“Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (1411-3-son)
26.10.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 26-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1411-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. Kuchkarov
Toshkent sh.,
2018-yil 22-oktabr,
135-son
Iqtisodiyot vaziri B. Xodjayev
Toshkent sh.,
2018-yil 22-oktabr,
32-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari B. Musayev
Toshkent sh.,
2018-yil 22-oktabr,
2018-67-son
Markaziy bank raisi M. Nurmuratov
Toshkent sh.,
2018-yil 22-oktabr,
257-V-3-son
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. Begalov
Toshkent sh.,
2018-yil 22-oktabr,
4-kk-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat statistika qoʻmitasining 2018-yil 22-oktabrdagi 135, 32, 2018-67, 257-V-3 va 4-qq-son qaroriga ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat statistika qoʻmitasining 2004-yil 2-sentabrdagi 98, 41, 2004-57, 257-V, 8-son “Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1411, 2004-yil 17-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 419-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat statistika qoʻmitasining 2013-yil 2-iyuldagi 65, 35, 2013-33, 13/2, 4mb-son “Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1411-1, 2013-yil 30-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 31-son, 417-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat statistika qoʻmitasining 2014-yil 31-dekabrdagi 92, 84, 2014-39, 257-V-2, 6-mb-son “Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 18-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1411-2, 2015-yil 12-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 2-son, 22-modda).
