1992-yilda geologiya-qidiruv ishlarini moliyaviy taʼminlash manbalarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida (120-son)
11.03.1992
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
Respublika mineral-xom ashyo bazasini takror ishlab chiqarishni va rivojlantirishni hamda yer osti boyliklarini geologik jihatdan oʻrganishni taʼminlovchi geologiya-qidiruv ishlarini moliyaviy taʼminlashni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1992-yilda Oʻzbekiston Respublikasi geologiya-qidiruv ishlari kon qazish korxonalarining mahsulotlariga va ishlab chiqarish-texnikaviy maqsadlar uchun ishlatiladigan yer osti suvlariga belgilangan toʻlov stavkalari boʻyicha ajratmalardan olinadigan budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga moliyaviy taʼminlashga oʻtkazilsin.
2. 1992-yilda respublikada qazib chiqariladigan, sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarish-texnikaviy maqsadlar uchun olinadigan barcha qazilma boyliklar va yer osti suvlari uchun geologiya-qidiruv ishlarining xarajatlari stavkalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Korxonalarning chiqindilardan (yaroqsiz qazilmalar, qoldiq jinslar va boshqalardan), oʻz xarajatlari hisobiga qidirib topilgan konlardan olingan mahsulotlari, shuningdek, aholini, qishloq xoʻjaligini suv bilan taʼminlash va kommunal-maishiy maqsadlar uchun chiqarib olinadigan yer osti suvlari geologiya-qidiruv ishlari xarajatlarini qoplash stavkalari boʻyicha ajratmalardan ozod etilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
geologiya-qidiruv ishlarini moliyaviy taʼminlash mablagʻlarini shakllantirish uchun Oʻzbekiston sanoat-qurilish bankida “Mineral-xom ashyo bazasini takror ishlab chiqarish” fondining budjetdan tashqari maxsus hisobini ochsin;
1992-yilning 15-martiga qadar Oʻzbekiston Respublikasining Taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi bilan birgalikda budjetdan tashqari fondni tashkil qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
sanoatning qazib chiqaruvchi tarmoqlari birlashmalari, konsernlari va korxonalarining taqdimnomasi boʻyicha koʻmir, neft, kondensat, tabiiy gaz, oltinlarning cheklangan ulgurji narxlarini, geologiya-qidiruv ishlarining xarajatlarini mazkur qaror bilan tasdiqlangan stavkalarini hisobga olgan holda, koʻrib chiqsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarish-texnikaviy maqsadlar uchun foydali qazilmalarni qazib chiqaruvchi va yer osti suvlarini chiqarib oluvchi vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar;
har oyning 15-kuniga qadar mineral-xom ashyodan ishlab chiqarilgan mahsulot, ishlab chiqarish-texnikaviy maqsadlar uchun yer ostidan chiqarib olingan suv hajmlariga muvofiq ravishda “Mineral-xom ashyo bazasini takror ishlab chiqarish hisobiga mablagʻ oʻtkazsinlar;
mineral-xom ashyodan tayyorlangan mahsulotga va yer osti suvlariga belgilanadigan narxlarni ishlab chiqishda geologiya-qidiruv ishlari xarajatlarini qoplash stavkalarini hisobga olsinlar;
Oʻzbekiston Respublikasining taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kelgusi yil uchun geologiya-qidiruv ishlari xarajatlarini qoplash stavkalari boʻyicha ajratmalarning hisoblangan summalarini har yili maʼlum qilib tursinlar.
6. Korxonalar tomonidan ish haqi stavkalar boʻyicha berib boʻlingandan va budjetga ajratma oʻtkazilgandan soʻng ajratmalarni oʻtkazishning birinchi navbatdagi tartibi belgilab qoʻyilsin; korxonalar va tashkilotlar tomonidan geologiya-qidiruv ishlari xarajatlarini qoplash stavkalari boʻyicha toʻlovlar belgilangan muddatlarda oʻtkazilmagan hollarda tegishli mablagʻlar soliq organlari orqali qatʼiy tartibda undirib olinadi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat bosh soliq boshqarmasi “Mineral-xom ashyo bazasini takror ishlab chiqarish” hisobiga qazib chiqaruvchi korxonalardan ajratmalarning kelib tushishini nazorat qilishni taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasining taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Shartnomalar va savdo boʻyicha davlat-aksionerlik uyushmasi 1992-yildan boshlab, belgilangan tartibga muvofiq, geologiya tarmogʻiga hukumatlar oʻrtasidagi bitimlar va shartnomalarning ilovalariga kirgan moddiy-texnika resurslarini (birkitilgan nomenklatura boʻyicha) ajratishni koʻzda tutsinlar.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 11-mart,
120-son
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 11-martdagi 120-son qaroriga ILOVA
1992-yilda Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha geologiya-qidiruv ishlariga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun qazib oluvchi korxonalar mahsulotlarining qiymatidan ajratmalar
STAVKALARI
Eslatma. 1992-yilning yanvar va fevral oylari uchun ajratmalar qazib chiqaruvchi korxonalar bilan 1991-yilning dekabr oyida kelishilgan, qazib olingan foydali qazilmalar birligiga toʻgʻri keladigan, soʻmlarda hisoblangan stavkalar boʻyicha amalga oshiriladi.
