”;
“Davlat notarial idoralari tomonidan beriladigan gerbli blankalarni hisobga olish, saqlash, sarflash va ular boʻyicha hisobot berish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga 2-ILOVA
“Davlat notarial idoralari tomonidan beriladigan gerbli blankalarni hisobga olish, saqlash, sarflash va ular boʻyicha hisobot berish qoidalariga 2-ILOVA
Koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlarni notarial tasdiqlashda foydalaniladigan gerb blankalarini tarqatish DAFTARI
Notarial idora nomi Notarius F.I.O. Tarqatilgan sana Blanka nomi Blanka seriyasi va raqami Soni Imzo Yunusobod tuman 1-son davlat notarial idorasi N.T. Salimova 25.06.2018 y. Ishonchnoma KI-№000001-TN KI-№000200-TN 200 25.06.2018 y. Shartnoma KSh-№000001-TN KSh-№000300-TN 300 F.F. Samadov 25.06.2018 y. Ishonchnoma KI-№000201-TN KI-№000400-TN 200 25.06.2018 y. Shartnoma KSh-№000301-TN KSh-№000600-TN 300 Yakkasaroy tuman 1-son davlat notarial idorasi B.B. Zakirov 26.06.2018 y. Ishonchnoma KI-№000401-TN KI-№000600-TN 200 26.06.2018 y. Shartnoma KSh-№000601-TN KSh-№000900-TN 300 Gʻ.T. Eshmanov 26.06.2018 y. Ishonchnoma KI-№000601-TN KI-№000800-TN 200 26.06.2018 y. Shartnoma KSh-№000901-TN KSh-№001200-TN 300 Sh.K. Isroilov 26.06.2018 y. Ishonchnoma KI-№000801-TN KI-№001001-TN 200 26.06.2018 y. Shartnoma KSh-№001201-TN KSh-№001500-TN 300
Avtomototransport vositalar bilan bogʻliq bitimlarni notarial tasdiqlashda foydalaniladigan gerb blankalarini tarqatish DAFTARI
Notarial idora nomi Notarius F.I.O. Tarqatilgan sana Blanka nomi Blanka seriyasi va raqami Soni Imzo Yunusobod tuman 1-son davlat notarial idorasi N.T. Salimova 25.06.2018 y. Ishonchnoma AI-№000001-TN AI-№000200-TN 200 25.06.2018 y. Shartnoma Ah-№000001-TN ASh-№000300-TN 300 F.F. Samadov 25.06.2018 y. Ishonchnoma AI-№000201-TN AI-№000400-TN 200 25.06.2018 y. Shartnoma ASh-№000301-TN ASh-№000600-TN 300 Yakkasaroy tuman 1-son davlat notarial idorasi B.B. Zakirov 26.06.2018 y. Ishonchnoma AI-№000401-TN AI-№000600-TN 200 26.06.2018 y. Shartnoma ASh-№000601-TN ASh-№000900-TN 300 Gʻ.T. Eshmanov 26.06.2018 y. Ishonchnoma AI-№000601-TN AI-№000800-TN 200 26.06.2018 y. Shartnoma ASh-№000901-TN ASh-№001200-TN 300 Sh.K. Isroilov 26.06.2018 y. Ishonchnoma AI-№000801-TN AI-№001001-TN 200 26.06.2018 y. Shartnoma ASh-№001201-TN ASh-№001500-TN 300 ”.
