Respublikada 2019-2020-yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hajmlarini koʻpaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (935-son)
20.11.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Keyingi yillarda aholi xonadonlari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanish asosida meva, uzum, sabzavot, poliz, dukkakli mahsulotlar (keyingi oʻrinlarda meva-sabzavot mahsulotlari deb ataladi) ishlab chiqarishni koʻpaytirish va eksport hajmini oshirish masalalariga katta eʼtibor qaratilmoqda.
Shu bilan birga, aholi xonadonlari va tomorqa yer uchastkalarida yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash (quritish) boʻyicha yangi quvvatlarni ishga tushirish ishlarining tahlili respublikaning ayrim tumanlarida ushbu yoʻnalishdagi faoliyatni yanada rivojlantirish va yangi loyihalarni amalga oshirish choralarini koʻrish zarurligini koʻrsatmoqda.
Respublikada xususan, aholi xonadonlari va tomorqalarida yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini quritish sohasini yanada rivojlantirish, quritilgan mahsulotlar turlarini kengaytirish, jahon bozorlarida raqobatbardosh boʻlgan mahsulotlar hajmini koʻpaytirish va eksportini yoʻlga qoʻyish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2019-2020-yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini quritish boʻyicha amalga oshiriladigan loyihalar maqsadli koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
2019-yilda meva-sabzavot mahsulotlarini quritish korxonalarini tashkil qilishning manzilli dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari bilan birgalikda meva-sabzavot mahsulotlarini quritish boʻyicha amalga oshiriladigan loyihalar maqsadli koʻrsatkichlarini soʻzsiz bajarilishiga shaxsan javobgar ekanliklari belgilab qoʻyilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda tadbirkorlik subyektlari, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining qayta ishlash (quritish) boʻyicha zamonaviy mini-texnologiyalarga boʻlgan talabini aniqlab, “Oʻztreyd” aksiyadorlik jamiyatiga taqdim etsin.
3. “Oʻztreyd” aksiyadorlik jamiyati “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda joriy talabdan kelib chiqqan holda tadbirkorlik subyektlariga, fermer va dehqon xoʻjaliklariga doimiy ravishda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash (quritish) boʻyicha ilgʻor xorijiy kompaniyalarning texnologiyalarini jalb etishga koʻmaklashsin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi bilan birgalikda hududiy investitsiya boshqarmalari bilan kelishilgan holda 1-ilovaga muvofiq 2020-yilda meva-sabzavot mahsulotlarini quritish korxonalarini ishga tushirish rejasini hududlar kesimida ishlab chiqsin, shuningdek loyiha tashabbuskorlari, amalga oshirish muddati va moliyalashtirish manbalari aniq boʻlgan manzilli dasturlarini ishlab chiqib, 2019-yilning 1-yanvariga qadar tasdiqlasin.
5. 2019-2020-yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini quritish boʻyicha loyihalarni:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi tomonidan xalqaro moliya institutlarining jalb qilingan mablagʻlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oziq-ovqat, charm-poyabzal va farmatsevtika sanoatida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 6-yanvardagi PQ-2718-son qaroriga muvofiq ochilgan kredit liniyalari mablagʻlari;
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari;
respublika tijorat banklarining imtiyozli kreditlari, tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari hamda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish tavsiya etilsin.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, tijorat banklari bilan birgalikda:
meva-sabzavot mahsulotlarini quritish boʻyicha loyihalarini amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish, aniqlangan muammoli masalalarni tezkorlik bilan hal qilish;
meva-sabzavot mahsulotlarini quritish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirishda yordam koʻrsatish;
2019-2020-yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini quritish boʻyicha korxonalarni tashkil etish va ishga tushirish borasida xar chorak yakunida Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borish vazifalari yuklansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov, “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi raisi T.A. Jalilov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 20-noyabr,
935-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-noyabrdagi 935-son qaroriga 1-ILOVA
2019-2020-yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini quritish boʻyicha amalga oshiriladigan loyihalar maqsadli koʻrsatkichlari
Hududlar Tumanlar soni Faoliyat yuritayotgan korxonalar 2019-2020-yillarda amalga oshiriladigan loyihalar Oʻsish surʼati, % 2019-yilda 2020-yilda loyiha soni quvvati, ming tonna loyiha soni quvvati, ming tonna loyiha soni shundan, “Tomorqa xizmati” korxonalari quvvati, ming tonna Qoraqalpogʻiston Respublikasi 15 1 0,1 1 2,6 8 1 2,7 53 bar. Andijon 14 5 99,2 3 4,4 6 5 103,6 104,4 Buxoro 11 1 2,0 3 20,0 7 1 22,0 11 bar. Jizzax 12 4 1,4 1 0,4 7 4 1,8 128,6 Qashqadaryo 13 2 3,3 1 1,5 10 2 4,8 145,5 Navoiy 6 6 1 15,7 Namangan 11 4 44,0 4 10,5 3 3 54,5 123,9 Samarqand 14 14 92,7 4 7,3 2 2 100,0 107,9 Sirdaryo 13 1 20,0 2 4,8 9 1 24,8 124,0 Surxondaryo 8 2 22,5 3 10,1 6 1 32,6 144,8 Toshkent 15 11 22,7 2 8,4 4 4 31,1 137,0 Fargʻona 15 9 21,5 2 1,5 4 4 23,0 107,0 Xorazm 10 3 2,2 2 1,6 5 3 3,8 172,7 Jami 157 57 331,6 28 73,0 77 32 420,3 126,8
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-noyabrdagi 935-son qaroriga 2-ILOVA
2019-yilda meva-sabzavot mahsulotlarini quritish korxonalarini tashkil qilishning manzilli
DASTURI
ming. dollar T/r Loyiha va loyiha tashabbuskorining nomi Yillik quvvati (tonna) Loyihaning umumiy qiymati shu jumladan: Ish oʻrinlari oʻz mablagʻi bank krediti chet el investitsiyalari Respublika boʻyicha jami 28 ta loyiha 73020 81836,7 37789,8 41701,9 2345,0 156 Qoraqalpogʻiston Respublikasi 2 600 13 500,0 13 500,0 0 0 5 1. Nukus shahridagi “Global fud impeks” MChJ savdo-logistika markazi negizida meva-sabzavot mahsulotlarini quritishni tashkil etish. 2600 13500,0 13500,0 5 Andijon viloyati 4350 4150,0 1800,0 1500,0 850,0 15 2. Boʻz tumanidagi “Sayyora favvorasi” MChJda meva-sabzavotlarni qayta ishlashni (quritish)ni tashkil etish. 750 1000,0 150,0 850,0 3 3. Asaka tumanidagi “Bunyod Servis Lyuks” MChJ tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini quritishni tashkil etish. 3000 2500,0 1500,0 1000,0 10 4. Marhamat tumanidagi “Nuri Osiyo” MChJ tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini quritishni tashkil etish. 600 650,0 150,0 500,0 2 Buxoro viloyati 20000 22653,0 12250,0 10403,0 0 40 5. Buxoro shahridagi “Xalilov Sanoat Qurilish” MChJ tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini quritishni tashkil etish. 1 000 573,0 350,0 223,0 3 6. Kogon shahridagi “Oniks Texnaladka Servis” MChJ tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini quritishni tashkil etish. 4 000 280,0 100,0 180,0 12 7. Buxoro tumanidagi “Properti industri” MChJ savdo-logistika markazi negizida meva-sabzavot mahsulotlarini quritishni tashkil etish. 15 000 21 800,0 11 800,0 10 000,0 25 Jizzax viloyati 400 250,0 35,0 0,0 215,0 2 8. Jizzax tumanidagi “Farovon Avto kapital” korxonasida meva-sabzavotlarni quritishni tashkil etish. 400 250,0 35,0 215,0 2 Qashqadaryo viloyati 1500 75,0 75,0 0 0 3 9. Qarshi tumanidagi “Umid universal savdo” MChJ tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini quritish loyihasini tashkil etish. 1 500 75,0 75,0 3 Namangan viloyati 10500 2613,0 783,0 1830,0 0 16 10. Mingbuloq tumanidagi “D.Raxmonov” XKda meva-sabzavot mahsulotlarini quritishni tashkil etish. 500,0 83,0 83,0 2 11. Uchqoʻrgʻon tumanidagi “Gulxumor” fermer xoʻjaligida meva-sabzavotlarni quritishni tashkil etish. 1 000,0 233,3 166,7 66,7 3 12. Chust tumanidagi “Rozikov Valijon” MChJda meva-sabzavotlarni quritish va qadoqlashni tashkil etish. 1 000,0 166,7 33,3 133,3 3 13. Pop tumanidagi “Namangan agro logistika” MChJ savdo-logistika markazi negizida meva-sabzavot mahsulotlarini quritishni tashkil etish. 8000 2 130,0 500,0 1 630,0 8 Samarqand viloyati 7300 8619,8 1796,0 6823,8 0 17 14. Ishtixon tumanidagi “Ishtixon gold greps eksport” MChJda meva-sabzavotlarni quritish va qadoqlashni tashkil etish. 1 000,0 218,8 218,8 0,0 4 15. Ishtixon tumanidagi “Zarband raysing” MChJda meva-sabzavotlarni quritish va qadoqlashni tashkil etish. 1 000,0 187,5 125,0 62,5 0,0 4 16. Kattaqoʻrgʻon tumanidagi “Sifat gʻisht qurilish” MChJda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va quritishni tashkil etish. 300,0 437,5 156,3 281,3 0,0 2 17. Narpay tumanida “Narpay optimum” MChJda meva-sabzavotlarni quritish va qadoqlashni tashkil etish. 5 000,0 7 776,0 1 296,0 6 480,0 0,0 7 Sirdaryo viloyati 10070 21800 5300 16500 0 17 18. Mirzaobod tumanidagi “Mirzaobod Unversal Trade Cluster” XK tomonidan meva mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etish. 10000 21 000,0 4 500,0 16 500,0 15 19. Guliston shahridagi “Guliston Bunyodkor Servis” MChJ tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etish. 70 800,0 800,0 0,0 2 Surxondaryo viloyati 4800 2724,1 631,1 2093,0 0 13 20. Angor tumanidagi “Angor Intensiv bogʻlari” fermer xoʻjaligida meva-sabzavot mahsulotlarini quritish hamda shok usulida muzlatishni tashkil etish. 1 000 2 159,4 498,3 1 661,1 0,0 4 21. Jarqoʻrgʻon tumanidagi “Sulaymon toji” XK tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini quritishni tashkil etish. 800 332,2 66,4 265,8 0,0 3 22. Qumqoʻrgʻon tumanidagi “Usmon olma bogʻi” MChJda dukkakli va meva-sabzavot mahsulotlarni qayta ishlash va qadoqlashni tashkil etish. 3 000 232,5 66,4 166,1 0,0 6 Toshkent viloyati 8400 2190,0 310,0 600,0 1280,0 18 23. Boʻka tumanidagi “Ohangaron Anhor” MChJda meva-sabzavot mahsulotlarini quritishni tashkil etish. 1 200 1 500,0 220,0 1 280,0 4 24. Chirchiq shahridagi “Chirchiq Anis Business” MChJ qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini quritish va qadoqlashni tashkil etish. 7 200 690,0 90,0 600,0 14 Fargʻona viloyati 1500 2548,8 1109,7 1439,1 0 5 25. Bogʻdod tumanida “Aramatov Bagʻdad” MChJ tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash, quritish va qadoqlashni tashkil etish. 500 963,4 378,0 585,4 2 26. Fargʻona shahridagi “O'zmanba-ta'minot” MChJ tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini quritish va qadoqlashni tashkil etish. 1 000 1 585,4 731,7 853,7 3 Xorazm viloyati 1600,0 713,0 200,0 513,0 0,0 5 27. Urganch tumanidagi “Vali baxt xoʻja” oilaviy korxonasi tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini quritishni tashkil etish. 1 000 63,0 50,0 13,0 0,0 3 28. Xiva tumanidagi “Jamol Yulduz savdo servis” XKda meva-sabzavot mahsulotlarini quritishni tashkil etish. 600 650,0 150,0 500,0 2
