26-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining urush holati, umumiy yoki qisman safarbarlik eʼlon qilish toʻgʻrisidagi, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish va tugatish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida (522-II-son) · Sana: 29.08.2003 · Amalda
Qonunchilik palatasi oʻzining koʻrib chiqishi uchun kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining urush holati eʼlon qilish toʻgʻrisidagi farmonini ushbu farmon kelib tushgan paytdan eʼtiboran 48 soatdan kechiktirmay, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik eʼlon qilish toʻgʻrisidagi, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish va tugatish toʻgʻrisidagi farmonlarini esa ular kelib tushgan paytdan eʼtiboran 72 soatdan kechiktirmay koʻrib chiqadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining urush holati, umumiy yoki qisman safarbarlik eʼlon qilish toʻgʻrisidagi, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish va tugatish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash haqidagi masala Qonunchilik palatasi qoʻmitalarida dastlabki tarzda muhokama qilinmasdan Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining urush holati, umumiy yoki qisman safarbarlik eʼlon qilish toʻgʻrisidagi, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish va tugatish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash masalasi yuzasidan qarorlari darhol Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
