338-modda. Qonunchilik palatasi deputatining saylov okrugidagi ishlarini tashkil etish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida (522-II-son) · Sana: 29.08.2003 · Amalda
Qonunchilik palatasining Kengashi Qonunchilik palatasi deputatining saylov okrugidagi ishlarini tashkil etish yuzasidan fraksiyalarning fikrlari va takliflarini inobatga olgan holda chora-tadbirlar koʻradi.
Qonunchilik palatasi deputati saylov okrugiga chiqishidan oldin fraksiya hamda Qonunchilik palatasi tomonidan hujjatlar, zarur axborot va maʼlumot materiallari bilan taʼminlanadi.
Qonunlarning ijrosi, davlat dasturlarini hamda siyosiy partiyalarning dasturiy maqsadlarini amalga oshirish yuzasidan aniq masalalarni ishlab chiqish uchun fraksiyalar zarur boʻlgan hollarda oʻz deputatlarining saylovchilar bilan saylov okruglaridagi ishlarini tashkil etadi.
Fraksiyalar deputatlarning saylov okruglaridagi ishlari yakunlarini umumlashtiradi, zarur boʻlgan hollarda dolzarb masalalarni Qonunchilik palatasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
