Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 1-avgustdagi PF-5495-son Farmoni) (963-son)
27.11.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 1-avgustdagi PF-5495-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 27-noyabr,
963-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-noyabrdagi 963-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
3. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlari tartibi 2-bandining “b” kichik bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Investitsiya kiritish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasida oʻrnatilgan eng kam oylik ish haqining 8 500 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda xoʻjalik jamiyatlarining aksiyalari va ulushlarini sotib olish, shuningdek, xorijiy korxona tashkil etish shaklida Oʻzbekiston Respublikasiga investitsiya kiritgan xorijiy fuqarolarga koʻp martalik uch yillik viza beriladi va uning amal qilish muddati Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqish zaruratisiz cheklanmagan miqdorda uzaytiriladi”.
