Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-4005-son)
06.11.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Respublikada baliqchilik tarmogʻini jadal rivojlantirish, baliq mahsulotlari ishlab chiqarishning zamonaviy va innovatsion uslublarini joriy etgan holda hajmlarini oshirish, sohani tartibga solish boʻyicha bir qator qonun hujjatlari qabul qilinib, ularning ijrosini sifatli va puxta taʼminlash choralari koʻrilmoqda.
Shu bilan birga, intensiv usulda baliq yetishtirish boʻyicha ishlarga yetarli darajada eʼtibor qaratilmayapti, hududlarda baliqchilik tarmogʻini rivojlantirishda yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish, baliqchilik xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar yetarli darajada emas.
Baliqchilik xoʻjaliklariga biriktirilgan suv havza maydonlaridan ilmiy yondashuv asosida samarali foydalanish, ularning meliorativ holatini yaxshilash, shuningdek, resurs tejamkor texnologiyalar va innovatsiyalarni keng koʻlamda joriy qilish ishlariga yetarlicha eʼtibor berilmayapti.
Sunʼiy suv havzalari hosildorligini oshirish uchun baliqchilik xoʻjaliklarining mineral oʻgʻitlarga boʻlgan talabi toʻliq qondirilmayapti. Shuningdek, mineral oʻgʻitni boshqa muqobil oʻgʻitlar bilan almashtirish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish yoʻlga qoʻyilmagan.
Baliqni intensiv usulda yetishtirish, ovlash va qayta ishlash uchun zarur asbob-uskuna, anjom va mexanizmlarni mahalliy ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilmagan. Buning oqibatida koʻplab tadbirkorlar vaqt va mablagʻini ortiqcha sarflab, ularni chet eldan xarid qilmoqda.
Baliqchilik sohaga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni kiritish ishlari lozim darajada tashkil etilmagan, bu borada xorijiy davlatlar va tashkilotlar bilan samarali, oʻzaro manfaatli hamkorlik yoʻlga qoʻyilmagan.
Respublikada intensiv usulda baliq yetishtirishni bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyish va ragʻbatlantirish, mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish, sohaga innovatsion gʻoyalar, ilmiy ishlanmalar, zamonaviy texnologiyalar va ilm-fan yutuqlarini keng koʻlamda joriy qilish, baliqchilik tarmogʻini yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining uzluksiz suv taʼminlash imkoniyati boʻlgan sunʼiy suv havza maydonlari mavjud boʻlgan baliqchilik xoʻjaliklarini bosqichma-bosqich intensiv usulda baliq yetishtirishga ixtisoslashtirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2019-yilda respublikada:
baliq yetishtirish va ovlash prognoz parametrlari 1 va 1a-ilovalarga muvofiq;
baliq yetishtirish inshootlari va qurilmalarini barpo etishning prognoz parametrlari 2-ilovaga muvofiq;
baliqchilik xoʻjaliklariga omuxta yem va mineral oʻgʻit (ammofos) yetkazib berishning prognoz parametrlari 3-ilovaga muvofiq;
reproduktor hovuzlarni tashkil etish, baliq chavoqlari yetishtirish, baliq mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash quvvatlarini ishga tushirishning prognoz parametrlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi va “Ipoteka-bank” ATIB bilan birgalikda ushbu qarorga asosan oʻrnatilgan prognoz parametrlarining ijrosini taʼminlash yuzasidan tumanlar va baliqchilik xoʻjaliklari kesimida manzilli chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqib tasdiqlasin, ularning samarali va toʻliq ijrosi yuzasidan tizimli monitoring oʻrnatsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan ekvivalenti 50 million AQSH dollari miqdorida “Ipoteka bank” ATIBning ustav kapitalidagi davlat ulushini oshirilsin.
Belgilansinki, “Ipoteka bank” ATIB ustav kapitaliga yoʻnaltiriladigan Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-yanvardagi PQ-2718-son “Oziq-ovqat, charm-poyabzal va farmatsevtika sanoatida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan ochilgan kredit liniyasi mablagʻlari hisobidan ajratiladi.
Jamgʻarma uch oy muddatda ushbu bandda koʻrsatilgan mablagʻlarni “Ipoteka bank” ATIB ustav kapitaliga oʻtkazib berilishini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi oʻrnatilgan tartibda “Ipoteka bank” ATIB tomonidan chiqariladigan aksiyalarni roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
“Ipoteka bank” ATIB ustav kapitaliga kiritilayotgan ekvivalenti 50 million AQSH dollari miqdoridagi Jamgʻarmaning valyuta mablagʻlaridan zarurat boʻlganda baliqchilikni rivojlantirish sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun foydalaniladi;
“Ipoteka bank” ATIB baliqchilik sohasini rivojlantirishni moliyalashtirish uchun taqdim etilgan loyihalarni chuqur tahlillar asosida rentabellik, samaradorlik va pul oqimlarining kredit hamda ular boʻyicha foizlarni oʻz vaqtida qaytarishni taʼminlaydigan loyihalarning kreditlanishini amalga oshiradi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili 15 million AQSH dollari ekvivalenti miqdoridagi mablagʻlarni 2019-2020-yillar davomida tegishli yilning 1-fevraliga qadar baliqchilik loyihalarini moliyalashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasiga oʻtkazib bersin.
7. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, “Ipoteka bank” ATIB, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining baliqchilik sohasida toʻliq tizimli (inkubatsiya sexi, chavoq va tovar baliq yetishtirish, yuqori oqsilga boy baliq yemi, qayta ishlash va saqlash) ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan baliqchilik klasterlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Qishloq xoʻjaligi vazirligi Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, “Ipoteka bank” ATIB, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2019-yil 1-fevralga qadar muddatda salohiyatli tadbirkorlik subyektlarini, moliyalashtirish manbalari hamda yer maydonlarini aniqlab 2019 — 2021-yillarda baliqchilik klasterlarini tashkil etishning manzilli dasturi loyihasini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. “Oʻzeltexsanoat” AK, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda baliqni intensiv usulda yetishtirish, ovlash va qayta ishlash uchun zarur boʻladigan asbob-uskuna, jihoz va mexanizmlar ishlab chiqarishni 2019-yil yakuniga qadar mahalliylashtirish choralarini koʻrsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi respublikada baliqni intensiv usulda yetishtirish, ovlash va qayta ishlash uchun zarur boʻladigan asbob-uskuna, jihoz va mexanizmlarni ishlab chiqish maqsadida “Oʻzeltexsanoat” AK tomonidan taqdim etilgan loyiha hujjatlariga asosan xorijiy investorlarni jalb etsin.
10. “Oʻzkimyosanoat” AJ baliqchiliq xoʻjaliklariga talab qilinadigan 30,7 ming tonna mineral oʻgʻit (ammofos)ning 2019-yil davomida ishlab chiqarilishi va birja savdolariga qoʻyib borilishini taʼminlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi 2019-yil 1-aprelga qadar muddatda prognozlashtirilgan suv miqdoridan kelib chiqib, oʻrnatilgan tartibda faoliyat yuritayotgan baliqchilik xoʻjaliklari bilan suvdan foydalanish boʻyicha shartnoma tuzilishini va baliqchilik xoʻjaliklari uchun belgilangan suv miqdorining kafolatli yetkazib berilishini taʼminlasin.
Suv tanqisligi sharoitida baliqchilik xoʻjaliklari tomonidan sunʼiy suv havzalariga boshqa manbalardan qoʻshimcha suv olib kelish choralari koʻriladi hamda mazkur ishlar baliqchilik xoʻjaliklarining oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
12. Belgilab qoʻyilsinki, yangidan tashkil etiladigan sunʼiy suv havzalarida baliq yetishtirish loyihalariga yer uchastkalari:
faqatgina intensiv usul va resurs tejamkor texnologiyalar qoʻllanganda;
suv bilan kafolatli taʼminlash va yerlarning meliorativ holatiga salbiy taʼsiri yoʻqligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining xulosasi asosida ajratiladi.
13. Baliqchilik xoʻjaliklarining sunʼiy suv havza maydonlari va ichki kanal, kollektor va drenajlardagi melioratsiya va chuqurlashtirish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Belgilansinki:
baliqchilik xoʻjaliklari sunʼiy suv havza maydonlarida ichki kanal, melioratsiya va chuqurlashtirish boʻyicha bajariladigan ishlar baliqchilik xoʻjaliklarining oʻz mablagʻlari;
barcha kollektor va drenajlarda melioratsiya boʻyicha bajariladigan ishlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda baliqchilik sohasida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada kuchaytirish maqsadida uzviy hamkorlikni yoʻlga qoʻysin, baliqchilik sohasida mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha “yoʻl xarita”si ishlab chiqilishini;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda baliqchilik sohasi rivojlangan xorijiy davlatlarning ilgʻor va zamonaviy texnologiyalari asosida sunʼiy suv havza maydonlarida intensiv usulda baliq yetishtirishni tashkil etish boʻyicha uslubiy tavsiyalar va namunaviy loyihalar ishlab chiqilib joylarga yetkazilishini;
“Oʻzkimyosanoat” AJ bilan birgalikda sunʼiy suv havzalarida baliq yetishtirish hosildorligini oshirish uchun sarflanadigan mineral oʻgʻitni (ammofos) boshqa muqobil oʻgʻit bilan almashtirish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilib, ular haqida baliqchilik xoʻjaliklariga tushuntirish ishlarini tashkillashtirsin.
15. “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutining ilm-fan sohasini rivojlantirish, innovatsion gʻoyalar, ilmiy ishlanmalar, zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotda joriy etish maqsadida 2019-yilda uyushmaning Baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan 1 milliard soʻm yoʻnaltirsin.
16. “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasining ilm-fan va innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda yangi turdagi baliqlarni mahalliylashtirish masalalari boʻyicha rais oʻrinbosari lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda innovatsion gʻoyalar, ilmiy ishlanmalar, zamonaviy texnologiyalar va ilm-fan yutuqlarini baliq yetishtirish va uni qayta ishlash tarmogʻiga yoʻnaltirish samaradorligini oshirish maqsadida yangidan joriy etilgan lavozimga chet ellik mutaxassisni jalb qilish choralarini koʻrsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi fundamental, amaliy hamda innovatsion tadqiqotlar davlat ilmiy-texnik dasturlarini shakllantirishda baliqchilik tashkilotlari suv havza yer uchastkalaridan samarali foydalanish boʻyicha innovatsion ishlanmalar va zamonaviy texnologiyalar ishlab chiqilishini nazarda tutuvchi ilmiy loyihalar kiritilishini taʼminlasin.
18. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3680-son qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasining aʼzolari boʻlgan baliqchilik fermer xoʻjaliklariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda baliqchiliq xoʻjaliklariga sunʼiy suv havza maydonlarida yetishtirilgan baliq hosildorligidan kelib chiqib, shuningdek, bu sohadagi ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda tabaqalashtirilgan yagona yer soligʻi stavkalarini qoʻllash boʻyicha taklif kiritsin.
20. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda:
dehqon bozorlari va aholi gavjum boʻlgan hududlarda baliq sotishni tashkil etish uchun akvariumlar oʻrnatilishi va ixtisoslashgan savdo nuqtalari tashkil etilishi boʻyicha manzilli dasturlarni tasdiqlasin;
baliqchilik sohasiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida investitsiya loyihalarining roʻyxatini puxta ishlab chiqib, xorijiy hamkorlarni jalb etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va “Ipoteka bank” ATIBga taqdim etsin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, boshqa vazirlik va idoralar “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasiga mazkur qaror va boshqa qonun hujjatlari bilan yuklatilgan vazifalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi uchun har tomonlama amaliy yordam koʻrsatsin.
23. Mamlakatda akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik vakolatxonalar, xorijiy turistlar, turli mamlakatlarning baliqchilik sohasi vakillari, ekspert va mutaxassislarni keng jalb qilgan holda 2019-yildan boshlab har yili noyabr oyida baliqchilikka oid koʻrgazma oʻtkazish amaliyoti joriy qilinsin.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari —
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri — S.Oʻ. Umurzakovga — hududlarning baliqchilikni rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun salohiyatli investorlarni izlash, baliqchilik sohasiga investitsiyalarni jalb qilish, jalb qilinayotgan mablagʻlarning oʻz vaqtida oʻzlashtirilishini taʼminlash, shuningdek, Komissiyaning samarali faoliyatini tashkil etish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlariga — qaror bilan tasdiqlangan prognoz parametrlarining ijrosini taʼminlash yuzasidan tumanlar va baliqchilik xoʻjaliklari kesimida manzilli chora-tadbirlar dasturlarini oʻz vaqtida ishlab chiqib, tasdiqlash va ularning ijrosi ustidan doimiy nazorat olib borish;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorovga — mazkur qarorda belgilangan budjetdan moliyalashtirish tadbirlari uchun mablagʻlarning oʻz vaqtida va toʻliq ajratilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Norqobilovga — mazkur qaror bilan tasdiqlangan prognoz koʻrsatgichlar ijrosi ustidan xoʻjaliklar kesimida monitoring tizimi oʻrnatilishi va ularning hisoboti yuritilishi, baliqchilik klasterlarining faoliyati tashkil etilishi hamda ularga har tomonlama yordam koʻrsatilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayevga — baliqchilik xoʻjaliklari bilan suvdan foydalanish boʻyicha shartnoma tuzilishi va ularga belgilangan suv miqdori kafolatli yetkazib berilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Kuchkarovga — tabiiy suv havzalarini baliqlantirish ishlari, baliq resurslari muhofaza qilinishi va ulardan oqilona foydalanilishi hamda baliq ovlash qoidalariga rioya etilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatish;
“Oʻzkimyosanoat” AJ raisi A.A. Abdullayevga — mineral oʻgʻit (ammofos)ning vegitativ mavsumda belgilangan miqdorda birja savdolariga chiqarilishi;
“Oʻzeltexsanoat” AK raisi A.A. Abdullayevga — baliqni intensiv usulda yetishtirish, ovlash va qayta ishlash uchun anjom, asbob-uskuna va mexanizmlarning respublikada ishlab chiqarilishini tashkil etish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
25. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi bilan birgalikda baliqchilik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borish tavsiya etilsin.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi “Baliqchilik tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2939-son qaroriga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar boʻyicha takliflar kiritsin:
tegishli ruxsati boʻlmay turib yoki taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda, taqiqlangan qurollar yoki usullar bilan baliq tutganlik, shuningdek, baliq tutishning boshqa qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni yanada kuchaytirish toʻgʻrisida;
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida.
28. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 6-noyabr,
PQ-4005-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-noyabrdagi PQ-4005-son qaroriga 1-ILOVA
2019-yilda baliq yetishtirish va ovlash
prognoz PARAMETRLARI
Hududlar Jami baliq yetishtirish va ovlash hajmi (tonna) Shundan Sunʼiy suv havzalarda Tabiiy havza va suv omborlarida Qafas (sadok) moslamasida Intensiv usulda kichik suv havzalarida Yopiq suv aylanma tizimi (UZV)da jami shundan ekstensiv yarim intensiv Qoraqalpogʻiston Respublikasi 15 000 5 250 4 200 1 050 8 000 300 850 600 Andijon viloyati 12 000 8 952 7 446 1 506 - - 2 548 500 Buxoro viloyati 9 100 4 085 3 695 390 3 365 450 600 600 Jizzax viloyati 9 910 8 040 7 200 840 250 750 570 300 Qashqadaryo viloyati 12 000 6 885 5 785 1 100 1 700 900 2 115 400 Navoiy viloyati 13 000 4 030 2 830 1 200 3 000 4 500 1 170 300 Namangan viloyati 15 000 8 955 6 195 2 760 300 1 500 3 645 600 Samarqand viloyati 12 000 3 905 2 639 1 266 1 100 1 245 5 410 340 Sirdaryo viloyati 19 500 18 490 16 810 1 680 600 - 110 300 Surxondaryo viloyati 7 000 3 497 3 005 492 753 900 1 000 850 Toshkent viloyati 21 500 16 860 15 072 1 788 300 1 200 1 540 1 600 Fargʻona viloyati 20 000 12 065 10 223 1 842 500 3 000 3 495 940 Xorazm viloyati 16 000 13 305 11 842 1 463 1 000 - 1 025 670 Aydar-Arnasoy koʻllari 19 490 - - - 17 330 2 160 - - Jami 201 500 114 319 96 942 17 377 38 198 16 905 24 078 8 000
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-noyabrdagi PQ-4005-son qaroriga 1a-ILOVA
2019-yilda baliq yetishtirish va ovlash
prognoz PARAMETRLARI
Hududlar Jami baliq yetishtirish va ovlash hajmi (tonna) Shundan Sunʼiy suv havzalarda Tabiiy havza va suv omborlarida Qafas (sadok) moslamasida Intensiv usulda kichik suv havzalarda Yopiq suv aylanma tizimi (UZV)da jami shundan ekstensiv yarim intensiv Respublika boʻyicha 201 500 114 319 96 942 17 377 38 198 16 905 24 078 8 000 Qoraqalpogʻiston Respublikasi 15 000 5 250 4 200 1 050 8 000 300 850 600 shundan Amudaryo tumani 567 499 499 18 50 Beruniy tumani 422 314 290 24 8 100 Kegeyli tumani 607 237 237 20 50 300 Qonlikoʻl tumani 267 217 211 6 50 Qoraoʻzak tumani 128 37 37 41 50 Qoʻngʻirot tumani 987 412 388 24 525 50 Moʻynoq tumani 6 990 355 355 6 585 50 Nukus tumani 1 153 750 696 54 3 100 300 Taxiatosh tumani 58 5 5 3 50 Taxtakoʻpir tumani 1 339 499 199 300 490 300 50 Toʻrtkoʻl tumani 1 133 1 028 416 612 55 50 Xoʻjayli tumani 220 166 166 4 50 Chimboy tumani 282 232 208 24 50 Shoʻmanay tumani 158 105 105 3 50 Ellikqalʼa tumani 689 394 388 6 245 50 Andijon viloyati 12 000 8 952 7 446 1 506 2548 500 shundan Andijon tumani 122 72 72 50 Asaka tumani 220 70 70 150 Baliqchi tumani 350 250 238 12 100 Boʻz tumani 124 116 92 24 8 Buloqboshi tumani 86 36 36 50 Jalolquduq tumani 206 56 56 150 Izboskan tumani 659 59 53 6 600 Qoʻrgʻontepa tumani 446 96 90 6 50 300 Marhamat tumani 600 50 50 400 150 Oltinkoʻl tumani 493 143 143 350 Paxtaobod tumani 72 22 22 50 Ulugʻnor tumani 8 120 7 620 6 174 1 446 500 Xoʻjaobod tumani 230 180 168 12 50 Shahrixon tumani 272 182 182 40 50 Buxoro viloyati 9 100 4 085 3 695 390 3 365 450 600 600 shundan Buxoro shahri 8 8 8 Buxoro tumani 1 184 834 684 150 200 150 Vobkent tumani 312 312 312 Gʻijduvon tumani 1 504 128 116 12 926 150 300 Jondor tumani 89 89 89 Kogon tumani 1078 628 598 30 300 150 Qorakoʻl tumani 1 090 474 432 42 476 90 50 Qorovulbozor tumani 684 190 160 30 404 90 Olot tumani 1 024 672 630 42 242 60 50 Peshku tumani 1 399 22 22 1 317 60 Romiton tumani 99 99 87 12 Shofirkon tumani 629 629 557 72 Jizzax viloyati 9 910 8 040 7 200 840 250 750 570 300 shundan Jizzax shahri 300 300 Arnasoy tumani 292 192 42 150 100 Baxmal tumani 19 19 19 Gʻallaorol tumani 416 39 39 77 300 Doʻstlik tumani 30 30 30 Zarbdor tumani 651 631 571 60 20 Zafarobod tumani 1 162 1 062 930 132 100 Zomin tumani 400 400 400 Mirzachoʻl tumani 142 142 130 12 Paxtakor tumani 61 61 49 12 Forish tumani 4 696 4 446 4 050 396 250 Sharof Rashidov tumani 1 741 1 018 940 78 173 450 100 Qashqadaryo viloyati 12 000 6 885 5 785 1 100 1 700 900 2 115 400 shundan Gʻuzor tumani 202 152 140 12 50 Dexqonobod tumani 54 4 4 50 Kasbi tumani 344 294 282 12 50 Kitob tumani 373 321 321 2 50 Koson tumani 533 483 471 12 50 Qamashi tumani 1 340 510 510 540 90 200 Qarshi tumani 2 240 1 775 1 125 650 65 400 Mirishkor tumani 1 939 179 167 12 710 300 750 Muborak tumani 560 510 510 50 Nishon tumani 2 128 1 050 690 360 428 450 200 Chiroqchi tumani 350 300 300 50 Shahrisabz tumani 572 522 480 42 50 Yakkabogʻ tumani 1 365 785 785 20 60 500 Navoiy viloyati 13 000 4 030 2 830 1 200 3 000 4 500 1 170 300 shundan Navoiy shahri 93 93 93 Zarafshon shahri 6 6 6 Karmana tumani 426 276 264 12 150 Konimex tumani 600 450 270 180 150 Qiziltepa tumani 9 392 1 292 920 372 3 000 4 500 300 300 Navbahor tumani 1 672 1 322 842 480 350 Nurota tumani 474 354 210 144 120 Tomdi tumani 3 3 3 Xatirchi tumani 334 234 222 12 100 Namangan viloyati 15 000 8 955 6 195 2 760 300 1 500 3 645 600 shundan Kosonsoy tumani 201 156 156 45 Mingbuloq tumani 3 582 2 682 2 088 594 900 Namangan tumani 616 391 265 126 225 Norin tumani 319 229 229 90 Pop tumani 6 710 4 275 2 265 2 010 50 75 1 710 600 Toʻraqoʻrgʻon tumani 147 102 90 12 45 Uychi tumani 379 334 334 45 Uchqoʻrgʻon tumani 625 400 400 225 Chortoq tumani 170 22 22 28 75 45 Chust tumani 1 927 347 329 18 215 1 275 90 Yangiqoʻrgʻon tumani 324 17 17 7 75 225 Samarqand viloyati 12 000 3 905 2 639 1 266 1 100 1 245 5 410 340 shundan Bulungʻur tumani 250 50 50 200 Jomboy tumani 638 138 132 6 500 Ishtixon tumani 1 481 316 310 6 70 495 600 Kattaqoʻrgʻon tumani 2 640 558 516 42 992 390 600 100 Qoʻshrobot tumani 243 43 43 200 Narpay tumani 406 106 100 6 300 Nurobod tumani 226 26 26 200 Oqdaryo tumani 567 227 179 48 300 40 Payariq tumani 1 835 1 208 440 768 27 600 Pastdargʻom tumani 1 377 677 437 240 600 100 Paxtachi tumani 469 269 239 30 200 Samarqand tumani 990 180 60 120 710 100 Tayloq tumani 250 50 50 200 Urgut tumani 628 57 57 11 360 200 Sirdaryo viloyati 19 500 18 490 16 810 1 680 600 110 300 shundan Guliston shahri 18 18 18 Shirin shahri 8 8 8 Yangiyer shahri 470 470 470 Boyovut tumani 1 484 1 476 1 380 96 8 Guliston tumani 294 264 240 24 0 30 Mirzaobod tumani 12 593 11 800 10 390 1 410 563 30 200 Oqoltin tumani 482 482 446 36 Sayxunobod tumani 1 298 1 131 1 095 36 17 50 100 Sardoba tumani 390 390 390 Sirdaryo tumani 1 668 1 656 1 620 36 12 Xovos tumani 795 795 753 42 Surxondaryo viloyati 7 000 3 497 3 005 492 753 900 1 000 850 shundan Angor tumani 396 396 396 Boysun tumani 85 82 82 3 Denov tumani 610 360 360 250 Jarqoʻrgʻon tumani 705 363 351 12 52 240 50 Qiziriq tumani 136 86 74 12 50 Qumqoʻrgʻon tumani 1 690 355 235 120 525 360 50 400 Muzrabot tumani 85 85 85 Oltinsoy tumani 71 60 60 11 Sariosiyo tumani 345 145 145 200 Termiz tumani 1 688 676 436 240 162 300 250 300 Uzun tumani 828 528 420 108 150 150 Sherabod tumani 170 170 170 Shoʻrchi tumani 191 191 191 Toshkent viloyati 21 500 16 860 15 072 1 788 300 1 200 1 540 1 600 shundan Bekobod tumani 906 831 807 24 45 30 Boʻka tumani 646 646 610 36 Boʻstonliq tumani 759 173 161 12 36 450 100 Zangiota tumani 1 024 1 024 784 240 Qibray tumani 233 232 208 24 1 Quyichirchiq tumani 10 369 8 169 7 071 1 098 1 000 1 200 Oqqoʻrgʻon tumani 1 189 1 189 1 105 84 Ohangaron tumani 578 533 533 0 45 Parkent tumani 4 3 3 0 1 Pskent tumani 901 836 764 72 65 Toshkent tumani 143 93 93 50 Oʻrtachirchiq tumani 2 051 730 688 42 171 750 150 250 Chinoz tumani 1 602 1 306 1 222 84 1 195 100 Yuqorichirchiq tumani 335 335 287 48 Yangiyoʻl tumani 760 760 736 24 Fargʻona viloyati 20 000 12 065 10 223 1 842 500 3 000 3 495 940 shundan Fargʻona shahri 181 106 94 12 75 Quvasoy shahri 85 35 23 12 50 Margʻilon shahri 600 600 Beshariq tumani 3 316 3 036 2 214 822 280 Bogʻdod tumani 1 156 1 126 1 072 54 30 Buvayda tumani 832 802 718 84 30 Dangʻara tumani 1 789 1 274 938 336 515 Yozyovon tumani 5 549 3 396 3 000 396 428 1 500 225 Quva tumani 896 143 125 18 48 450 215 40 Qoʻshtepa tumani 209 94 88 6 115 Oltiariq tumani 2 389 200 200 24 1 050 815 300 Rishton tumani 257 102 90 12 155 Soʻx tumani 102 2 2 100 Toshloq tumani 711 496 490 6 215 Oʻzbekiston tumani 283 68 68 215 Uchkoʻprik tumani 803 588 576 12 215 Fargʻona tumani 333 118 46 72 215 Furqat tumani 509 479 479 30 Xorazm viloyati 16 000 13 305 11 842 1 463 1 000 1 025 670 shundan Bogʻot tumani 908 824 791 33 34 50 Gurlan tumani 621 351 351 270 Qoʻshqoʻpir tumani 2 304 1 998 1 855 143 71 75 160 Urganch tumani 419 299 293 6 120 Xazorasp tumani 1 709 1 069 1 069 590 50 Xonqa tumani 298 298 298 Xiva tumani 3 104 2 112 1 832 280 72 800 120 Shovot tumani 919 904 904 15 Yangiariq tumani 5 589 5 321 4 320 1 001 218 50 Yangibozor tumani 129 129 129 Aydar-Arnasoy koʻllari 19 490 17 330 2 160
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-noyabrdagi PQ-4005-son qaroriga 2-ILOVA
2019-yilda baliq yetishtirish inshootlari va qurilmalarini barpo etishning
prognoz PARAMETRLARI
Hududlar Inkubatsiya sexlarini qurish Qafas (sadok) oʻrnatish Intensiv suv havzalar barpo etish Yopiq suv aylanma tizimini (UZV) qurish Intensiv usulda kichik suv havzalarida Yarim intensiv soni quvvati (mln dona) soni baliq yetishtirish (tonna) maydoni (ga) baliq yetishtirish (tonna) maydoni (ga) baliq yetishtirish (tonna) soni baliq yetishtirish (tonna) Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1 50 100 300 12 795 175 1 050 1 300 Andijon viloyati 1 50 - - 10 500 251 1 506 1 300 Buxoro viloyati 1 30 - - 8 400 65 390 1 300 Jizzax viloyati 1 50 50 150 2 100 140 840 - - Qashqadaryo viloyati 1 50 100 300 36 1 800 183 1 100 - - Navoiy viloyati 1 50 1 000 3 000 7 350 200 1 200 1 300 Namangan viloyati 1 50 130 390 71 3 195 460 2 760 2 600 Samarqand viloyati 1 50 100 300 41 4100 211 1 266 3 300 Sirdaryo viloyati - - - - 4 200 280 1 680 1 100 Surxondaryo viloyati 1 50 - - 12 600 82 492 2 550 Toshkent viloyati - - 50 150 20 1 000 298 1 788 4 1 200 Fargʻona viloyati - - 400 1 200 38 1 900 307 1 842 - - Xorazm viloyati - - - - 2 100 225 1 463 3 300 Aydar-Arnasoy koʻllari 1 100 1 000 2160 - - - - - - Jami 10 530 2 930 7 950 263 15 040 2877 17 377 19 3 700
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-noyabrdagi PQ-4005-son qaroriga 3-ILOVA
2019-yilda baliqchilik xoʻjaliklariga omuxta yem va mineral oʻgʻit (ammofos) yetkazib berishning
prognoz PARAMETRLARI
Hududlar 2019-yilda foydalaniladigan sunʼiy suv havzalari Sarf etiladigan omuxta yem (tonna) Shundan Sunʼiy suv havzalarida intensiv texnologiyalarda Qafas (sadok) moslamasida Intensiv usulda kichik suv havzalarda Yopiq suv aylanma tizimi (UZV) jami maydon (ga) sarf etiladigan mineral oʻgʻit (tonna) Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1 336 1 069 9 748 3 948 275 4 565 960 Andijon viloyati 3 036 2 429 16 921 6 848 0 9 273 800 Buxoro viloyati 1 621 1 297 5 967 3 837 990 660 480 Jizzax viloyati 3 283 2 626 10 932 7 520 1 540 1 232 640 Qashqadaryo viloyati 1 237 990 16 750 4 230 1 980 9 900 640 Navoiy viloyati 1 273 1 018 17 410 3 290 9 900 3 740 480 Namangan viloyati 2 301 1 841 23 450 6 580 2 970 13 420 480 Samarqand viloyati 1 647 1 318 18 070 4 230 1 980 11 220 640 Sirdaryo viloyati 7 004 5 603 20 106 15 886 0 3 740 480 Surxondaryo viloyati 1 220 976 8 240 2 820 1 980 2 640 800 Toshkent viloyati 6 341 5 072 25 310 15 510 2 640 5 720 1 440 Fargʻona viloyati 4 439 3 551 27 216 11 280 6 600 7 832 1 504 Xorazm viloyati 3 225 2 580 18 250 10 890 0 6 336 1 024 Aydar-Arnasoy koʻllari 350 280 4 752 - 4 752 - - Jami 38 313 30 650 223 122 96 869 35 607 80 278 10 368
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-noyabrdagi PQ-4005-son qaroriga 4-ILOVA
2019-yilda reproduktor hovuzlarni tashkil etish, baliq chavoqlari yetishtirish, baliq mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash quvvatlarini ishga tushirishning
prognoz PARAMETRLARI
Hududlar Reproduktor hovuzlar Chavoq yetishtirish (mln dona) Baliqni saqlash va qayta ishlash sexlari (muzlatkich, polufabrikat, tushka) barpo etish Mavjud 2019-yilda tashkil etiladi Jami shundan mavjud 2019-yilda tashkil etiladigan maydon (ga) quvvati (mln dona) maydon (ga) quvvati (mln dona) oʻsimlik-xoʻr karp soni quvvati (tonna) soni quvvati (tonna) Qoraqalpogʻiston Respublikasi 400 30 50,0 2,5 32,5 26 6,5 2 1 400 4 1 150 Andijon viloyati 527 26 50,0 2,5 28,5 22,8 5,7 2 350 3 2 500 Buxoro viloyati 149 7 50,0 2,5 9,5 7,6 1,9 4 790 1 500 Jizzax viloyati 278 17 50,0 2,5 19,5 15,6 3,9 2 750 2 600 Qashqadaryo viloyati 124 11 70,0 3,5 14,5 11,6 2,9 3 525 2 800 Navoiy viloyati 376 19 50,0 2,5 21,5 17,2 4,3 2 40 2 3 300 Namangan viloyati 257 24 60,0 3,0 27,0 21,6 5,4 1 20 1 400 Samarqand viloyati 173 21 55,0 2,7 23,7 18,96 4,7 1 30 1 520 Sirdaryo viloyati 365 21 40,0 2,0 23,0 18,4 4,6 4 2 500 2 1 000 Surxondaryo viloyati 83 17 100,0 5,0 22,0 17,6 4,4 - - 1 400 Toshkent viloyati 845 42 42,0 33,6 8,4 7 2 330 1 400 Fargʻona viloyati 176 9 80,0 4,0 13,0 10,4 2,6 1 300 1 300 Xorazm viloyati 417 30 30,0 1,5 31,5 25,2 6,3 2 1 100 6 1 575 Aydar-Arnasoy koʻllari 50 2,5 300,0 15,0 17,5 14 3,5 - - 1 500 Jami 4 220 276,5 985 49,2 325,7 260,6 65,1 31 10 135 28 13 945
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-noyabrdagi PQ-4005-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi “Baliqchilik tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2939-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-bandning birinchi xatboshisidagi “20 nafar” soʻzlari “28 nafar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
““Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasining ijro etuvchi apparati tashkiliy tuzilmasi
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 28 kishi.”.
