Paxta xomashyosi, pilla, chorvachilik mahsulotlarining xarid narxlarini va paxta tolasining ulgurji narxlarini oshirish toʻgʻrisida (152-son)
30.03.1992
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
Yoqilgʻi, elektr energiyasi va boshqa moddiy-texnika resurslari narxlarining ancha oshganligi munosabati bilan, shuningdek, bozor munosabatlari sharoitlarida kolxoz va sovxozlar ishi uchun zarur iqtisodiy dastaklar yaratish, mehnat jamoalarining mahsulot yetishtirishdan moddiy manfaatdorligini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Moliya vazirligining:
1992-yil hosilidan boshlab paxta xomashyosining xarid narxlarini hamda paxta tolasining ulgurji narxlarini 1, 2-ilovalarga muvofiq;
1992-yil hosilidan boshlab pillaning xarid narxlarini 3-ilovaga muvofiq;
1992-yil 1-apreldan boshlab qoramol, qoʻchqorlar, qoʻy va echkilar, parranda, sutning xarid narxlarini oʻrtacha 2 baravar oshirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi oʻn kun muddat ichida paxta xomashyosi, paxta tolasi, pilla va chorvachilik mahsulotlari narxlarining yangi preyskurantlarini manfaatdor vazirliklar va idoralarga yetkazsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 26-martdagi 145-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 30-mart,
152-son
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 30-martdagi 152-son qaroriga 1-ILOVA
Paxta xomashyosining davlat xarid narxlari
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 30-martdagi 152-son qaroriga 2-ILOVA
Paxta tolasining ulgurji narxlari
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 30-martdagi 152-son qaroriga 3-ILOVA
Pillaning cheklangan xarid narxlari
