Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro madaniy-maʼrifiy aloqalar milliy uyushmasini tashkil etish toʻfrisida (142-son)
25.03.1992
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining mustaqilligi toʻgʻrisidagi Deklaratsiya prinsiplariga asoslanib, xalqaro aloqalarning kengayotganligini hisobga olib, xorijiy mamlakatlar bilan jamoatchilik aloqalari faoliyatini bir joyga jamlash va tartibga solish, yagona siyosatni shakllantirish va xalq diplomatiyasini ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik va madaniy aloqalar Oʻzbekiston jamiyati hamda Xorijdagi vatandoshlar bilan aloqa “Vatan” jamiyatining ular negizida Oʻzbekiston Respublikasi Xalqaro madaniy-maʼrifiy aloqalar milliy uyushmasi tashkil etish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Madaniyat, ommaviy axborot vositalari va turizm Kompleksi (oʻrtoq Samandarov) ikki hafta muddat ichida manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Xalqaro madaniy-maʼrifiy aloqalar milliy uyushmasi tuzilmasini hamda Nizomini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 25-mart,
142-son
