2018-2019-yillarda Toshkent viloyatini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida (927-son)
13.11.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2018-yilda Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilgan.
Hududda joriy yilning toʻqqiz oyi yakuni boʻyicha 3,2 trln soʻmlik 163 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilgan, 13 263 ta yangi ish oʻrinlari tashkil etilgan, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 9 foizga, pudrat ishlari 11 foizga va xizmat koʻrsatish 5 foizga oshgan.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-sentabrdagi PQ-3939-son qarori asosida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha oʻtkazilgan oʻrganishlar hududning investitsiya muhitini yaxshilash, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni jalb etish, boʻsh turgan binolardan samarali foydalanish, budjet tushumlarini koʻpaytirish borasida bir qator kamchiliklar mavjudligini koʻrsatdi.
Qayd etilganlarni eʼtiborga olib, hududning mavjud tabiiy va mehnat resurslaridan toʻliq va samarali foydalanish, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish va aholi hayoti darajasi va sifatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni oʻrganish, joriy yil uchun belgilangan ustuvor vazifalarning 2018-yil toʻqqiz oyidagi ijrosini sarhisob qilish, ularning yil yakuniga qadar toʻlaqonli bajarilishini taʼminlash, shuningdek, 2019-yilda barcha yoʻnalishdagi ustuvor vazifalarning amalga oshirilishiga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash boʻyicha idoralararo ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda Idoralararo ishchi guruh deb ataladi)hamda Hududlarda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish komissiyasi tomonidan:
Toshkent viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy sohada joriy yil uchun belgilangan ustuvor vazifalarning 2018-yil toʻqqiz oyidagi ijrosi sarhisob qilinib, ularning yil yakuniga qadar toʻlaqonli bajarilishini taʼminlash, shuningdek, 2019-yilda barcha yoʻnalishdagi ustuvor vazifalarning amalga oshirilishiga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilganligi;
yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, sanoat, servis infratuzilmasi va boshqa sohalarni rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilganligi;
viloyat hududida oʻtkazilgan xatlov natijasida 7 641 ta boʻsh turgan obyektlar aniqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Hududlarda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish komissiyasi va Idoralararo ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan, quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi 2018-2019-yillarda Toshkent viloyatini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) tasdiqlansin:
2018-2019-yillarda Toshkent viloyatini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining moliyalashtirish manbalari 1-ilovaga muvofiq;
taʼlim muassasalari, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport obyektlari hamda boshqa yoʻnalishdagi obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha chora-tadbirlar 2-ilovaga muvofiq;
yoʻl-transport infratuzilmasini takomillashtirish, elektr energiya, tabiiy gaz, ichimlik va oqova suv tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, obodonlashtirish hamda aholining yashash sharoitlarini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar 3-ilovaga muvofiq;
bandlik darajasini oshirish, qurilish, ekologiya, turizm va boshqa sohalarda amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha chora-tadbirlar 4-ilovaga muvofiq;
oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari, shuningdek, qurilish materiallari, yengil sanoat va boshqa sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat koʻrsatish sohasi quvvatlarini modernizatsiyalash, yangidan barpo etish, texnik va texnologik jihatdan yangilash boʻyicha istiqbolli investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxati 5-ilovaga muvofiq;
qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirish boʻyicha istiqbolli investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxati 6-ilovaga muvofiq;
turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha istiqbolli investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxati 7-ilovaga muvofiq.
3. Toshkent viloyati hokimligi:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish, qurilish-montaj ishlarini bajarish, zamonaviy texnologik asbob-uskunalar bilan butlash va loyihalarni foydalanishga topshirishning aniq muddatlari koʻrsatilgan tarmoq jadvallarini bir oy muddatda ishlab chiqib tasdiqlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari, loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda Dasturning soʻzsiz bajarilishini taʼminlasin hamda investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, ishlab chiqarishning moʻljallangan hajmlari oʻzlashtirilishini va yangi ish oʻrinlari tashkil etilishini nazarda tutsin;
muammoli masalalarni muntazam ravishda koʻrib chiqib, ularni hal etish yuzasidan tezkor va zarur amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirgan holda, loyihalar bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda loyiha tashabbuskorlariga yer uchastkalari ajratish boʻyicha hujjatlarni tayyorlash va belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun Toshkent viloyatining tegishli tuman (shahar) hokimligiga kiritilishini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi orqali obyektlarda qurilish-montaj ishlarini olib borishga ruxsatnomalar berilishini taʼminlasin.
4. Toshkent viloyati hokimligiga Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari bilan kelishgan holda, loyihaning qiymatini va ish oʻrinlari sonini saqlab qolish sharti bilan loyihalarning tasdiqlangan manzilli roʻyxatiga, zaruratga koʻra, oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturini shakllantirishda ushbu qarorda nazarda tutilgan markazlashgan manbalar mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan, shu jumladan, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha loyihalarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-dekabrdagi PQ-3437-son qaroriga muvofiq, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish Jamgʻarmasi Kuzatuv kengashining ijobiy qaroriga asosan kiritilishini taʼminlasinlar.
6. “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda aholini elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz bilan, shuningdek, Dastur doirasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari asosida ishlab chiqarish korxonalarini oʻz vaqtida elektr va gaz tarmoqlariga ulanish hamda elektr va gaz bilan uzluksiz taʼminlash choralarini koʻrsinlar.
7. Toshkent viloyati hokimligi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Dasturda nazarda tutilgan loyihalarni amalga oshirilishini onlayn monitoring qilib boruvchi dasturning ishga tushirilishini bir oy muddatda taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi 2019-yilning 1-iyuniga qadar kadastr hujjatlarini shakllantirish jarayonini soddalashtirib, viloyatda “Binolar, inshootlar va koʻp yillik daraxtlarga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma” oʻrniga maxsus “QR kod” bilan himoyalangan kadastr pasporti berishni hamda investitsiya muhitini yanada oshirish maqsadida bir tuman misolida qishloq xoʻjaligi yerlari ajratishning auksion tarzida “blokcheyn” tizimi orqali joriy etilishini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Toshkent viloyati hokimligi hamda Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda xatlov natijasida aniqlangan 6 177 ta qurilishi tugallanmagan, boʻsh turgan noturar bino va inshootlar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari negizida ularning mulkdorlari bilan birgalikda investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni tasdiqlab, ijrosi boʻyicha monitoring olib borsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Madaniyat vazirligi va Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda:
a) 2019-yil 1-yanvarga qadar:
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi va Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi bilan birgalikda viloyat va oʻrmon fondi hududida aholi dam olishini tashkil qilish va ekoturizmni rivojlantirish maqsadida foydalanilishi mumkin boʻlgan maydonlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
“Oʻzavtosanoat” AJ bilan birgalikda Toshkent viloyati Piskent tumanida “Piskent avtomobil poligoni” MChJ uchun ajratilgan hududda muntazam ravishda turli darajadagi avto va motopoygalarni tashkil etish, respublikamizga kelgan sayyohlar uchun avtotransport vositalari, shu jumladan eski rusumdagi avtotransport vositalari koʻrgazmasi va boshqa qiziqarli tadbirlar oʻtkazish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
b) 2019-yil 1-martga qadar “Oʻzsharobsanoat” AJ bilan birgalikda vinochilik sohasida turizmni yanada rivojlantirish maqsadida Parkent tumanida sayyohlar uchun maxsus maskanlar joylashadigan hududlarni belgilab, ularni tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
v) 2019-yil 1-iyunga qadar tarixiy obidalar hamda arxeologik obyektlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazib, ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettiruvchi elektron xaritani ishlab chiqsin va joriy qilsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Toshkent viloyati hokimi Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 13-noyabr,
927-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-noyabrdagi 927-son qaroriga 1-ILOVA
2018-2019-yillarda Toshkent viloyatini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining
MOLIYALAShTIRISh MANBALARI
mln soʻm T/r Yoʻnalishlar boʻyicha Loyiha soni Oʻzlashtiriladigan mablagʻ shu jumladan: Ish oʻrni Respublika budjeti mablagʻlari Mahalliy budjet mablagʻlari Xorijiy investitsiyalar jamgʻarmalar Xoʻjalik boshqaruvi organlari mablagʻlari Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari Tashabbuskorlar mablagʻlari Bank krediti Jami 1 009 8 241 879 129 510 4 790 324 674 017 252 241 1 735 123 660 547 19 333 Sanoat, xizmat koʻrsatish, savdo, turizm va qishloq xoʻjaligi soh�laridagi investitsiya loyihalari 638 7 013 911 0 0 4 790 324 0 0 0 1 562 923 660 547 14 233 1. Oziq-ovqat va nooziq ovqat tovarlari, qurilish, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, savdo, servis va xizmat koʻrsatish sohasida 490 4 050 897 2 884 874 875 882 290 144 10 173 2. Qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirish boʻyicha 120 2 271 340 1 602 050 383 392 285 778 3 227 3. Turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha 28 691 674 303 400 303 649 84 625 833 Yoʻl-transport va muhandislik kommunikatsiya tizimlarini yanada rivojlantirish boʻyicha loyihalar 283 714 262 0 52 828 0 418 637 242 797 0 0 0 1. Yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish 18 263 780 27 950 235 830 0 0 2. Elektr energiyasi taʼminoti 58 088 58 088 3. Suv taʼminoti 38 169 957 0 169 957 0 4. Gaz taʼminoti 10 24 849 24 849 5. Qurilish sohasida amalga oshiriladigan ishlar 103 11 200 8 350 2 850 6. Ekologiya sohasida amalga oshiriladigan ishlar 3 160 060 200 159 860 7. Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish 111 26 328 16 328 10 000 0 Ijtimoiy soha infratuzilmasini yanada rivojlantirish boʻyicha loyihalar 88 513 706 0 76 682 0 255 380 9 444 0 172 200 0 5 100 1. MTM obyektlari 22 55 140 55 140 2. Umumtaʼlim maktablari obyektlari 12 40 840 14 520 26 320 3. Sport majmualari obyektlari 5 38 400 10 200 3 500 24 700 4. Sogʻliqni saqlash sohasi obyektl�ri 8 158 058 5 938 95 320 56 800 5. Madaniyat markazlari 13 87 200 5 000 82 200 6. Koʻp qavatli uy-joylarni taʼmirlash 9 127 168 41 024 68 200 9 444 8 500 7. Boshqa sohadagi qurilishlar boʻyicha 3 4 000 4 000 8. Aholining bandlik darajasini oshirish boʻyicha 16 2 900 2 900 5 100
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-noyabrdagi 927-son qaroriga 2-ILOVA
Taʼlim muassasalari, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport obyektlari hamda boshqa yoʻnalishdagi obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha
ChORA-TADBIRLAR
T/r Tadbirlar Amalga oshirish muddati Loyiha qiymati mln.soʻm shu jumladan: Moliyalashtirish manbasi Masʼul vazirlik va idoralar 2018-y. 2019-y. 2018-y. 2019-y. Jami: 4 48 510 806 41 514 469 292 I. Maktabgacha taʼlim muassasalari boʻyicha 1. Toshkent viloyatidagi 22 ta davlat maktabgacha taʼlim muassasalarini bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilish. 2019-y. 55 140 55 140 Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi 2. Haftaning shanba kunlari maktabgacha taʼlim muassasalariga borishni istagan bolalar sonidan kelib chiqib, maktabgacha taʼlim muassasalarida shanba kuni faoliyat yuritadigan kamida 1 ta guruh tashkil etish. 2018-y. Mahalliy budjet va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Maktabgacha taʼlim vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi Jami: 1 1 55 140 55 140 II. Umumtaʼlim maktablari boʻyicha 3. Ohangaron tumani, “Uvak” MFYda 240 oʻrinli yangi maktab binosini qurish. 2019-y. 2 200 2 200 Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi 4. Olmaliq shahridagi 10-son umumiy oʻrta taʼlim maktabini kapital taʼmirlash. 2019-y. 2 520 2 520 Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi 5. Boʻstonliq tumanidagi 3-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi binosini 120 metr uzunlikdagi beton devor bilan oʻrash, isitish tizimi va tom qismini mukammal taʼmirlash. 2019-y. 2 400 2 400 Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Toshkent viloyati h�kimligi 6. Quyichirchiq tumani, “Abay” MFYdagi 46-son umumtaʼlim maktabida taʼmirlash ishlarini yakunlash maqsadida solishtirma loyiha-smeta hujjatlari asosida qoʻshimcha mablagʻ ajratish. 2019-y. 2 000 2 000 Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi 7. Yangiyoʻl shahri, “Fayziobod” MFY hududidagi 1 600 oʻrinli 7-son umumiy oʻrta taʼlim maktabini kapital taʼmirlash. 2019-y. 4 900 4 900 Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi 8. Yangiyoʻl shahridagi 3-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi bino-inshootlarini kapital taʼmirlash. 2019-y. 4 600 4 600 Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi 9. Yangiyoʻl shahridagi 8-son umumiy oʻrta taʼlim maktabining isitish tizimini taʼmirlash, uni lokal tizimga oʻtkazish, hojatxona, sport zali va oshxonalarni taʼmirlash. 2019-y. 300 300 Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan Toshkent viloyati hokimligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi 10. Boʻstonliq tumanidagi 24-son umumiy oʻrta taʼlim maktabini kapital taʼmirlash. 2019-y. 4 500 4 500 Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi 11. Boʻstonliq tumanidagi 35-son umumiy oʻrta taʼlim maktabini kapital taʼmirlash. 2019-y. 3 200 3 200 Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi 12. Oʻrtachirchiq tumani, “Uygʻur” MFY hududida joylashgan 49-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi binosining fasad qismini boʻyash va sport zalining issiqlik tizimini taʼmirlash. 2019-y. 250 250 Mahalliy budjetnin� qoʻshimcha manbalari hisobidan Toshkent viloyati hokimligi, Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi 13. Toshkent viloyatidagi 301 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarida tahsil olayotgan oʻquvchilar xavfsizligini taʼminlash maqsadida ularning atrofini (80,8 km) toʻliq oʻrash. 2019-y. 12 120 12 120 Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan Toshkent viloyati hokimligi, Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi 14. Yangiyoʻl shahridagi 5, 9 va 12-son umumiy oʻrta taʼlim maktablarida 4 tadan KV-100 rusumli alohida qozon oʻrnatish (lokal qozonxona), 4-son umumiy oʻrta taʼlim maktabining 3-4-bloklarida yangi issiqlik tizimini oʻtkazish va alohida qozonxona oʻrnatish. 2018-y. 1 850 1 850 Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan Toshkent viloyati hokimligi, Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi Jami : 1 11 40 840 2 100 38 740 III. Sport inshootlari boʻyicha 15. Oʻrtachirchiq tumanida sport va gimnastika zallarini qurish. 2019-y. 3 500 3 500 Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Investitsiyalar boʻ�icha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi 16. Olmaliq shahrida yopiq muz saroyini tashkil etish. 2019-y. 18 000 18 000 Tashabbuskorlar va bank kredit mablagʻlari hisobidan Tashabbuskorlar, Toshkent viloyati hokimligi, tijorat banklari 17. Angren shahrining Krasnogorsk qoʻrgʻonida joylashgan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga tegishli sport majmuasi negizida Angren shahar bolalar va oʻsmirlar sport maktabini tashkil etish. 2019-y. 6 000 6 000 Mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi 18. Olmaliq shahar bolalar-oʻsmirlar sport maktabiga qarashli sport majmuasi negizida sportning gimnastika turi boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabini tashkil etish. 2019-y. 4 200 4 200 Mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan Toshkent viloyati hokimligi, Moliya vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 19. Toshkent tumani, Keles yoʻli koʻchasida joylashgan taʼmirtalab boʻlgan ochiq suv havzasi va sport zalini, Koʻksaroy hududidagi futbol oʻyingohi oʻrindiqlarini taʼmirlash. 2019-y. 6 700 6 700 Tashabbuskorlar mablagʻlari, bank krediti Toshkent viloyati hokimligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Jami : 5 38 400 38 400 IV. Sogʻliqni saqlash sohasi obyektlari boʻyicha 20. Toshkent viloyati boʻyicha 17 ta yangi xususiy tibbiyot muassasalarini tashkil etish va shu orqali 240 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish. 2019-y. 56 800 56 800 Tashabbuskorlar mablagʻlari, bank krediti Toshkent viloyati hokimligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tijorat banklari 21. Aholiga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent viloyati tibbiyot muassasalarini Nurafshon shahrining bosh rejasiga asosan “Tibbiyot shaharchasi”ga joylashtirish. 2019 — 2021-yillar Loyiha-smeta hujjatlari asosida Mahalliy budjet Toshkent viloyati hokimligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi 22. Boʻstonliq tumani, Chorbogʻ qoʻrgʻonida 10 ta shoshilinch statsionar tez tibbiy yordam oʻrinlari hamda Chimyon, Takayongʻoq va Yusufxona qishloqlarida tez yordam boʻlimi shoxobchalarini tashkil etish va ularda belgilangan tartibda zarur shtat birliklarini joriy etish. 2019-y. 4 000 4 000 Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi 23. Viloyat silga qarshi kurash dispanseri binolarini kapital taʼmirlash. 2019-y. 8 500 8 500 Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Toshkent viloyati hokimligi 24. Toshkent viloyatining tuman va shahar tibbiyot birlashmalari, 74 ta qishloq oilaviy poliklinikalari eng zarur zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan toʻliq taʼminlash. 2019-2020-yillar 82 820 82 820 Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi 25. Toshkent viloyatidagi tez tibbiy yordam xizmatlariga tegishli 220 ta tez tibbiy yordam avtotransportlarini zamonaviy aloqa vositalari (ratsiya va GPS navigator) bilan jihozlash va viloyat boʻyicha yagona “Sall center” tizimini barpo etish. 2019-y. 3 800 3 800 Mahalliy budjet Toshkent viloyati hokimligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi 26. Aholi oʻrtasida sil kasalliklarini erta aniqlash uchun viloyat silga qarshi dispanseri 1 dona harakatlanuvchi flyurograf (proskan) mashinasini xarid qilish. 2019-y. 1 148 1 148 Mahalliy budjet Toshkent viloyati hokimligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi 27. Tuman va shahar tibbiyot birlashmalari tuzilmasiga gemodializ va nefrologiya oʻrinlarini kiritish va viloyatning Olmaliq shahar tibbiyot birlashmasini 5 ta gemodializ apparati bilan taʼminlash va 10 tadan nefrologik oʻrinlarni tashkil etish, ularni kerakli shtat birliklari bilan taʼminlash. 2018-y. 990 990 Mahalliy budjet Toshkent viloyati hokimligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Jami 1 7 158 058 990 157 068 V. Madaniyat va istirohat bogʻi hamda madaniyat markazlarini rivojlantirish boʻyicha 28. Nurafshon shahrida (I tip) hamda Boʻka, Zangiota, Oʻrtachirchiq, Oqqoʻrgʻon va Ohangaron tumanlarida (III tip) bosh rejalarga asosan zamonaviy madaniyat va istirohat bogʻlarini tashkil etish uchun belgilangan tartibda yer maydonlarini ajratish, ularni davlat-xususiy sherikchilik asosida tadbirkorlik subyektiga berib, yangi loyihaga asosan madaniyat va istirohat bogʻlarini barpo etish. 2019-y. 40 000 40 000 Tashabbuskorlar mablagʻlari Toshkent viloyati hokimligi 29. Yangiyoʻl tumani “Shaxrizoda Xonzoda” madaniyat va istirohat bogʻi (I tip) ni davlat-xususiy sherikchilik asosida amfiteatr binosini qurish, zamonaviy attraksionlar oʻrnatish, savdo shoxobchalari, kutubxona va boshqa madaniy hordiq chiqarish obyektlarini qurish hamda zamonaviy kichik futbol stadioni va tennis maydonchasini barpo etish uchun tadbirkorlik subyektiga uzoq muddatli ijara shartnomasi asosida berish. 2019-y. 1 000 1 000 Tashabbuskorlar mablagʻlari Toshkent viloyati hokimligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi 30. Chinoz tumani, Madaniyat va istirohat bogʻining (III tip) yonida joylashgan bozorni boshqa hududga koʻchirish orqali uning hududini 7 gektarga kengaytirib, davlat-xususiy sherikchilik asosida amfiteatr binosi, savdo shoxobchalari, kutubxona va boshqa madaniy hordiq chiqarish obyektlarini qurish, zamonaviy attraksionlarni oʻrnatish sharti bilan tadbirkorlik subyektiga berish. 2019-y. 1 000 1 000 Tashabbuskorlar mablagʻlari Toshkent viloyati hokimligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi 31. Angren shahri, A. Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻini (I tip) davlat-xususiy sherikchilik asosida amfiteatr binosi, savdo shoxobchalari, kutubxona va boshqa madaniy hordiq chiqarish obyektlarini qurish, zamonaviy attraksionlarni oʻ�natish sharti bilan tadbirkorlik subyektiga berish. 2019-y. 35 000 35 000 Tashabbuskorlar mablagʻlari Toshkent viloyati hokimligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi 32. Bekobod tumani “Bolalar” madaniyat va istirohat bogʻini (III tip) davlat-xususiy sherikchilik asosida mavjud amfiteatr binosini mukammal taʼmirlash, zamonaviy attraksionlar oʻrnatish, qoʻshimcha savdo va madaniy hordiq chiqarish obyektlarini qurish sharti bilan tadbirkorlik subyektiga berish. 2019-y. 1 000 1 000 Tashabbuskorlar mablagʻlari Toshkent viloyati hokimligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi 33. Quyichirchiq tumani, Doʻstobod shahri “Yoshlar” madaniyat va istirohat bogʻini davlat-xususiy sherikchilik asosida amfiteater binosini barpo etish, zamonaviy attraksionlar oʻrnatish, qoʻshimcha savdo va madaniy hordiq chiqarish obyektlarini qurish sharti bilan tadbirkorlik subyektiga berish. 2019-y. 800 800 Tashabbuskorlar mablagʻlari Toshkent viloyati hokimligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi 34. Qibray tumani madaniyat va istirohat bogʻini davlat-xususiy sherikchilik asosida zamonaviy attraksionlar oʻrnatish, qoʻshimcha savdo va madaniy hordiq chiqarish obyektlarini qurish sharti bilan tadbirkorlik subyektiga berish. 2019-y. 800 800 Tashabbuskorlar mablagʻlari Toshkent viloyati hokimligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi 35. Boʻstonliq tumani “Bogʻi Eram” istirohat bogʻini (III tip) davlat-xususiy sherikchilik asosida zamonaviy attraksionlar oʻrnatish, qoʻshimcha savdo va m�daniy hordiq chiqarish obyektlarini qurish sharti bilan tadbirkorlik subyektiga berish. 2019-y. 800 800 Tashabbuskorlar mablagʻlari Toshkent viloyati hokimligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi 36. Yuqorichirchiq tumani “Yoshlar” istirohat bogʻini (III tip) davlat-xususiy sherikchilik asosida zamonaviy attraksionlar oʻrnatish, qoʻshimcha savdo va madaniy hordiq chiqarish obyektlarini qurish sharti bilan oʻrnatilgan tartibda boshqa salohiyatli tadbirkorlik subyektiga berish. 2019-y. 800 800 Tashabbuskorlar mablagʻlari Toshkent viloyati hokimligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi 37. Parkent tumani madaniyat va istirohat bogʻini (III tip) davlat-xususiy sherikchilik asosida attraksionlar oʻrnatish, savdo va madaniy hordiq chiqarish obyektlarini qurish sharti bilan tadbirkorlik subyektiga berish. 2019-y. 1 000 1 000 Tashabbuskorlar mablagʻlari Toshke�t viloyati hokimligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi 38. Boʻka tumanidagi “Mustaqil Oʻzbekiston” madaniyat markazi binosini mukammal taʼmirlash va maqomchilik yoʻnalishidagi toʻgaraklarni tashkil etish. 2019-y. 2 500 2 500 Mahalliy budjet Toshkent viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, 39. Boʻka tumani “Boʻston” madaniyat markazini moddiy-texnik bazasi bilan taʼminlash hamda 150 oʻringa moʻljallangan tomoshalar zaliga oʻrindiqlar oʻrnatish. 2019-y. 500 500 Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari va homiylik mablagʻlari Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi 40. Boʻka tumanining Parkent, Doʻstlik va Turkiston qishloqlarida yashovchi 9 620 nafar aholisiga xizmat qiladigan “Doʻstlik” madaniyat markazi binosini kapital taʼmirlash. 2019-y. 2 000 2 000 Mahalliy budjet Toshkent viloyati hokimligi Jami 13 87 200 87 200 VI. Koʻp qavatli uylar boʻyicha 41. Yangiyoʻl tumani, Gulbahor qoʻrgʻonidagi boʻsh yer maydonida aholi ehtiyojidan kelib chiqqan holda 4 qavatli uy qurish. 2019-y. 8 500 8 500 “Temur Invest Business” MChJmablagʻlari, bankkrediti Toshkent viloyati hokimligi, tashabbuskor, Asaka bank 42. Ohangaron, Olmaliq, Bekobod, Nurafshon, Chirchiq va Yangiyoʻl shaharlarida qurilayotgan jami 62 ta koʻp kvartirali arzon uy-joylarni tashqi muhandislik kommunikatsiya tarmoqlariga ulash hamda obodonlashtirish ishlarini bajarish. 2018-y. 38 424 38 424 Mahalliy budjet Toshkent viloyati hokimligi 43. Angren shahridagi Bogʻi-Surx, Obliq, Xakarman Yangi-Jigariston MFYlardagi eskirgan lokal qozonxonalarni mukammal taʼmirlash. 2019-y. 2 000 2 000 Rivojlanish davlat dasturilarini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Investitsiyalar b�yicha davlat qoʻmitasi, Toshkent viloyati hokimligi, Moliya vazirligi 44. Toshkent viloyatidagi toʻlov qobiliyati past oilalar istiqomat qiladigan 980 ta 2 qavatli uy-joylardan 100 tasini taʼmirlash ishlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish. 2019-y. 17 600 17 600 Toshkent viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Toshkent viloyati hokimligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Moliya vazirligi 45. Toshkent viloyati boʻyicha 240 ta xususiy uy-joylar mulkdorlari shirkatlari tomonidan 240 donadan elektro svarka, gazosvarka, bolgarka va trubalarni ulash uchun dazmol u�kunalarini kredit asosida xarid qilish. 2019-y. 600 600 Maxalliy budjet, bank krediti Toshkent viloyati hokimligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, tijorat banklari 46. Toshkent viloyatining 15 ta tumanidagi 1 200 ta koʻp qavatli uy-joylar oraligʻidagi 780 ta hojatxonalarni qurish. 2019-y. 4 000 4 000 Mahalliy budjet, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi jamgʻarmasi Toshkent viloyati hokimligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi 47. Issiqlik taʼminoti mavjud boʻlmagan 2 141 ta koʻp qavatli uylardan 1 000 tasiga lokal qozonxonalar yoki boshqa turdagi maqbul isitish tizimi oʻrnatish boʻyicha manzilli roʻyxat shakllantirish va manzilli roʻyxatga kiritilgan obyektlarni bosqichma-bosqich maqbul isitish tizimlariga oʻtkazish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish. 2019-y. 43 600 43 600 “Toshkent viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasi” mablagʻlari, bank krediti, aholi mablagʻi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, tijorat banklari 48. Viloyat boʻyicha koʻp qavatli uylar hududidagi mavjud 89 ta bolalar maydonchalarini taʼmirlash va 141 ta yangi zamonaviy bolalar maydonchalarini tashkil etish. 2019-y. 7 444 7 444 Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi jamgʻarmasi va mahalliy budjet Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Moliya vazirligi 49. Yangiyoʻl shahridagi Turon qozonxonasida 2 ta qozon hamda 3,6 km issiqlik tarmoqlarini taʼmirlash. 2019-y. 5 000 5 000 Rivojlanish davlat dasturilarini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, Moliya vazirligi Jami 1 8 127 168 38 424 88 744,0 VII. Boshqa sohadagi qurilishlar boʻyicha 50. Yangiyoʻl shahrida 5 ta, Yangiyoʻl tumanida 15 ta mahallalarda profilaktika inspektorlariga tayanch punktlari qurish. 2019-y. Hisob-kitoblarga asosan Hisob-kitoblarga asosan Mahalliy budjet Moliya vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi 51. Ohangaron va Yangiyoʻl tumanlari maʼmuriy markazlarida tuman adliya boʻlimi va davlat notarial idorasi uchun yangi bino qurish yoki mavjud boʻsh binolarda joylashtirish, Boʻstonliq, Oqqoʻrgʻon, Zangiota va Qibray tumanlarida davlat notarial idoralari uchun yangi bino sotib olish yoki ajratilgan yer uchastkasiga yangidan bino qurish yoki boʻsh turgan binolarda joylashtirish. 2019-y. 4 000 4 000 Budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi Adliya vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, Moliya vazirligi 52. Chirchiq davlat pedagogika institutida 1500 oʻrinli yangi oʻquv binosi va 400 oʻrinli yangi talabalar yotoqxonasini qurish. 2019-2020-yillar Hisob-kitoblar asosida Respublika budjeti Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi Jami 3 4 000 4 000
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-noyabrdagi 927-son qaroriga 3-ILOVA
Yoʻl-transport infratuzilmasini takomillashtirish, elektr energiya, tabiiy gaz, ichimlik va oqova suv tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, obodonlashtirish hamda aholining yashash sharoitlarini yaxshilash boʻyicha
ChORA-TADBIRLAR
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-noyabrdagi 927-son qaroriga 4-ILOVA
Bandlik darajasini oshirish, qurilish, ekologiya, turizm va boshqa sohalarda amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha
ChORA-TADBIRLAR
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-noyabrdagi 927-son qaroriga 5-ILOVA
Oziq-ovqat va nooziq ovqat tovarlari, shuningdek, qurilish materiallari, yengil sanoat va boshqa sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat koʻrsatish sohasi quvvatlarini modernizatsiyalash, yangidan barpo etish, texnik va texnologik jihatdan yangilash boʻyicha istiqbolli investitsiya loyihalarining
MANZILLI ROʻYXATI
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-noyabrdagi 927-son qaroriga 6-ILOVA
Qishloq hoʻjaligi sohasini rivojlantirish boʻyicha istiqbolli investitsiya loyihalarining
MANZILLI ROʻYXATI
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-noyabrdagi 927-son qaroriga 7-ILOVA
Turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha istiqbolli investitsiya loyihalarining
MANZILLI ROʻYXATI
