Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini taʼminlashni ragʻbatlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-iyundagi PQ-3782-son qarori) (840-son)
20.10.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini taʼminlashni ragʻbatlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-iyundagi PQ-3782-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 20-oktabr,
840-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 840-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-yil., 41-son, 506-modda) bilan tasdiqlangan “Davlat mulki obyektlarini xaridor tomonidan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilinishi sharti bilan “nul” xarid qiymati boʻyicha sotish tartibi toʻgʻrisidagi” nizom 29-bandining toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Investitsiya majburiyatlari miqdori boʻyicha ham va ijtimoiy majburiyatlar boʻyicha ham ikkita va undan koʻp tanlov takliflari teng boʻlgan taqdirda “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini taʼminlashni ragʻbatlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-iyundagi PQ-3782-son qaroriga muvofiq, alohida toifaga kiritilgan tadbirkorlik subyekti ustun huquqqa ega boʻladi, u boʻlmagan taqdirda esa — taklifini oldin hududiy tanlov komissiyasi roʻyxatdan oʻtkazgan qatnashchi gʻolib deb eʼtirof etiladi.”
