Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ilmiy-tadqiqot bazasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (958-son)
26.11.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ekologiya va atrof-muhitni muhofazalash sohasida ilmiy-tadqiqot bazasini yanada rivojlantirish, atmosfera havosi, suv va yer resurslarining ifloslanishini kamaytirishni taʼminlovchi eng yangi uslub va texnologiyalarni ishlab chiqish uchun sharoitlar yaratish, biologik rang-baranglikni saqlash va chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilish, shuningdek, ilmiy klaster tashkil etish yoʻli bilan tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan raqobatbardoshli uskuna va sanoat tizimlarini mahalliy tajriba-konstruktorlik va seriyali ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot instituti Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda Institut deb ataladi) etib davlat muassasasi shaklida qayta tashkil qilinsin.
2. Institut faoliyati aniq ilmiy gʻoya ishlab chiqish, uni tajriba namunasida roʻyobga chiqarish, zarur boʻlgan sinovlar va ishlab chiqarishga joriy etishni oʻz ichiga olgan klaster modelining toʻliq turkumini qamrab olishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
5. Belgilab qoʻyilsinki, Institut huquq va majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot institutining huquqiy vorisi hisoblanadi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi:
bir oy muddatda ilmiy-texnika loyihalari mavzularini, konstruktorlik-texnologik ishlanmalarni, asbob-uskunalarni va Institutning boshqa mol-mulkini kelgusida amalga oshirish va foydalanish uchun zarurligi va maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan toʻliq xatlovdan oʻtkazsin va tanqidiy tahlil qilsin;
har yili Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasiga kelib tushadigan mablagʻlarning kamida 5 fozining Institut faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratilishini taʼminlasin.
8. Toshkent viloyati hokimligi bir oy muddatda Institutga tajriba stansiyasi tashkil etish uchun Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumani doirasida jami 3 gektar yer maydoni ajratsin.
9. “Suvsoz” DUK, “Olmaliq kon- metallurgiya kombinati” AJ va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DKga Institut bilan mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi meʼyorlariga qatʼiy rioya qilgan holda atmosfera havosi, suv va yer resurslarining ifloslanishini samarali kamaytirishni taʼminlovchi sanoat uchun moʻljallangan texnika vositalari namunalarini toʻsqinliksiz sinovdan oʻtkazish imkoniyatini nazarda tutuvchi hamkorlik toʻgʻrisida memorandumlar tuzish tavsiya etilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2019-2020-yillarda Innovatsion rivojlantirish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 2019-2020-yillarda Institut uchun respublikada ishlab chiqarilmaydigan ilmiy-laboratoriya uskunalarini hamda reagent va butlovchi materiallarni 2 va 3-ilovalardagi roʻyxat boʻyicha xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-noyabr,
958-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-noyabrdagi 958-son qaroriga 2-ILOVA
2019-2020-yillarda Innovatsion rivojlantirish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xarid qilinadigan ilmiy-laboratoriya uskunalarining
ROʻYXATI
T\r Nomi Oʻlchov birligi Miqdori TIF TN kodi 1. Rotorli mikrotsentrifuga dona 1 8421192009 2. Spektrofotometr dona 1 9027300000 3. Suyuqli xromatograf dona 1 9027200000 4. Vakuumli quritish javoni dona 1 8419390009 5. Mufel pechi dona 1 8514108000 6. Termoreaktor LT 200 (toʻliq toʻplami) dona 1 8419899890 7. Termoreaktor SR 4200 dona 2 8419899890 8. Analizator BPK dona 1 9026202000 9. Spektrofotometr dona 1 9027300000 10. Spektrofotometr DR 2800 dona 2 9027300000 11. Laboratoriya pN-metri dona 2 9027801100 12. Laboratoriya rN-metri /millivoltmetr/termometr (rN/mV/T) dona 1 9027801100 13. Ixcham, aniqlik darajasi yuqori boʻlgan oksimetr dona 1 9027801700 14. Ixcham, suv oʻtkazmaydigan multiparametrli rN-metri /konduktometr/termometr/OVP-metr/kislorod oʻlchagichi (pH/EC/TDS/ORP/T) dona 1 9027801700 15. Laboratoriya multiparametrli asbobi dona 1 9027801100 16. Laboratoriya ifloslik darajasini oʻlchagichi dona 1 9027500000 17. Elektron tahliliy tarozilar dona 3 9016001000 18. Oʻzgaruvchan tok toʻgʻrilagichi: I 20 a. gacha , U 20 v. gacha. dona 2 8504408200 19. Flokulyator dona 2 8479820000 20. Namlik analizatori dona 1 9025804000 21. Peristalli nasoslar (SP 311/2-2-35 ml/daq., SP 311/6-2-135 ml/ daq.) dona 5 8413602000 22. 200 ml sigʻimgacha ega boʻlgan laboratoriya fotoreaktori dona 1 7017100000 23. Kimyoviy choʻzish javonlari dona 5 8414808000 24. Distillyator dona 3 8419400009 25. Laboratoriya mikroskopi dona 1 9011109000 26. Kislorodni va elektroʻtkazuvchanlikni aniqlash uchun qurilma dona 1 9027801100 27. Yuqori sigʻimli tsentrifuga dona 1 8421192009 28. Mini-tsentrifuga dona 1 8421192009
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-noyabrdagi 958-son qaroriga 3-ILOVA
2019-2020-yillarda Innovatsion rivojlantirish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xarid qilinadigan reagentlar va butlovchi materiallarning
ROʻYXATI
T\r Nomi Oʻlchov birligi Miqdori TIF TN kodi I. Reagentlar 1. Azotkislotali kaliy kg. 5 3507909018 2. Azotkislotali natriy kg. 5 3507909026 3. Azotkislotali nikel kg. 15 3507909021 4. Azotkislotali temir kg. 25 3507909014 5. Azotkislotali kobalt kg. 15 3507909012 6. Azotkislotali kalsiy kg. 5 3507909017 7. Azotkislotali magniy kg. 5 3507909005 8. Azotkislotali alyuminiy dona 10 3507909000 9. Ishqorli ammoniy molibdenlar kg. 5 7172541877 10. Ishqorli xrom molibdenlar kg. 5 7172541879 11. Azotkislotali rux kg. 5 3507909001 12. Azotkislotali mis kg. 5 35079090022 13. Qil naychasi (kapillyar) 3130, 16 sar x 36 sm dona 5 9027905000 14. Chumoli kislotasi kg. 5 5956453768 15. Sirka kislotasi kg. 5 5956453961 16. Glitserin kg. 6 2905450009 17. Izopropanol l. 10 2905120000 18. Magniy sulfati kg. 5 2833210000 II. Ishlatiladigan materiallar 1. Falkon turidagi plastik probirkalar, 15 ml x 500 dona 100 3926 90 970 9 2. Petri sterillangan kosachalar Petri dish, 100 mm x 15 mm (polystyrene) dona 20 3926 90 970 9 3. Plastmassa stakanlar (1 l, 500 ml, 250 ml, 100 ml, 50 ml) dona 50 3926 90 970 9 4. Polipropilen konteyner 591 ml dona 1 3923 90 000 0 5. Reaktivlar uchun idish, 100 ml x 4 dona 4 7010 90 570 0 6. Reaktivlar uchun idish, 250 ml x 4 dona 4 7010 90 670 0 7. Reaktivlar uchun idish, 1 l x 4 dona 4 7010 90 510 0 8. Reaktivlar uchun idish, 500 ml x 4 dona 10 7010 90 530 4 9. Shishali kolbalar, 1 l dona 10 7017 90 000 0 10. Shishali kolbalar, 250 ml dona 10 7017 90 000 0 11. Shishali stakanlar, 1 l x 6 dona 6 7017 90 000 0 12. Indikator qogʻozi ph dona 5 3822 00 000 0 13. Spektrofotometr uchun oʻyiqli anjomlar dona 1 9027 90 500 0 14. ph metri uchun elektrodlar dona 3 9027 90 500 0 15. 0,1 ml. li avtomatik mikropipetka poynaklari dona 5 3926 90 970 9 16. ph metri uchun bufer eritmalari: pN 4,01 dona 3 3822 00 000 0 17. ph metri uchun bufer eritmalari: pN 7,0 dona 3 3822 00 000 0 18. ph metri uchun bufer eritmalari: pN 10,01 dona 3 3822 00 000 0 19. ICP Magnezium Mg uchun standart eritma dona 2 3822 00 000 0 20. ICP Aluminium Al uchun standart eritma dona 2 3822 00 000 0 21. ICP Sodium №a uchun standart eritma dona 2 3822 00 000 0 22. ICP Calcium Ca uchun standart eritma dona 2 3822 00 000 0 23. ICP Potassium K uchun standart eritma dona 2 3822 00 000 0 24. ICP Iron Fe uchun uchun standart eritma dona 2 3822 00 000 0 25. ICP Multi-element 1.11355.0100 uchun standart eritma dona 2 3822 00 000 0 26. ICP Multi-element 1.09480.0100.2 uchun standart eritma dona 2 3822 00 000 0 27. ICP Cadmium Ca uchun standart eritma dona 2 3822 00 000 0 28. ICP Lead Pb uchun standart eritma dona 2 3822 00 000 0 29. Neft mahsulotlariga moʻljallangan gaz xromatografi uchun standart eritma dona 2 3822 00 000 0 30. 150, 200, 250 mm diametrli plastik eksikatorlar dona 15 3923 90 000 0 31. Silikon probirkalar (toʻliq toʻplam) toʻplam 10 3923 50 900 0 32. 1000 ml SA� dan darajalash silindrlari dona 10 3926 90 970 9 33. Laboratoriya qoʻlqoplari (vulqonlashgan rezinadan tayyorlangan) dona 20 4015 19 000 0 34. Shprits nasadkalari dona 100 3926 90 970 0 35. Dastlabki filtrlar dona 1 8421 21 000 9 36 Almashinadigan tozalash bloki dona 1 8421 21 000 9
