Davlat-tijorat xalq banki sarmoyasini yanada koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (474-son)
12.12.2000
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat-tijorat Xalq bankini rivojlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 7-dekabrdagi PF-2773-son Farmonini bajarish yuzasidan va bank omonatchilarining manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki 1-ilovaga* muvofiq jadvalga koʻra qoʻshimcha ravishda 7,0 mlrd soʻm ajratgan holda davlat-tijorat Xalq bankining ustav sarmoyasi 2000—2005-yillarda 10 mlrd soʻmgacha yetkazilishini taʼminlasinlar.
* 1-ilova berilmaydi.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
soliqlar va yigʻimlardan ozod qilishdan boʻshatilib 2000—2004-yillar mobaynida tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Xalq banki ustav sarmoyasidagi ulushini shakllantirish uchun yetmagan taqdirda, mablagʻlarning yetmagan qismi 2005-yil mobaynida davlat budjeti hisobiga toʻldiriladi;
mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Xalq banki ustav sarmoyasidagi ulushini shakllantirish uchun belgilangan miqdordan ortiq tushgan taqdirda, ushbu mablagʻlardan bankning infratuzilmasini rivojlantirish uchun foydalaniladi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Davlat-tijorat Xalq bankini yanada rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 22-apreldagi 189-son qaroriga ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 12-dekabr,
474-son
