34-modda. Bojxona organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika taʼminoti
“Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-502-son) · Sana: 18.10.2018 · Amalda
Bojxona organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Bojxona organlari xodimlari bepul formali kiyim-bosh bilan taʼminlanadi. Ashyoviy taʼminot normalari, shuningdek formali kiyim-boshni kiyish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Bojxona organlarida budjetdan tashqari jamgʻarma tashkil etilishi mumkin.
Bojxona organlarining xodimlari xizmat majburiyatlarini bajarishda maxsus transport vositalaridan, shu jumladan bojxona organlariga tegishlilikni bildiruvchi maxsus yorugʻlik signallariga va tovushli signallarga, boʻyoqli rangli grafik sxemaga ega boʻlgan transport vositalaridan, shuningdek boshqa maxsus vositalardan foydalanadi.
Bojxona organlarining moddiy-texnika va transport taʼminotidan foydalanishi tartibi, shuningdek ularning normalari hamda limitlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
