Oʻzbekiston Respublikasi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining nomlarini tartibga solish toʻgʻrisida (1030-XII-son)
14.02.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi rayosatining
Qarori
Vazirliklar, idoralar, jamoat birlashmalari va fuqarolarning korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning nomlarini tartibga solish zarurligi toʻgʻrisidagi koʻplab murojaatlarini qarab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, manfaatdor vazirliklar va idoralarga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 3-sentabrdagi Qarori bilan tasdiqlangan amaldagi Nizomga muvofiq oʻz qaramogʻlaridagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning nomlarini yangi sharoitlarga mos kelmaydigan eskirgan tushunchalarni nomlardan istisno etuvchi qarorlar qabul qilish yoʻli bilan tartibga solish taklif qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisi vazifasini bajaruvchi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1994-yil 14-fevral,
1030-XII-son
