Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-3974-son)
16.10.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Respublikada meva-sabzavotchilik tarmogʻini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va samarali amalga oshirish hamda qishloq xoʻjaligi korxonalarining moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida” 2017-yil 2-martdagi PQ-2813-son qarori ijrosi doirasida:
Oʻzbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida 154,0 mln. AQSH dollari miqdoridagi “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) 2017 — 2021-yillarda amalga oshirishga moʻljallangan Qarz bitimi imzolangani;
oʻtgan ikki yil davomida 151,0 mln. AQSH dollari miqdoridagi kredit liniyalari uchun ajratilgan mablagʻlar toʻliq oʻzlashtirilgan, shuningdek, loyihani boshqarish va monitoring qilish uchun 3,0 mln. AQSH dollari ajratilgani;
ajratilgan mablagʻlar hisobidan 161 ta fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan: 137 gektar maydonda tomchilatib sugʻorish tizimlari hamda zamonaviy issiqxonalarni joriy etish bilan 3370 gektar maydonda intensiv bogʻlar; 67 ming tonna sigʻimga ega boʻlgan 58 ta sovutish omborlari, yillik quvvati 121 ming tonnaga teng boʻlgan 28 ta qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash liniyalari hamda 3500 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratilgani;
Osiyo taraqqiyot banki Direktorlar kengashining 2018-yil 14-iyunda qoʻshimcha 198,0 mln. AQSH dollari miqdorida loyihani qoʻshimcha moliyalashtirish uchun, 5 yil imtiyozli davrni hisobga olgan holda, toʻlash muddati 25 yil boʻlgan qarzni Oʻzbekiston Respublikasiga taqdim etilishini maʼqullagani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
“Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish” loyihasining tuzatish kiritilgan texnik-iqtisodiy asoslari asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari bilan birga 1-ilovaga muvofiq;
“Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish” loyihasini qoʻshimcha moliyalashtirish doirasida ajratiladigan Osiyo taraqqiyot banki qarziga xizmat koʻrsatish sxemasi 2-ilovaga muvofiq;
“Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish” loyihasini qoʻshimcha moliyalashtirish doirasida Osiyo taraqqiyot bankining qarzini uzish, ular boʻyicha foizlar va komissiyalar toʻlash prognoz jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish” loyihasini qoʻshimcha moliyalashtirish boʻyicha qarz bitimini Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolash vakolati berilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish” loyihasini qoʻshimcha moliyalashtirish yuzasidan qarz bitimi boʻyicha belgilangan tartibda huquqiy xulosa bersin.
5. Quyidagilarga:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga — Osiyo taraqqiyot banki qarziga mablagʻlarni oʻz vaqtida ajratishni va unga tegishli ravishda xizmat koʻrsatishni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmurodov zimmasiga — Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablagʻlarini oʻz vaqtida va samarali oʻzlashtirilishini taʼminlash boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlari S.R. Xolmurodov va J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi G.K. Saidova zimmalariga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 16-oktabr,
PQ-3974-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi PQ-3974-son qaroriga 1-ILOVA
“Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish” loyihasiga tuzatish kiritilgan texnik-iqtisodiy asoslarining asosiy koʻrsatkichlari
T/r Koʻrsatkichlar nomi Oʻlchov birligi Jami Shu jumladan: OTB krediti Oʻzbekiston Respublikasi ulushi Benefitsirlar mablagʻlari 1. Loyihaning umumiy qiymati * ekv. ming AQSH doll. 556 835,86 352 000,00 88 502,53 116 333,33 2. Jami kapital qoʻyilmalar ekv. ming AQSH doll. 486 686,66 352 000,0 18 353,33 116 333,33 Shu jumladan: 2.1 tijorat banklari orqali ming AQSH doll. 349 000,00 349 000,00 EMV da kredit liniyalari ming AQSH doll. 349 000,00 349 000,00 2.2 benefitsiarlar mablagʻi ekv. ming AQSH doll. 116 333,33 116 333,33 milliy valyutada ekv. ming AQSH doll. 116 333,33 116 333,33 2.3 boshqa xarajatlar ming AQSH doll. 3 000,00 3 000,00 EMV ming AQSH doll. 3 000,00 3 000,00 2.4 Investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar ekv. ming AQSH doll. 18 353,33 18 353,33 3. Soliq va bojxona imtiyozlari ekv. ming AQSH doll. 70 149,20 70 149,20 4. Loyihani amalga oshirishga jalb etilgan mavjud asosiy fondlar qiymati ekv. ming AQSH doll. Loyihani amalga oshirishga jalb etilgan mavjud asosiy fondlar mavjud emas 5. Loyihani qoplashning hisob-kitob qilish muddati yil 7 6. Investitsiya davrining davomiyligi oy 60 7. Yaratiladigan ishlab chiqarish fondlarining qiymati ekv. ming AQSH doll. 465 333 8. Qarzni qaytarish muddati yil 25 9. Shu jumladan imtiyozli muddat yil 5
* Yakuniy qiymat koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari tayyorlash, tovarlarni (ish va xizmatlar) yetkazib berishga tender savdolari natijalariga koʻra aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi PQ-3974-son qaroriga 2-ILOVA
“Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish” loyihasini qoʻshimcha moliyalashtirish doirasida ajratiladigan Osiyo taraqqiyot banki qarziga xizmat koʻrsatish
sxemasi
T/r Tadbirlar nomi Jami Qarzning toʻlanishi Qarzni toʻlash usuli qarz summasi davlat budjetidan loyiha ishtirokchilari tomonidan summa % summa % summa % 1. Tijorat banklari uchun kredit liniyasi 198 000,00 100 198 000,00 100 Xizmat koʻrsatish ishtirok etadigan tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi Jami 198 000,00 100 198 000,00 100
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi PQ-3974-son qaroriga 3-ILOVA
“Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish” loyihasiga jalb etiladigan qoʻshimcha moliyalashtirish doirasida Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablagʻlarini soʻndirish va foiz toʻlovlarini amalga oshirish
prognoz grafigi
Qarz summasi, ming AQSH doll. 198 000,0 Qaytarish muddati 25 yil Imtiyozli davr 5 yil Qarz boʻyicha foiz stavkasi 2% ming AQSH dollari Toʻlov sanalari Foiz toʻlovlari Asosiy qarzni qaytarilishi Jami toʻlovlar 15-dekabr 2018-y. - - - 15-iyun 2019-y. 99,00 99,00 15-dekabr 2019-y. 495,00 495,00 15-iyun 2020-y. 891,00 891,00 15-dekabr 2020-y. 1 237,50 1 237,50 15-iyun 2021-y. 1 584,00 1 584,00 15-dekabr 2021-y. 1 782,00 1 782,00 15-iyun 2022-y. 1 980,00 1 980,00 15-dekabr 2022-y. 1 980,00 1 980,00 15-iyun 2023-y. 1 980,00 4 950,00 6 930,00 15-dekabr 2023-y. 1 931,00 4 950,00 6 881,00 15-iyun 2024-y. 1 881,00 4 950,00 6 831,00 15-dekabr 2024-y. 1 832,00 4 950,00 6 782,00 15-iyun 2025-y. 1 782,00 4 950,00 6 732,00 15-dekabr 2025-y. 1 733,00 4 950,00 6 683,00 15-iyun 2026-y. 1 683,00 4 950,00 6 633,00 15-dekabr 2026-y. 1 634,00 4 950,00 6 584,00 15-iyun 2027-y. 1 584,00 4 950,00 6 534,00 15-dekabr 2027-y. 1 535,00 4 950,00 6 485,00 15-iyun 2028-y. 1 485,00 4 950,00 6 435,00 15-dekabr 2028-y. 1 436,00 4 950,00 6 386,00 15-iyun 2029-y. 1 386,00 4 950,00 6 336,00 15-dekabr 2029-y. 1 337,00 4 950,00 6 287,00 15-iyun 2030-y. 1 287,00 4 950,00 6 237,00 15-dekabr 2030-y. 1 238,00 4 950,00 6 188,00 15-iyun 2031-y. 1 188,00 4 950,00 6 138,00 15-dekabr 2031-y. 1 139,00 4 950,00 6 089,00 15-iyun 2032-y. 1 089,00 4 950,00 6 039,00 15-dekabr 2032-y. 1 040,00 4 950,00 5 990,00 15-iyun 2033-y. 990,00 4 950,00 5 940,00 15-dekabr 2033-y. 941,00 4 950,00 5 891,00 15-iyun 2034-y. 891,00 4 950,00 5 841,00 15-dekabr 2034-y. 842,00 4 950,00 5 792,00 15-iyun 2035-y. 792,00 4 950,00 5 742,00 15-dekabr 2035-y. 743,00 4 950,00 5 693,00 15-iyun 2036-y. 693,00 4 950,00 5 643,00 15-dekabr 2036-y. 644,00 4 950,00 5 594,00 15-iyun 2037-y. 594,00 4 950,00 5 544,00 15-dekabr 2037-y. 545,00 4 950,00 5 495,00 15-iyun 2038-y. 495,00 4 950,00 5 445,00 15-dekabr 2038-y. 446,00 4 950,00 5 396,00 15-iyun 2039-y. 396,00 4 950,00 5 346,00 15-dekabr 2039-y. 347,00 4 950,00 5 297,00 15-iyun 2040-y. 297,00 4 950,00 5 247,00 15-dekabr 2040-y. 248,00 4 950,00 5 198,00 15-iyun 2041-y. 198,00 4 950,00 5 148,00 15-dekabr 2041-y. 149,00 4 950,00 5 099,00 15-iyun 2042-y. 99,00 4 950,00 5 049,00 15-dekabr 2042-y. 50,00 4 950,00 5 000,00 50 648,50 198 000,00 248 648,50
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi PQ-3974-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida”gi 2017-yil 2-martdagi PQ-2813-son qarorining rus tilidagi matnida:
a) 2-bandda:
uchinchi xatboshidagi “Ministerstvo selskogo i vodnogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan” soʻzlari “Agentstvo po realizatsii proyektov v oblasti agropromishlennogo kompleksa i prodovolstvennogo obespecheniya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
b) 3-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
v) 6-bandning uchinchi xatboshisidagi “Agentstvom po restrukturizatsii selskoxozyaystvennix predpriyatiy pri Ministerstve selskogo i vodnogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan” soʻzlari “Agentstvom po realizatsii proyektov v oblasti agropromishlennogo kompleksa i prodovolstvennogo obespecheniya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 9 va 10-bandlardagi “Ministerstva selskogo i vodnogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan” soʻzlari “Agentstva po realizatsii proyektov v oblasti agropromishlennogo kompleksa i prodovolstvennogo obespecheniya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
2. Oʻzbekiston Respulikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2016-yil 29-noyabrdagi PQ-2663-son qarori rus tilidagi matnining 2-bandida:
toʻrtinchi xatboshidan “v inostrannoy valyute” soʻzlari chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshidagi “osushestvlyayutsya tolko v svobodno konvertiruyemoy valyute” soʻzlari “mogut osushestvlyatsya kak v inostrannoy, tak i v natsionalnoy valyute” soʻzlari bilan almashtirilsin.
