Veterinariya nazorati ostidagi obyektlarini dezinfeksiyalashda Dez-20 preparatini qoʻllash boʻyicha qoʻllanmani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (13-son)
17.01.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi “Davlat veterinariya xizmati boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5067-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasining 2008-yil 19-martdagi 29-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Veterinariya nazorati ostidagi obyektlarini dezinfeksiyalashda Dez-20 preparatini qoʻllash boʻyicha qoʻllanma” oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais v.b. B. NORQOBILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 17-yanvar,
13-son
