36-modda. Bojxona organlari xodimlarining javobgarligi
“Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-502-son) · Sana: 18.10.2018 · Amalda
Bojxona organi xodimi gʻayriqonuniy xatti-harakatlari yoki harakatsizligi, shuningdek xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi uchun qonunga muvofiq javobgar boʻladi.
Bojxona organi xodimining gʻayriqonuniy xatti-harakatlari yoki harakatsizligi tufayli jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning oʻrni bojxona organlari tomonidan budjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxsdan undirib olinadi.
Bojxona organlari xodimlari xizmat intizomini buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Bojxona organlarining intizomiy ustaviga muvofiq javobgar boʻladi.
Bojxona organi xodimining harakatlari yoki harakatsizligi oʻzining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga sabab boʻldi deb hisoblovchi jismoniy yoki yuridik shaxs ushbu harakatlar yoki harakatsizlik ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud sudga shikoyat qilishga haqli.
