Geodeziya va kartografiya ishlarini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qarorni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (977-son)
03.12.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shugʻullanadigan yuridik shaxslarga ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirishning shaffof mexanizmlarini belgilash yoʻli bilan qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bir oy muddatda:
oʻzi qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin;
ushbu qarorning maqsadi, mazmuni va amaliy ahamiyatini tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida keng yoritish boʻyicha tadbirlarning tashkil qilinishi va oʻtkazilishini taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi A.X. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 3-dekabr,
977-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi 977-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
2. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 55-modda) 1-ilova (Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar roʻyxati)ning “Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishga vakolatli organ” ustuni 143-pozitsiyasidagi “Yergeodezkadastr” soʻzi “Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin (Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qaroriga 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan).
