Veterinariya nazorati ostidagi obyektlarini profilaktik va majburiy dezinfeksiyalashda dezeffekt preparatini qoʻllash boʻyicha qoʻllanmani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (14-son)
17.01.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasining
QARORI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi “Davlat veterinariya xizmati boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5067-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasining 2008-yil 19-martdagi 31-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Veterinariya nazorati ostidagi obyektlarini profilaktik va majburiy dezinfeksiyalashda dezeffekt preparatini qoʻllash boʻyicha qoʻllanma” oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais v.b. B. NORQOBILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 17-yanvar,
14-son
