“Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladigan mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (2124-1-son)
16.11.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 16-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2124-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PQ-3589-son “Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2010-yil 28-iyundagi 51 va 4-son “Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladigan mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2124, 2010-yil 26-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 30-son, 255-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 8-noyabr,
140-son
Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi boshligʻi D. DEXKANOV
Toshkent sh.,
2018-yil 8-noyabr,
75-son
