Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston SSJ hududida ov qilish va ovchilik-baliq ovlash xoʻjaligini yuritish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1991-yil 10 -apreldagi 95-son qaroriga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida (111-son)
09.03.1992
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 10-apreldagi 95-son qaroriga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
qaror nomidagi va matnidagi “Oʻzbekiston SSJ” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ov qilish va ovchilik-baliq ovlash xoʻjaligini yuritish toʻgʻrisidagi Nizomning 1 va 3-ilovalari yangi tahrirda bayon qilinsin (ilova qilinadi).
Belgilab qoʻyilsinki, baliq ovlashga litsenziya uchun mazkur qaror bilan joriy etilayotgan toʻlov (1-ilova) “Oʻzbaliq” konsernining baliq zaxiralarini tiklash va baliq ovlash bilan shugʻullanuvchi korxonalariga taalluqli emas.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 9-mart,
111-son
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ov qilish va ovchilik-baliq ovlash xoʻjaligini yuritish toʻgʻrisidagi Nizomga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yovvoyi hayvonlarni ovlashga beriladigan litsenziyalar (ruxsatnomalar)ning
QIYMATI
Izoh:
belgilangan normada baliq ovlash uchun yoʻllanma qiymati — 1 soʻm;
birinchi katakda — belgilangan normadan ortiq ushlangan (ammo koʻpi bilan 5 kg) har 1 kg baliq uchun, shuningdek, ovchilar va baliqchilar jamiyatlarining aʼzosi boʻlmagan baliqchi ushlagan 1 kg (ammo belgilangan normadan koʻp boʻlmagan) baliq uchun;
ikkinchi katakda 1 tonna baliqning narxi;
uchinchi katakda 1 ta baliqning narxi koʻrsatilgan.
Sport-xavaskorlik maqsadida, baliq ovlashda 16 yoshgacha boʻlgan bolalar, urush qatnashchilari, urush va mehnat nogironlari haq toʻlashdan ozod qilinadilar.
Odamlarda va hayvonlarda uchraydigan xavfli kasalliklarni tarqatuvchi hayvonlar — qishloq, oʻrmon va ovchilik xoʻjaligi zararkunandalari haq toʻlanmasdan ovlanadi (tegishli tashkilotlar beradigan roʻyxatga muvofiq).
Oʻrganish yoki iqlimlashtirish maqsadida Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni; ovlashga beriladigan litsenziyalar (ruxsatnomalarning qiymati dastlabki qiymatidan 5 baravar kam boʻladi.
Hayvonlarni, ularning qismlarini yoki hayoti faoliyati mahsulotlarini eksportga yetkazib berish maqsadida yovvoyi hayvonlarni ovlashga ruxsatnoma bepul beriladi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi huzuridagi davlat biologik nazorati bilan yetkazib beruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq keyinchalik valyutada hisob-kitob qilinadi.
Hayvonlarning ovlanadigan turlarini ovlash uchun ruxsatnomalar (litsenziyalar) yovvoyi hayvonlar sonini, ovchilik xoʻjaligining yovvoyi hayvonlarni koʻpaytirishdagi va qoʻriqlashdagi ishtirokini hisobga olgan holda shartnoma narxlarida berilishi mumkin.
Yovvoyi hayvonlar hayot faoliyati mahsulotlari (zaharlar va boshqalar), shoxlar, moʻynali hayvonlarning terilari respublika tashqarisida Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi huzuridagi davlat biologik nazoratning ruxsatnomalari bilangina sotiladi.
Pitomniklarda oʻstirilgan hayvonlarni ovlash uchun ruxsatnomalar qiymati ishlab chiqaruvchilar bilan kelishuv boʻyicha belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ov qilish va ovchilik-baliq ovlash xoʻjaligini yuritish toʻgʻrisidagi Nizomga 3-ILOVA
Noqonuniy ov qilish va baliq ovlash tufayli yetkazilgan zararni undirib olish miqdorini hisoblash uchun
QATʼIY NARXLAR
Izoh:
yirik baliq turlarining uvildirigʻini noqonuniy ravishda tayyorlash tufayli yetkazilgan zarar uchun bu xil baliq uchun (1 kg uchun) undiriladigan pulning uch baravari miqdorida pul undiriladi;
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan yetkazilgan zarar Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi huzuridagi davlat biologik nazorat tasdiqlagan yoʻriqnoma bilan aniqlanadi.
Yovvoyi hayvonlarning maqomi oʻzgargan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi huzuridagi davlat biologik nazoratga yovvoyi hayvonlarni noqonuniy ovlaganlik uchun undiriladigan pulning miqdorini aniqlash huquqi beriladi.
