34-modda. Qonunchilik palatasining xalqaro aloqalari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida (522-II-son) · Sana: 29.08.2003 · Amalda
Qonunchilik palatasi boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan parlamentlararo hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar tuzishi, boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qoʻmitalar, ishchi guruhlar va boshqa tuzilmalar tashkil etishi, rasmiy parlament delegatsiyalari almashishi, shuningdek xalqaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan turli tadbirlar oʻtkazishi mumkin.
Boshqa davlatlarning parlamentlari rahbarlariga, davlatlar va hukumatlar boshliqlariga, parlament delegatsiyalarining rahbarlariga ularning iltimosiga binoan Qonunchilik palatasi majlisida soʻzga chiqish imkoniyati berilishi mumkin.
