Parrandachilikni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-4015-son)
13.11.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Mamlakatimizda parrandachilik sohasini rivojlantirish va eksportga moʻljallangan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va turlarini kengaytirish, shuningdek aholini mahalliy ishlab chiqarilgan sifatli va arzon parrandachilik mahsulotlari bilan taʼminlash boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, sohani yanada jadal rivojlantirishga, jumladan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiya qilish va tayyor parrandachilik mahsulotlari eksportini kengaytirishga toʻsqinlik qilayotgan qator muammolar mavjud. Xususan:
birinchidan, parrandachilik mahsulotlarini qayta ishlash darajasi past, tarmoq mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishda yarim tayyor mahsulotlar ulushi yuqoriligicha qolmoqda, shuningdek parranda chiqindilarini chuqur qayta ishlash tizimi yoʻlga qoʻyilmayapti;
ikkinchidan, parrandachilik sohasida, asosan, tovuq yetishtirish bilan cheklanib qolinmoqda, boshqa parranda turlari (kurka, bedana, gʻoz, oʻrdak, tuyaqush, kaklik va boshqalar) yetishtirishni ommalashtirish choralari koʻrilmayapti;
uchinchidan, parranda kasalliklarini oʻz vaqtida aniqlash va ularning oldini olish boʻyicha zamonaviy biolaboratoriyalar tashkil etilmaganligi oqibatida parrandalar orasida yuqumli kasalliklar tarqalib bormoqda;
toʻrtinchidan, sohada malakali kadrlar tayyorlash, ularni ishlab chiqarishning zamonaviy uslublariga oʻqitish, soha mutaxassislarida innovatsion yondashuvlar hamda koʻnikmalar shakllantirish, ishlab chiqarishda yuqori sifatga erishish uchun xorijiy mutaxassislarni jalb qilish ishlariga yetarlicha eʼtibor qaratilmayapti;
beshinchidan, parranda ozuqa bazasini yaratish, import oʻrnini bosuvchi ozuqa mahsulotlarini ishlab chiqarish ishlari talab darajasida yoʻlga qoʻyilmagan;
oltinchidan, parranda mahsulotlari eksport qilinayotgan davlatlar geografiyasini kengaytirish, shu orqali eksport hajmini keskin oshirish choralari koʻrilmagan;
yettinchidan, sohaga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni kiritish boʻyicha tajriba yetarli emas, bu borada yetakchi xorijiy hamkorlar bilan yaqin aloqalar yoʻlga qoʻyilmayapti.
Respublikada parrandachilikni yanada rivojlantirish va har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, sohaga ilgʻor texnologiyalar va innovatsion ishlanmalarni joriy etish, parranda mahsulotlarini qayta ishlashni chuqurlashtirish, ularning turlari va eksport koʻlamini kengaytirish maqsadida:
1. Quyidagilar parrandachilik sohasini rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar etib belgilansin:
raqobatbardosh parranda mahsulotlari ishlab chiqarish orqali aholini yetarli miqdorda parranda mahsulotlari bilan barqaror va maqbul narxlarda taʼminlash, eksport salohiyatini oshirish;
ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasidan foydalangan holda parrandachilik klasterlarini tashkil qilish, bunda innovatsion texnologiyalarni keng tatbiq etish;
sohaga faol investitsiya jalb etish orqali parranda mahsulotlarini, shu jumladan parranda chiqindilarini chuqur qayta ishlash, yuqori qoʻshilgan qiymatli parranda mahsulotlarini ishlab chiqarish;
ilmiy-diagnostika laboratoriyalar tashkil qilish orqali parrandalar orasida kasalliklarni barvaqt aniqlash va oldini olish choralarini koʻrish;
ozuqa bazasini kengaytirish, import oʻrnini bosuvchi ozuqa va vitaminlarni ishlab chiqarish;
parrandachilik sohasida yuqori malakali mutaxassislarga boʻlgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarni hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni taʼminlash.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Parrandasanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2019-yilda respublikada:
parrandalar soni va yetishtiriladigan mahsulotlarning prognoz parametrlari 1 va 1a-ilovalarga muvofiq;
parrandachilik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash korxonalarini tashkil etishning prognoz parametrlari 2-ilovaga muvofiq;
parrandachilik mahsulotlarini eksport qilishning prognoz parametrlari 3-ilovaga muvofiq;
sanoat usulida boqilayotgan parrandalarning ozuqaga boʻlgan talabi parametrlari 4-ilovaga muvofiq;
parranda ozuqasini yetishtirish uchun tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan yer maydonlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Parrandasanoat” uyushmasi va “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB bilan birgalikda ushbu qarorga asosan oʻrnatilgan prognoz parametrlari ijrosini taʼminlash yuzasidan tumanlar va parrandachilik xoʻjaliklari kesimida manzilli chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqib tasdiqlasin, ularning samarali va toʻliq ijrosi yuzasidan tizimli monitoring oʻrnatsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb yuritiladi) mablagʻlari hisobidan ekvivalenti 50 million AQSH dollari miqdorida “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning ustav kapitalidagi davlat ulushi oshirilsin.
Belgilansinki:
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB ustav kapitaliga yoʻnaltiriladigan Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-yanvardagi PQ-2718-son “Oziq-ovqat, charm-poyabzal va farmatsevtika sanoatida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan ochilgan kredit liniyasi mablagʻlari hisobidan ajratiladi;
Jamgʻarma uch oy muddatda ushbu bandda koʻrsatilgan mablagʻlarni “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB ustav kapitaliga oʻtkazib berilishini taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi oʻrnatilgan tartibda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan chiqariladigan aksiyalarni roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB ustav kapitaliga kiritilayotgan 50 million AQSH dollari ekvivalentidagi maqsadli mablagʻlar parrandachilikni rivojlantirish sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun boshqa tijorat banklariga ham kreditlar ajratish uchun yoʻnaltiriladi;
tadbirkorlik subyektlariga ushbu bandda nazarda tutilgan kreditlar boʻyicha imtiyozlar foiz stavkasi boʻyicha toʻlovlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kompensatsiya qilish shaklida beriladi;
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Jamgʻarma tomonidan ushbu bandda nazarda tutilgan mablagʻlarni bankning ustav kapitaliga oʻtkazilgan kundan boshlab boshqa tijorat banklar tomonidan taqdim etilgan parrandachilikni rivojlantirish sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish maqsadida ularning hisob raqamlariga pul mablagʻlarining oʻtkazilishini taʼminlaydi;
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB va boshqa tijorat banklari parrandachilikni rivojlantirish borasidagi loyihalarni chuqur tahlillar asosida rentabellik, samaradorlik va pul oqimlarining kredit hamda ular boʻyicha foizlarni oʻz vaqtida qaytarishni taʼminlash salohiyatidan kelib chiqqan holda moliyalashtiradi.
5. Parrandachilik loyihalari hajmi va uni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan valyuta turidan qatʼi nazar, tijorat banklari tomonidan 2019-2020-yillarda ajratilayotgan kreditlar foizi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi hisobidan kompensatsiya berishning quyidagi tartibi oʻrnatilsin:
aylanma mablagʻlarni toʻldirishga (inkubatsion tuxumlar, 1 kunlik joʻja, ozuqa mahsulotlari, dori-darmon hamda qoʻshimcha komponentlar va boshqalar) tijorat banki tomonidan oʻrnatilgan kredit stavkasining 25 foizi miqdorida, ammo kredit stavkasining 5 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda;
naslli ona tovuq va barcha turdagi texnologik asbob-uskunalar sotib olish, parrandachilik klasterlarini va inkubatsiya sexlarini tashkil qilish, parranda mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash, parrandachilikka ixtisoslashgan bino-inshootlarni qurish va qayta taʼmirlash, maxsus texnika va boshqa asosiy vositalarni xarid qilish hamda barpo etish uchun tijorat banki tomonidan oʻrnatilgan kredit stavkasining 50 foizi miqdorida, ammo kredit stavkasining 10 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda.
Tijorat banklari parrandachilik loyihalarini moliyalashtirishni kengaytirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklar mablagʻlarini jalb etish boʻyicha zaruriy chora-tadbirlarni koʻrsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu imtiyozlar uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni 2019-2020-yillar davomida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasiga belgilangan tartibda ajratsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va “Parrandasanoat” uyushmasining Uyushma huzurida barcha parranda xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatuvchi zamonaviy ilmiy-diagnostika laboratoriya markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
parranda kasalliklarining oldini olish, aniqlash va ularga qarshi kurashishning samarali mexanizmini ishlab chiqish;
parrandalarni oziqlantirish uchun ilmiy asoslangan meʼyorlarni ishlab chiqish;
barcha turdagi parranda goʻshti va tuxum mahsulotlarini qayta ishlovchi texnologik jarayonlarni ishlab chiqish;
parrandachilik mahsulotlarining biologik va ekologik xavfsizligini taʼminlash, parrandalarni boqish va ularga berilayotgan ozuqa bazasining tarkibi va sifatini monitoring qilish;
barcha turdagi parranda goʻshti va tuxumlaridan foydalangan holda umumiy, bolalar, parhez va maxsus ovqatlanishning yangi turdagi mahsulotlarini ishlab chiqarishga moʻljallangan texnologik jarayonlarni ishlab chiqish;
parrandachilik xoʻjaliklari texnologik loyihalari meʼyorlarini ishlab chiqish va ilmiy asoslash.
Toshkent viloyat hokimligi ilmiy-diagnostika biolaboratoriya markazini joylashtirish uchun Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumani, Tinchlik massividan umumiy maydoni 1 gektar boʻlgan yer uchastkasini ajratsin.
“Parrandasanoat” uyushmasi ilmiy-diagnostika biolaboratoriya markazini zarur boʻlgan zamonaviy asbob-uskuna va jihozlar bilan taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va “Parrandasanoat” uyushmasi bilan birgalikda parrandachilik sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida ilmiy-amaliy markazni tashkil etish choralarini koʻrsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Parrandasanoat” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda parrandachilik sohasida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada kuchaytirish maqsadida uzviy hamkorlikni yoʻlga qoʻysin, parrandachilik sohasida mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha “yoʻl xarita”si ishlab chiqsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Parrandasanoat” uyushmasi, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining bosqichma-bosqich barcha hududda parranda yetishtirish, uni qayta ishlash va yakuniy tayyor mahsulot tayyorlab, isteʼmolchiga yetkazish jarayonini toʻliq qamrab olgan parrandachilik klasterlarini tashkil etish (shu jumladan 2019-yilda 13 ta) toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, “Parrandasanoat” uyushmasi, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2019-yil 1-fevralga qadar muddatda salohiyatli tadbirkorlik subyektlarini, moliyalashtirish manbalari va yer maydonlarini aniqlab 2019 — 2021-yillarda parrandachilik klasterlarini tashkil etishning manzilli dasturi loyihasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat veterinariya qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi, “Parrandasanoat” uyushmasi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-fevralga qadar ilgʻor xorijiy tajribadan kelib chiqib, mahsulot sifatiga sezilarli taʼsir koʻrsatuvchi xavf va muhim nazorat nuqtalarini tahlil qilish (“NACCP”), Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (“ISO”) va “Nalal” standartlari talablarini inobatga olgan holda, parrandachilik korxonasini texnologik loyihalashtirish meʼyorlarini ishlab chiqsin va parranda mahsulotlarini xalqaro tan olingan sertifikatlashtirish choralarini koʻrsin.
Belgilansinki, parranda kasalliklariga emlash uchun ishlab chiqarishning munosib amaliyoti (GMP — Good Manufacturing Practice) sertifikatlariga ega boʻlgan xorijiy ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning vaksina va biopreparatlari Oʻzbekiston Respublikasida tan olinadi va qoʻshimcha muvofiqlik sertifikatlari talab qilinmaydi.
12. “Oʻzeltexsanoat” AK Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda parranda mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash uchun zarur boʻladigan asbob-uskuna, jihoz va mexanizmlar ishlab chiqarishni 2022-yil yakuniga qadar mahalliylashtirish choralarini koʻrsin.
“Parrandasanoat” uyushmasi parranda mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash uchun zarur boʻladigan asbob-uskuna, jihoz va mexanizmlarni mahalliylashtirish maqsadida ularning roʻyxatini zarur ehtiyoj bilan shakllantirsin hamda “Oʻzeltexsanoat” AKga taqdim etsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi respublikada parranda mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash bosqichlari uchun zarur boʻladigan asbob-uskuna, jihoz va mexanizmlarni ishlab chiqish maqsadida “Oʻzeltexsanoat” AK tomonidan taqdim etilgan loyiha hujjatlariga asosan xorijiy investorlarni jalb etsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning “Parrandasanoat” uyushmasi tarkibidagi parrandachilik va yem ishlab chiqaruvchi korxonalariga 2024-yil 1-yanvarga qadar oʻz ehtiyoji uchun maqsadli ravishda ozuqa komponentlari va qoʻshimchalarini (TIF TN kodi 1001, 1003, 1005, 1201, 1206, 1507, 1512, 2302, 2304, 2306, 2309, 2835, 2922, 2930) temir yoʻl orqali tashishda, istisno tariqasida, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi temir yoʻllari tarif siyosatining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda chegirma berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va “Oʻzdonmahsulot” AK parrandachilik xoʻjaliklariga talab qilinadigan don mahsulotlarining har oyda birja savdolariga qoʻyib borilishini taʼminlasin.
“Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va (yoki) “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJdagi savdolarda parrandachilik xoʻjaliklariga don mahsulotlari savdosida qatnashish “Parrandasanoat” uyushmasi tomonidan soliq hamda veterinariya hisobotlarida aks etgan parranda bosh sonidan kelib chiqib va belgilangan tartibda don mahsulotlari boʻyicha tasdiqlangan meʼyorlarga muvofiq tuziladigan roʻyxat asosida parrandachilik xoʻjaliklari ishtirok etishi hamda ushbu roʻyxat doimiy ravishda “Parrandasanoat” uyushmasining veb-saytida joylashtirib borilishi belgilansin.
Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi ushbu bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatib oʻtilgan roʻyxatdagi parranda bosh soni, don mahsulotlari boʻyicha tasdiqlangan meʼyorlarga rioya etilganligini tizimli monitoring qiladi, shuningdek don mahsulotlari savdosida parrandachilik xoʻjaliklarining qatnashishi yoki qatnashmasligi yuzasidan “Parrandasanoat” uyushmasiga har oyda maʼlumot taqdim etadi.
15. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK respublikaga xorijdan olib kiriladigan barcha turdagi naslli parrandalarning 1 kunlik joʻjalarini, parranda ozuqa va ozuqa qoʻshimchalarini uzluksiz tashish maqsadida “Parrandasanoat” uyushmasi va parrandachilik xoʻjaliklariga amaliy yordam koʻrsatsin.
16. 2021-yil 1-noyabrga qadar muddatda:
naslli ona tovuq va barcha turdagi texnologik asbob-uskunalar sotib olish, parranda yetishtirishni tashkil etish, parranda mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash, inkubatsiya sexlarini tashkil etish, parrandachilikka ixtisoslashgan bino-inshootlarni qurish va qayta taʼmirlash, maxsus texnika, ehtiyot qismlar va boshqa asosiy vositalar;
chet el tashkilotlari va uning shuʼba korxonalari, firma doʻkonlari, dilerlik tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlari tomonidan parrandachilik xoʻjaliklari ehtiyoji uchun chetdan keltiradigan parranda ozuqa va ozuqa qoʻshimchalari, veterinariya preparatlari, diagnostikumlar oʻrnatilgan tartibda shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etiladi.
17. “Parrandasanoat” uyushmasiga:
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda parrandachilik xoʻjaliklari tomonidan import qilinayotgan ozuqalar, ozuqa qoʻshimchalari va asbob-uskunalari oʻz vaqtida va toʻliq hajmda olib kirilishi uchun amaliy yordam koʻrsatish;
2019-yil 1-fevralga qadar muddatda oʻz taʼsis hujjatlarini mazkur qaror talablariga muvofiqlashtirish, bunda asosiy eʼtiborni barcha parrandachilik xoʻjaliklarini “Parrandasanoat” uyushmasiga aʼzo boʻlishi uchun maqbul shart-sharoitlarni yaratishga qaratish tavsiya etilsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi “Parrandasanoat” uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda respublikada soya va kungaboqar donlarini qayta ishlash boʻyicha zamonaviy korxonalarni tashkil etish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqsin.
19. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda:
dehqon bozorlari va aholi gavjum boʻlgan hududlarda parranda mahsulotlarini sotish uchun “Parrandasanoat” uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy savdo firma doʻkonlarini tashkil etish va joylashtirish boʻyicha manzilli dasturlarni ishlab chiqib tasdiqlasin;
parrandachilik sohasiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida investitsiya loyihalarining roʻyxatini puxta ishlab chiqib, xorijiy hamkorlarni jalb etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBga taqdim etsin.
20. “Parrandasanoat” uyushmasining mamlakatda akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik vakolatxonalar, xorijiy sayyohlar, turli mamlakatlarning parrandachilik sohasi vakillari, ekspert va mutaxassislarni keng jalb qilgan holda 2019-yildan boshlab har yili sentabr oyida parrandachilikka oid koʻrgazma oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Parrandasanoat” uyushmasining buyurtmalari boʻyicha sohani rivojlantirish va zamonaviy texnikalarni oʻzlashtirish yuzasidan taklif etayotgan xorijiy mutaxassislar va koʻrgazmalarning xorijiy ishtirokchilariga kirish vizalari konsullik yigʻimlari undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin (haqiqiy xarajatlarni qoplash yigʻimlari bundan mustasno).
22. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Parrandasanoat” uyushmasining buyurtmalari boʻyicha jalb qilingan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan koʻp martalik kirish vizalari rasmiylashtirilishi, berilishi va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishi va uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi, boshqa vazirlik va idoralar “Parrandasanoat” uyushmasiga mazkur qaror va boshqa qonun hujjatlari bilan yuklatilgan vazifalarni sifatli va oʻz vaqtida bajarish uchun har tomonlama amaliy yordam koʻrsatsin.
24. Quyidagilarga:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.R. Xolmurodovga — hududlarning parrandachilikni rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun salohiyatli investorlarni izlash, parrandachilik sohasiga investitsiyalarni jalb qilish, mablagʻlarning oʻz vaqtida oʻzlashtirilishini taʼminlash uchun;
“Oʻzbekchorvanasl” agentligi bosh direktori B.T. Atamuradovga — mazkur qaror bilan tasdiqlangan prognoz koʻrsatgichlar ijrosi ustidan xoʻjaliklar kesimida monitoring tizimi oʻrnatilishi va ularning hisoboti yuritilishi, parrandachilik klasterlarining faoliyati tashkil etilishi hamda ularga har tomonlama yordam koʻrsatilishi uchun;
“Oʻzeltexsanoat” AK raisi A.A. Abdullayevga — parranda mahsulotlarining barcha turlarini yetishtirish, ularni barcha bosqichlarda qayta ishlash uchun asbob-uskuna, jihoz va mexanizmlarning respublikada ishlab chiqarilishini tashkil etish uchun;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlariga — mazkur qaror bilan tasdiqlangan prognoz parametrlarining ijrosini taʼminlash yuzasidan tumanlar va parrandachilik xoʻjaliklari kesimida manzilli chora-tadbirlar dasturlari oʻz vaqtida ishlab chiqilib, tasdiqlanishi va ularning ijrosi ustidan doimiy nazorat olib borilishi, shuningdek parrandachilik korxonalariga ozuqa yetishtirish uchun yer maydoni ajratilishi va ozuqa uchun ekilgan don ekinlari davlat buyurtmasiga olinmasligi uchun shaxsiy javobgarligi belgilansin.
25. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga “Parrandasanoat” uyushmasi bilan birgalikda parrandachilik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borish tavsiya etilsin.
26. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda “Parrandasanoat” uyushmasini joylashtirish va bino qurish uchun yer maydonini ajratsin.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
28. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 13-noyabr,
PQ-4015-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-noyabrdagi PQ-4015-sonli qaroriga 1-ILOVA
2019-yilda parrandalar soni va yetishtiriladigan mahsulotlar
prognoz parametrlari
T/r Hududlar Jami parranda (bosh) Tuxum yetishtirish (ming dona) Shundan, naslli tuxum (ming dona) Parranda goʻshti ishlab chiqarish (tonna) 1 kunlik joʻja yetishtirish (ming dona) 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 4 310 045 287 000 — 9 900 — 2. Andijon viloyati 7 450 000 607 000 8 800 17 700 7 000 3. Buxoro viloyati 4 300 000 421 000 7 600 9 000 6 200 4. Jizzax viloyati 3 130 000 279 000 — 7 100 — 5. Qashqadaryo viloyati 6 320 000 551 000 1 800 14 000 1 500 6. Navoiy viloyati 2 590 000 316 000 — 4 600 — 7. Namangan viloyati 4 990 000 550 000 55 400 21 500 45 000 8. Samarqand viloyati 10 900 000 1 404 000 114 300 25 000 92 000 9. Sirdaryo viloyati 2 610 000 181 000 28 000 5 700 22 000 10. Surxondaryo viloyati 4 430 000 355 000 — 11 100 — 11. Toshkent viloyati 17 700 000 1 679 000 75 900 34 500 60 000 12. Fargʻona viloyati 6 550 000 409 000 1 800 22 300 1 500 13. Xorazm viloyati 5 500 000 447 000 — 9 000 — Jami 80 780 045 7 486 000 293 600 191 400 235 200
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-noyabrdagi PQ-4015-sonli qaroriga 1a-ILOVA
2019-yilda parrandalar soni va yetishtiriladigan mahsulotlar
prognoz parametrlari
Hududlar nomi Jami parranda (bosh) Tuxum yetishtirish (ming dona) Shundan, naslli tuxum (ming dona) Parranda goʻshti ishlab chiqarish (tonna) 1 kunlik joʻja yetishtirish (ming dona) Respublika boʻyicha 80 780 045 7 486 000 293 600 191 400 235 200 Qoraqalpogʻiston Respublikasi 4 310 045 287 000 9 900 shundan Amudaryo tumani 836 059 55 080 1 513 Beruniy tumani 543 442 38 684 1 345 Kegeyli tumani 103 703 12 603 519 Qonlikoʻl tumani 73 403 4 682 305 Qoraoʻzak tumani 175 246 9 499 326 Qoʻngʻirot tumani 254 637 25 033 553 Moʻynoq tumani 75 085 4 011 100 Nukus tumani 135 013 9 621 300 Taxiatosh tumani 97 132 7 097 2 201 Taxtakoʻpir tumani 255 392 4 767 440 Toʻrtkoʻl tumani 360 661 32 236 1 083 Xoʻjayli tumani 312 152 23 094 755 Chimboy tumani 284 903 20 955 572 Shoʻmanay tumani 109 821 9 161 303 Ellikqalʼa tumani 602 281 26 940 1 494 Nukus shahri 91 115 3 537 72 Andijon viloyati 7 450 000 607 000 8 800 17 700 7 000 shundan Andijon shahri 72 245 16 606 934 Xonobod shahri 58 420 9 262 1049 Andijon tumani 747 632 48 328 1867 Asaka tumani 1 278 956 72 527 8 800 2290 7000 Baliqchi tumani 440 439 35 620 1366 Boʻz tumani 231 625 22 890 837 Buloqboshi tumani 300 010 23 744 664 Jalolquduq tumani 836 831 52 037 736 Izboskan tumani 392 580 26 746 1264 Qoʻrgʻontepa tumani 588 078 47 382 614 Marhamat tumani 456 767 31 728 623 Oltinkoʻl tumani 205 918 30 760 1320 Paxtaobod tumani 566 900 75 694 853 Ulugʻnor tumani 184 806 21 149 813 Xoʻjaobod tumani 344 167 36 940 952 Shahrixon tumani 744 626 55 587 1518 Buxoro viloyati 4 300 000 421 000 7 600 9 000 6 200 shundan Buxoro shahri 40 338 1 231 70 Kogon shahri 20 337 1 891 5 Buxoro tumani 407 411 33 770 764 Vobkent tumani 289 843 25 596 684 Gʻijduvon tumani 610 930 46 519 2213 Jondor tumani 423 470 44 245 4 000 1336 3200 Kogon tumani 1 309 612 118 282 3 600 1442 3000 Qorakoʻl tumani 339 642 45 883 1062 Qorovulbozor tumani 80 689 8 291 38 Olot tumani 179 959 21 328 359 Peshku tumani 117 999 21 714 305 Romiton tumani 191 875 22 890 349 Shofirkon tumani 287 895 29 360 373 Jizzax viloyati 3 130 000 279 000 7 100 shundan Jizzax shahri 179 969 18 161 307 Arnasoy tumani 80 072 5 036 253 Baxmal tumani 209 698 22 219 977 Gʻallaorol tumani 1 355 664 95 080 990 Sharof Rashidov tumani 246 421 20 725 1 146 Doʻstlik tumani 77 473 7 925 183 Zarbdor tumani 112 279 9 862 404 Zafarobod tumani 104 258 7 316 708 Zomin tumani 407 279 59 831 1 108 Mirzachoʻl tumani 82 834 7 561 73 Paxtakor tumani 97 107 9 087 385 Forish tumani 124 008 11 498 555 Yangiobod tumani 52 938 4 699 11 Qashqadaryo viloyati 6 320 000 551 000 1 800 14 000 1 500 shundan Qarshi shahri 558 784 23 572 969 Gʻuzor tumani 531 058 30 772 401 Dexqonobod tumani 164 167 15 997 267 Kasbi tumani 198 617 18 224 445 Kitob tumani 392 000 18 631 676 Koson tumani 511 580 55 789 1 620 Qamashi tumani 513 995 63 110 803 Qarshi tumani 501 294 49 110 1 056 Mirishkor tumani 317 570 11 549 973 Muborak tumani 236 375 16 439 493 Nishon tumani 372 296 27 954 890 Chiroqchi tumani 666 021 66 987 2 566 Shahrisabz tumani 894 095 112 651 1 800 1 785 1500 Yakkabogʻ tumani 462 148 40 215 1 056 Navoiy viloyati 2 590 000 316 000 4 600 shundan Navoiy shahri 254 272 28 417 89 Zarafshon shahri 100 365 3 083 48 Karmana tumani 656 921 83 870 906 Konimex tumani 49 500 4 575 141 Qiziltepa tumani 698 217 96 393 1 692 Navbahor tumani 261 332 22 658 532 Nurota tumani 95 835 16 061 50 Tomdi tumani 11 500 1 153 13 Uchquduq tumani 13 489 542 3 Xatirchi tumani 448 569 59 248 1 126 Namangan viloyati 4 990 000 550 000 55 400 21 500 45 000 shundan Namangan shahri 446 158 48 625 3 859 Kosonsoy tumani 1 330 993 78 398 17 000 3 086 15 000 Mingbuloq tumani 211 975 20 569 660 Namangan tumani 587 407 87 309 15 000 6 024 10 000 Norin tumani 204 672 24 453 1 334 Pop tumani 173 788 45 090 1 095 Toʻraqoʻrgʻon tumani 481 456 46 980 416 Uychi tumani 457 628 38 238 23 400 865 20 000 Uchqoʻrgʻon tumani 256 062 30 746 1 900 Chortoq tumani 237 716 42 429 566 Chust tumani 207 147 33 265 663 Yangiqoʻrgʻon tumani 394 998 53 898 1 032 Samarqand viloyati 10 900 000 1 404 000 114 300 25 000 92 000 shundan Kattaqoʻrgʻon shahri 51 282 6 261 88 Samarqand shahri 370 883 51 963 130 Bulungʻur tumani 467 106 41 638 709 Jomboy tumani 846 581 85 709 20 000 327 15 000 Ishtixon tumani 475 320 65 788 942 Kattaqoʻrgʻon tumani 947 006 65 300 15 000 6 095 12 000 Qoʻshrobot tumani 399 882 32 997 670 Narpay tumani 200 516 18 210 213 Nurobod tumani 274 230 19 016 497 Oqdaryo tumani 370 022 48 611 5 300 1 876 3 000 Payariq tumani 359 533 123 760 1 008 Pastdargʻom tumani 585 783 68 712 6 000 898 4 000 Paxtachi tumani 248 548 30 471 456 Samarqand tumani 4 248 645 627 314 68 000 4 990 58 000 Tayloq tumani 565 763 55 517 4 149 Urgut tumani 488 900 62 733 1 952 Sirdaryo viloyati 2 610 000 181 000 28 000 5 700 22 000 shundan Guliston shahri 319 772 17 675 28 000 298 22 000 Shirin shahri 26 037 912 84 Yangiyer shahri 19 559 622 46 Boyovut tumani 287 405 11 427 858 Guliston tumani 464 812 36 168 592 Mirzaobod tumani 233 092 29 740 425 Oqoltin tumani 197 769 6 960 404 Sayxunobod tumani 200 752 13 280 664 Sardoba tumani 431 762 36 609 286 Sirdaryo tumani 238 222 19 400 1 159 Xovos tumani 190 818 8 207 884 Surxondaryo viloyati 4 430 000 355 000 11 100 shundan Termiz shahri 632 519 4 355 4 Angor tumani 287 873 19 882 545 Boysun tumani 184 611 17 945 812 Denov tumani 461 243 48 921 1 365 Jarqoʻrgʻon tumani 320 700 21 020 1 238 Qiziriq tumani 131 221 14 020 890 Qumqoʻrgʻon tumani 258 203 33 279 1 288 Muzrabot tumani 197 398 22 817 713 Oltinsoy tumani 112 278 9 905 447 Sariosiyo tumani 254 648 14 420 722 Termiz tumani 711 450 99 748 705 Uzun tumani 408 357 14 143 1 030 Sherabod tumani 236 119 19 925 767 Shoʻrchi tumani 233 380 14 620 574 Toshkent viloyati 17 700 000 1 679 000 75 900 34 500 60 000 shundan Angren shahri 35 403 1 560 181 Bekobod shahri 55 650 10 573 747 Chirchiq shahri 118 543 13 281 256 Bekobod tumani 450 711 25 997 313 Boʻka tumani 523 739 30 509 994 Boʻstonliq tumani 1 735 029 35 110 8 000 2 447 5000 Zangiota tumani 3 378 450 308 257 22 000 9 325 18000 Qibray tumani 3 533 950 578 046 5 500 6 122 4000 Quyichirchiq tumani 518 873 86 478 1 343 Olmaliq shahri 13 938 1 707 70 Oqqoʻrgʻon tumani 443 653 34 998 462 Ohangaron tumani 728 802 42 275 18 000 836 16000 Parkent tumani 243 540 30 160 1 012 Pskent tumani 1 028 671 81 462 779 Toshkent tumani 205 421 2 480 253 Oʻrtachirchiq tumani 2 165 076 217 641 3 134 Chinoz tumani 463 264 39 424 1 703 Yuqorichirchiq tumani 956 995 72 184 2 209 Yangiyoʻl tumani 1 100 292 66 858 22 400 2 314 17000 Fargʻona viloyati 6 550 000 409 000 1 800 22 300 1 500 shundan Quvasoy shahri 588 597 47 551 4 487 Qoʻqon shahri 80 248 3 658 414 Margʻilon shahri 86 887 5 050 401 Fargʻona shahri 689 482 13 703 857 Beshariq tumani 585 733 47 548 1 800 2 167 1 500 Bogʻdod tumani 472 817 32 205 6 700 Buvayda tumani 232 065 20 044 471 Dangʻara tumani 419 112 25 364 310 Yozyovon tumani 143 335 13 237 276 Quva tumani 229 791 20 617 394 Qoʻshtepa tumani 780 925 42 621 469 Oltiariq tumani 242 531 13 441 567 Rishton tumani 202 648 19 237 396 Soʻx tumani 80 698 7 554 114 Toshloq tumani 204 576 27 746 422 Oʻzbekiston tumani 318 131 23 583 452 Uchkoʻprik tumani 448 749 18 897 325 Fargʻona tumani 575 269 15 505 2 847 Furqat tumani 168 406 11 439 231 Xorazm viloyati 5 500 000 447 000 9 000 shundan Urganch shahri 17 409 2 901 4 Bogʻot tumani 552 056 43 862 1 005 Gurlan tumani 713 702 34 175 785 Qoʻshqoʻpir tumani 533 960 24 893 1 048 Urganch tumani 757 253 64 532 1 236 Xazorasp tumani 338 934 23 579 733 Xonqa tumani 752 011 85 797 883 Xiva tumani 571 765 91 013 953 Shovot tumani 624 174 33 452 741 Yangiariq tumani 300 518 23 714 845 Yangibozor tumani 338 218 19 082 767
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-noyabrdagi PQ-4015-sonli qaroriga 2-ILOVA
2019-yilda parrandachilik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash korxonalarini tashkil etish
prognoz parametrlari
T/r Hududlar Parrandachilik klasterlarni qurish Parrandalarni soʻyish va boʻlaklash sexlarini tashkil etish Parrandachilik mahsulotlarini va chiqindilarini qayta ishlash korxonalari Parranda uchun toʻla qiymatli omuxta yem ishlab chiqish korxonalari 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1 1 1 2. Andijon viloyati 1 1 1 3. Buxoro viloyati 1 1 1 1 4. Jizzax viloyati 1 1 1 5. Qashqadaryo viloyati 1 1 1 1 6. Navoiy viloyati 1 1 1 7. Namangan viloyati 1 4 2 2 8. Samarqand viloyati 1 4 2 2 9. Sirdaryo viloyati 1 1 1 10. Surxondaryo viloyati 1 1 1 11. Toshkent viloyati 1 3 3 2 12. Fargʻona viloyati 1 1 1 13. Xorazm viloyati 1 1 1 1 Jami 13 21 17 9
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-noyabrdagi PQ-4015-sonli qaroriga 3-ILOVA
2019-yilda parrandachilik mahsulotlarini eksport qilish
prognoz parametrlari
T/r Hududlar Jami eksport (ming AQSH dollari) 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1 735 2. Andijon viloyati 3 076 3. Buxoro viloyati 1 844 4. Jizzax viloyati 1 342 5. Qashqadaryo viloyati 2 676 6. Navoiy viloyati 957 7. Namangan viloyati 2 480 8. Samarqand viloyati 6 058 9. Sirdaryo viloyati 752 10. Surxondaryo viloyati 1 992 11. Toshkent viloyati 9 100 12. Fargʻona viloyati 2 758 13. Xorazm viloyati 2 232 Jami 37 000
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-noyabrdagi PQ-4015-sonli qaroriga 4-ILOVA
2019-yilda sanoat usulida boqilayotgan parrandalarning ozuqaga boʻlgan talabi
parametrlari
T/r Hududlar Sanoat usulida boqilayotgan parrandalar bosh soni Jami ozuqa (100%) tonna Ozuqa qoʻshimchalari (tonna) Bugʻdoy (40%) Makka- joʻxori (20%) Soya shroti (12%) Kunga-boqar shroti (15%) Oʻsimlik yogʻi (2,5%) Meti-onin (0,15%) Lizin (0,15%) Ozuqa treonin, xolin, org. kis. (0,1%) Monoditrikalsiy fosfat (1,5%) Tuz, soda, ozuqa oxagi (8,5%) Ozuqa fermenti (0,1%) 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 425 615 20 195 8 078 4 039 2 423 3 029 505 30 30 20 303 1 717 20 2. Andijon viloyati 1 607 815 76 291 30 516 15 258 9 155 11 444 1 907 114 114 76 1 144 6 485 76 3. Buxoro viloyati 1 389 545 65 934 26 374 13 187 7 912 9 890 1 648 99 99 66 989 5 604 66 4. Jizzax viloyati 935 525 44 391 17 756 8 878 5 327 6 659 1 110 67 67 44 666 3 773 44 5. Qashqadaryo viloyati 2 090 240 99 182 39 673 19 836 11 902 14 877 2 480 149 149 99 1 488 8 430 99 6. Navoiy viloyati 926 210 43 949 17 579 8 790 5 274 6 592 1 099 66 66 44 659 3 736 44 7. Namangan viloyati 2 815 775 133 609 53 443 26 722 16 033 20 041 3 340 200 200 134 2 004 11 357 134 8. Samarqand viloyati 5 593 945 265 433 106 173 53 087 31 852 39 815 6 636 398 398 265 3 981 22 562 265 9. Sirdaryo viloyati 1 111 360 52 734 21 094 10 547 6 328 7 910 1 318 79 79 53 791 4 482 53 10. Surxondaryo viloyati 1 794 805 85 163 34 065 17 033 10 220 12 775 2 129 128 128 85 1 277 7 239 85 11. Toshkent viloyati 8 671 690 411 472 164 589 82 294 49 377 61 721 10 287 617 617 411 6 172 34 975 411 12. Fargʻona viloyati 2 125 085 100 835 40 334 20 167 12 100 15 125 2 521 151 151 101 1 513 8 571 101 13. Xorazm viloyati 1 768 700 83 925 33 570 16 785 10 071 12 589 2 098 126 126 84 1 259 7 134 84 Jami 31 256 310 1 483 112 593 245 296 622 177 973 222 467 37 078 2 225 2 225 1 483 22 247 126 065 1 483
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-noyabrdagi PQ-4015-sonli qaroriga 5-ILOVA
2019-yilda parranda ozuqasini yetishtirish uchun tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan yer maydonlari
T/r Hududlar Jami gektar* shundan: bugʻdoy yetishtirish uchun makkajoʻxori yetishtirish uchun 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 633 483 151 2. Andijon viloyati 8 074 6 151 1 922 3. Buxoro viloyati 5 475 4 172 1 304 4. Jizzax viloyati 5 396 4 111 1 285 5. Qashqadaryo viloyati 13 235 10 084 3 151 6. Navoiy viloyati 1 947 1 483 464 7. Namangan viloyati 18 703 14 250 4 453 8. Samarqand viloyati 26 108 19 892 6 216 9. Sirdaryo viloyati 4 612 3 514 1 098 10. Surxondaryo viloyati 7 706 5 871 1 835 11. Toshkent viloyati 32 742 24 946 7 796 12. Fargʻona viloyati 9 210 7 017 2 193 13. Xorazm viloyati 3 679 2 803 876 Jami 137 520 104 295 32 592
* Parranda ozuqasini yetishtirish uchun ajratilishi belgilangan yer maydonlari zaruratga qarab oʻzgartirilishi mumkin hamda ular eng avvalo sugʻoriladigan yerlar toifasiga kirmaydigan yer maydonlaridan ajratiladi.
