Navoiy shahri va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi tashkil topganligining 60 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida (833-son)
18.10.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mamlakat iqtisodiyotida muhim oʻrin tutuvchi Navoiy shahri va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi tashkil topganligining 60 yilligini keng miqyosda nishonlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Navoiy viloyati hokimligi va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi maʼmuriyatining 2018-yil oktyabr-noyabr oylarida Navoiy shahri va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi tashkil topganligining 60 yilligini keng nishonlash (keyingi oʻrinlarda tadbir deb ataladi) toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Quyidagilar:
Navoiy shahri va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi tashkil topganligining 60 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Navoiy shahri va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi tashkil topganligining 60 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Navoiy shahri va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi tashkil topganligining 60 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
tadbirga bagʻishlangan bayram tantanalariga yuqori darajada tayyorgarlik koʻrish va yuksak saviyada oʻtkazish;
2018-yil noyabr oyida kon-metallurgiya sohasini innovatsion rivojlantirish istiqbollariga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil qilish;
tadbirning moliyalashtirish manbalarini aniqlashtirish va ularning maqsadli sarflanishini nazorat qilish. Bunda tadbirni “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi, Navoiy viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari va homiylik xayriyalari hisobidan amalga oshirilishi nazarda tutilsin.
4. Navoiy viloyati hokimligi Navoiy shahar hokimligi va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Navoiy shahri va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining tashkil topishi va rivojlanishiga munosib hissa qoʻshgan fuqarolarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Administratsiyasiga kiritsin.
5. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga tadbirni keng yoritish tavsiya etilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 18-oktabr,
833-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-oktabrdagi 833-son qaroriga 1-ILOVA
Navoiy shahri va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi tashkil topganligining 60 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
TARKIBI
1. A. Aripov — Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, tashkiliy qoʻmita raisi 2. A. Sultanov — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari 3. F. Maxmudov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari (kelishilgan holda) 4. Q. Tursunov — Navoiy viloyati hokimi 5. Q. Sanaqulov — “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bosh direktori 6. A. Xaydarov — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari 7. B. Asadov — Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari 8. D. Nazarmuxamedov — Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari 9. M. �azarov — Navoiy shahar hokimi 10. L. Tangriyev — Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori 11. A. Xodjayev — Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi v.b. 12. A. Kuchimov — Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori
Izoh. Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-oktabrdagi 833-son qaroriga 2-ILOVA
Navoiy shahri va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi tashkil topganligining 60 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha
ChORA-TADBIRLAR REJASI
T/r Tadbir nomi Muddati Ijro uchun masʼullar 1. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi va Navoiy shahri haqida telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar tashkil etish va ommaviy axborot vositalarida yoritish. 2018-yil oktyabr — dekabr Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi 2. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi tashkil topganligining 60 yilligiga bagʻishlangan kitob-albom nashr etish. 2018-yil oktyabr “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi 3. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi va Navoiy shahrining tarixi va mustaqillik yillaridagi rivojlanishi haqida publitsistik ocherk va maqolalar toʻplamini nashr etish. 2018-yil oktyabr “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat kor�onasi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi 4. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi va Navoiy shahrining tarixi, bugungi rivojlanish bosqichlari haqida hujjatli film yaratish. 2018-yil oktyabr “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi, Navoiy viloyati hokimligi, Navoiy shahar hokimligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 5. “Oʻzbekiston konchilik xabarnomasi” jurnali va “Doʻstlik bayrogʻi”, “Znamya drujbi”, “Konchilar hayoti”, “Navoiy ziyosi” gazetalarining Navoiy shahri va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi tashkil topganligining 60 yilligiga bagʻishlangan maxsus sonini tayyorlash va chop ettirish. 2018-yil oktyabr Navoiy viloyati hokimligi, Navoiy shahar hokimligi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi 6. Navoiy shahri va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi tashkil topganligining 60 yilligiga bagʻishlangan bayram tantanalariga MDH davlatlarida istiqomat qilayotgan mehnat faxriylarini taklif etish. 2018-yil oktyabr Navoiy viloyati hokimligi, Navoiy shahar hokimligi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi 7. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining xorijiy hamkor kompaniyalari vakillarini bayram tadbirlariga taklif etish. 2018-yil oktyabr “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi, Tashqi ishlar vazirligi 8. Navoiy shahri va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi 60 yilligi munosabati bilan xorijiy va respublika ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun Media tur va matbuot anjumanini tashkil etish. 2018-yil oktyabr Navoiy viloyati hokimligi, Navoiy shahar hokimligi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi 9. Navoiy shahri va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi 60 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri ishtirokchilari uchun esdalik sovgʻalarini tayyorlash va topshirish. 2018-yil oktyabr Navoiy viloyati hokimligi, Navoiy shahar hokimligi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi 10. “Kon-metallurgiya sohasini innovatsion rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazish. 2018-yil noyabr “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 11. Navoiy shahri va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi tashkil topganligining 60 yilligiga bagʻishlangan bayram tantanalarini oʻtkazish: “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasiga qarashli “Farxod” madaniyat saroyida tantanali yigʻilish oʻtkazish va mazkur madaniyat saroyi hamda Navoiy viloyatining ijodiy jamoalari ishtirokida konsert dasturlarini tashkil qilish; Navoiy shahridagi Alisher Navoiy nomidagi istirohat bogʻida xalq sayillarini tashkil etish. 2018-yil noyabr Navoiy viloyati hokimligi, Navoiy shahar hokimligi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi, Madaniyat vazirligi
