Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi ishtirokida “Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-4021-son)
20.11.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻshilgan qiymat yaratishning zamonaviy zanjirlariga samarali integratsiyalash va ularning moliyaviy barqarorligini oshirish hamda Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasining direktorlar kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga “Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) moliyalashtirish uchun 25 yilga 5 yillik imtiyozli davr bilan 46,2 mln. AQSH dollari miqdoridagi kredit, shuningdek, 300,0 ming AQSH dollari miqdoridagi grant mablagʻlari berilishi maʼqullandi;
Loyihaning umumiy qiymati 84,78 mln. AQSH dollari ekvivalentini, shundan, Oʻzbekiston Respublikasining Loyihani amalga oshirishdagi ulushi — 38,28 mln. AQSH dollarini, shu jumladan, soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish, investitsiya davrida moliyaviy xarajatlarni toʻlash va boshqa sarf-xarajatlarni moliyalashtirish shaklidagi ulush — 15,76 mln. AQSH dollari ekvivalentini, Loyihada ishtirok etayotgan tijorat banklarning ulushi — 11,28 mln. AQSH dollarini, shuningdek, Loyiha ishtirokchilari (benefitsiarlari) ulushi — 11,24 mln. AQSH dollari ekvivalentini tashkil etadi;
Loyihani amalga oshirish davri 7 yil (2019 — 2025-yillar) etib belgilandi.
2. Belgilansinki:
Loyiha Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida amalga oshiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Loyihaning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishi, uni muvofiqlashtirish va boshqarish, shuningdek, Loyihani amalga oshirish davrida monitoring va hisobotni yuritish uchun masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi.
3. Quyidagilar:
“Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi boʻyicha Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi kreditidan foydalanish sxemasi 2-ilovaga muvofiq;
“Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi kreditini soʻndirish, foiz va komissiya toʻlovlarini amalga oshirish prognoz grafigi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda bir oy muddatda Loyiha doirasida beriladigan kreditni qayta moliyalashning muddatlari va shartlari, subloyihalarni tanlash va ularni baholash mezonlarini koʻrsatgan holda Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasining kreditidan foydalanish va kafolatini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining bosh direktori (Sh.Sh. Shoahmedov), Andijon (Sh.K. Abdurahmonov), Fargʻona (Sh.M. Gʻaniyev) va Namangan (X.X. Bozarov) viloyatlari hokimlari zimmasiga Loyiha doirasidagi tadbirlarni samarali amalga oshirish uchun kerakli shart-sharoitlarni taʼminlash, Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari va tartib-taomillariga muvofiq zarur hisobotlar va hujjatlarning oʻz vaqtida tayyorlanishi hamda taqdim etilishini tashkil qilish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan quyidagilarni imzolash vakolati berilsin:
Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi bilan moliyalashtirish toʻgʻrisidagi bitimni;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi bilan Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasining kredit mablagʻlarini qaytarish kafolatini taʼminlash boʻyicha bitimni;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Loyihada ishtirok etuvchi Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklari bilan Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasining kredit mablagʻlarini qayta kreditlash bitimlarini.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Loyiha doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi oʻrtasidagi moliyalashtirish bitimi yuzasidan oʻrnatilgan tartibda yuridik xulosa bersin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Loyiha doirasida konsultatsiya xizmatlari uchun moʻljallangan mablagʻlarni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan ekspertlar jalb qilinishiga yoʻnaltirsin.
9. Quyidagilar:
Loyihani amalga oshirish doirasida Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasining krediti hisobidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) va transport vositalari bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlaridan tashqari), qoʻshilgan qiymat soligʻidan, davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar va yigʻimlardan;
Loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari daromadlari jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqdan ozod qilinsin.
Belgilansinki:
mazkur bandda berilgan imtiyozlarning amal qilishi Loyiha doirasida qayta moliyalashtirilgan mablagʻlar hisobidan fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga ham joriy etiladi;
ushbu bandda koʻrsatilgan imtiyozlar natijasida boʻshagan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining Loyihani amalga oshirishdagi ulushi deb hisoblanadi.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari S.R. Xolmurodov, J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari G.K. Saidova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 20-noyabr,
PQ-4021-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-noyabrdagi PQ-4021-son qaroriga 2-ILOVA
“Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi boʻyicha Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi kreditidan foydalanish
sxemasi
ming AQSH dollarida Komponentlar nomi Qarz summasi Qarzning qaytarilishi: Qarzni toʻlash usuli davlat budjetidan loyiha ishtirokchilari tomonidan summa % summa % summa % 1-komponent 1. Qoʻshilgan qiymatning inklyuziv (kamdaromadlilarni jalb qilgan holda) zanjirini rivojlantirish 1.1.-subkomponent. Qoʻshimcha qiymat zanjiri uchun biznes-muhit yaratish 52 0,1 52 100 - - Xizmat koʻrsatish Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi 1.2-subkomponent. Qoʻshimcha qiymat zanjiri ishtirokchilarining salohiyatini mustahkamlash 3 893 8,4 3 893 100 - - 2-komponent. Qishloq xoʻjaligida inklyuziv moliyalashtirish 2.1-subkomponent. Qishloq xoʻjaligida kafillikni taʼminlash 1 000 2,2 1 000 100 - - Xizmat koʻrsatish Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi 2.2-subkomponent. Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish uchun kredit liniyasi 33 710 73,0 - - 33 710 100 Xizmat koʻrsatish ishtirok etuvchi tijorat banklari hisobidan amalga oshiriladi 2.3-subkomponent. Yoshlar uchun kredit liniyasi 5 000 10,8 - - 5 000 100 3-kompenent. Iqlim sharoitiga mos barqaror qishloq xoʻjaligi infratuzilmasi 3.1 -subkomponent. Irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish 1 106 2,4 1 106 100 - - Xizmat koʻrsatish Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi 3.2-subkomponent. Modernizatsiya qilingan irrigatsiya tizimlari boʻyicha SFUni salohiyatini oshirish 36 0,1 36 100 - - 4-komponent. Loyihani boshqarish Loyihani boshqarish, monitoring va hisobotni yuritish 1 403 3,0 1 403 100 - - Xizmat koʻrsatish Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi Jami 46 200 100,0 7 490 16,2 38 710 83,8
Ishlatilgan qisqartma: SFU — Suvdan foydalanuvchilar uyushmasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-noyabrdagi PQ-4021-son qaroriga 3-ILOVA
“Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi boʻyicha Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi kredit mablagʻlarini soʻndirish, komissiya va foiz toʻlovlarini amalga oshirish prognoz
grafigi
Kredit muddati, yil 25 Imtiyozli muddat, yil 5 Foiz stavkasi 1,25% Xizmat koʻrsatganlik uchun komissiya 0,75% AQSH dollarida Toʻlov sanasi Foiz va komissiya toʻlovlari summasi Asosiy qarz boʻyicha toʻlovlar summasi Jami toʻlanadigan summa 2018-yil 15-noyabr - - 2019-yil 15-may 6 890 6 890 2019-yil 15-noyabr 84 290 84 290 2020-yil 15-may 161 690 161 690 2020-yil 15-noyabr 250 130 250 130 2021-yil 15-may 338 560 338 560 2021-yil 15-noyabr 382 420 382 420 2022-yil 15-may 426 270 426 270 2022-yil 15-noyabr 444 140 444 140 2023-yil 15-may 462 000 1 155 000 1 617 000 2023-yil 15-noyabr 462 000 1 155 000 1 617 000 2024-yil 15-may 450 450 1 155 000 1 605 450 2024-yil 15-noyabr 438 900 1 155 000 1 593 900 2025-yil 15-may 427 350 1 155 000 1 582 350 2025-yil 15-noyabr 415 810 1 155 000 1 570 810 2026-yil 15-may 404 250 1 155 000 1 559 250 2026-yil 15-noyabr 392 700 1 155 000 1 547 700 2027-yil 15-may 381 150 1 155 000 1 536 150 2027-yil 15-noyabr 369 600 1 155 000 1 524 600 2028-yil 15-may 358 050 1 155 000 1 513 050 2028-yil 15-noyabr 346 500 1 155 000 1 501 500 2029-yil 15-may 334 950 1 155 000 1 489 950 2029-yil 15-noyabr 323 410 1 155 000 1 478 410 2030-yil 15-may 311 850 1 155 000 1 466 850 2030-yil 15-noyabr 300 300 1 155 000 1 455 300 2031-yil 15-may 288 750 1 155 000 1 443 750 2031-yil 15-noyabr 277 200 1 155 000 1 432 200 2032-yil 15-may 265 650 1 155 000 1 420 650 2032-yil 15-noyabr 254 100 1 155 000 1 409 100 2033-yil 15-may 242 550 1 155 000 1 397 550 2033-yil 15-noyabr 231 010 1 155 000 1 386 010 2034-yil 15-may 219 450 1 155 000 1 374 450 2034-yil 15-noyabr 207 900 1 155 000 1 362 900 2035-yil 15-may 196 350 1 155 000 1 351 350 2035-yil 15-noyabr 184 800 1 155 000 1 339 800 2036-yil 15-may 173 250 1 155 000 1 328 250 2036-yil 15-noyabr 161 700 1 155 000 1 316 700 2037-yil 15-may 150 150 1 155 000 1 305 150 2037-yil 15-noyabr 138 610 1 155 000 1 293 610 2038-yil 15-may 127 050 1 155 000 1 282 050 2038-yil 15-noyabr 115 500 1 155 000 1 270 500 2039-yil 15-may 103 950 1 155 000 1 258 950 2039-yil 15-noyabr 92 400 1 155 000 1 247 400 2040-yil 15-may 80 850 1 155 000 1 235 850 2040-yil 15-noyabr 69 300 1 155 000 1 224 300 2024-yil 15-may 57 750 1 155 000 1 212 750 2041-yil 15-noyabr 46 210 1 155 000 1 201 210 2042-yil 15-may 34 650 1 155 000 1 189 650 2042-yil 15-noyabr 23 100 1 155 000 1 178 100 Jami 12 015 890 46 200 000 58 215 890
