7-modda. Tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini tartibga soluvchi organ tomonidan tartibga solish usullarini qoʻllash toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish uchun asoslar
Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida (398-I-son) · Sana: 24.04.1997 · Amalda
Tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini tartibga soluvchi organ tomonidan muayyan tabiiy monopoliya subyektiga nisbatan tartibga solish usullarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror bu usullarning ishlab chiqarilayotgan (realizatsiya qilayotgan) tovarlar sifatini oshirish va ularga boʻlgan talabni qondirishdagi ragʻbatlantiruvchi roli hisobga olingan holda qabul qilinadi. Bunda xarajatlarning qanchalik asosli boʻlishi baholanadi va quyidagilar hisobga olinadi:
tovarlar ishlab chiqarish (realizatsiya qilish) xarajatlari;
soliqlar va boshqa toʻlovlar;
takror ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan investitsiyalarga ehtiyoj;
tovarlarni realizatsiya qilishdan kutilayotgan foyda;
turli guruh isteʼmolchilarning tovarlar ishlab chiqariladigan joydan olisligi;
ishlab chiqarilayotgan (realizatsiya qilinayotgan) tovarlar sifatining isteʼmolchilar talabiga muvofiqligi;
davlat dotatsiyalari va davlat yordamining boshqa choralari.
