332-modda. Hukumat aʼzolarining Qonunchilik palatasi deputatlari savollariga javoblarini eshitish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida (522-II-son) · Sana: 29.08.2003 · Amalda
Qonunchilik palatasi, qoida tariqasida, bir oyda bir marta oʻz majlisida hukumat aʼzolarining Qonunchilik palatasi deputatlari savollariga javoblarini eshitadi (bundan buyon matnda “hukumat soati” deb yuritiladi).
“Hukumat soati”ni oʻtkazish jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri bilan kelishilgan holda Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan belgilanadi.
Qonunchilik palatasi deputatlarining hukumat aʼzolariga savollari Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan “hukumat soati”ni oʻtkazishdan kamida oʻn kun oldin Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi savollar roʻyxatidan kelib chiqqan holda “hukumat soati”da Qonunchilik palatasi deputatlarining savollariga javob beradigan hukumat aʼzolarini belgilaydi.
“Hukumat soati” yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasining qarori qabul qilinishi mumkin.
