Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Oliy taʼlim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (942-son)
22.11.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash orqali taʼlim jarayoni sifatini yanada oshirish, shuningdek, Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Respublikasi
loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining ulushi ekvivalentda 12,81 mln. AQSH dollarini, shu jumladan soliq va bojxona imtiyozlari berish shaklida 12,493 mln. AQSH dollarini tashkil etadi;
loyihani amalga oshirish davri 5 yilni (2018 — 2022-yillar) tashkil etadi.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi loyihani amalga oshirish, ITB mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish, shuningdek, loyihaning barcha maqsadli koʻrsatkichlariga erishishni taʼminlash uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
ITBning moliyaviy mablagʻlarini qaytarish bilan bogʻliq xarajatlar, shu jumladan ustama haq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi “Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash” loyihasi texnik-iqtisodiy hisob-kitobining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
“Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirish uchun Islom taraqqiyot banki tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy mablagʻlarni qaytarishning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri zimmasiga:
loyihaning tasdiqlangan texnik-iqtisodiy hisob-kitobining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlariga muvofiq loyihaning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlaydigan tashkiliy-texnik tadbirlarni oʻtkazish;
Oʻzbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki oʻrtasida tuzilgan boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilgan loyihaning kuchga kirish shartlarini oʻz vaqtida bajarish;
Islom taraqqiyot banki va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan, xodimlarning cheklangan soni 5 nafar boʻlgan loyihani amalga oshirish guruhini shakllantirish, unga loyihaning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash, Islom taraqqiyot banki talablariga muvofiq mablagʻlardan foydalanishni nazorat qilish va hisobga olish masʼuliyatini yuklash.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi loyihaning Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil va keyingi yillarga moʻljallangan investitsiya dasturlariga belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 22-noyabr,
942-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi 942-son qaroriga 1-ILOVA
Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi “Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash” loyihasi texnik-iqtisodiy hisob-kitobining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari
* Yakuniy qiymat koʻrsatkichlari oʻtkazilgan tender (tanlov) savdolari natijalariga koʻra aniqlanadi.
** Summa v razmere 254,34 ming AQSH dollari yukni deklaratsiyalash va sertifikatlash, bojxona-omborxona xarajatlari, bojxona rasmiylashtiruvi, TIF TNni aniqlash va boshqalar uchun ajratilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
*** Moliyaviy xarajatlarning haqiqiy summasi imtiyozli davr tugagandan soʻng aniqlanadi va imtiyozli davr tugagandan soʻng toʻlovlarning umumiy summasida toʻlanadi.
**** Soliqlar, bojxona toʻlovlari va boshqa majburiy ajratmalarga, shu jumladan ularni toʻlashdan ozod etishga doir xarajatlar oldindan hisoblab chiqilgan boʻlib, xalqaro va ichki qonun hujjatlariga muvofiq tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) amalda kelib tushishidan kelib chiqqan holda aniqlashtirilishi va oʻzgartirilishi lozim.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi 942-son qaroriga 2-ILOVA
“Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirish uchun Islom taraqqiyot banki tomonidan beriladigan moliyaviy mablagʻlarni qaytarish
PROGNOZ GRAFIGI
* Investitsiya davri uchun foizlar summasi oldindan hisoblab chiqilgan va birinchi tanlov sanasidan kelib chiqqan holda oʻzgartirilishi lozim.
Izoh. Qaytarish jadvali oldindan hisoblab chiqilgan boʻlib, mablagʻlarni amalda oʻzlashtirish sanalari va summalaridan kelib chiqqan holda oʻzgartirilishi mumkin.
