6-modda. Xususiy bandlik agentligining firma nomi va muhri
Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida (O‘RQ-501-son) · Sana: 16.10.2018 · Amalda
Xususiy bandlik agentligi firma nomiga ega boʻlishi va bu nomda “Xususiy bandlik agentligi” degan soʻzlar boʻlishi kerak.
“Xususiy bandlik agentligi” degan firma nomidan faqat ushbu Qonun qoidalariga muvofiq foydalanilishi mumkin. Ushbu Qonun 3-moddasining talablariga javob bermaydigan yuridik shaxslar oʻz nomida “Xususiy bandlik agentligi” degan soʻz birikmasidan va uning asosida hosil qilingan soʻz birikmasidan foydalanishga haqli emas.
Xususiy bandlik agentligi oʻzining davlat tilidagi toʻliq firma nomi va oʻz joylashgan yeri koʻrsatilgan muhrga ega boʻlishi kerak. Muhrda firma nomi bir vaqtning oʻzida boshqa tilda ham koʻrsatilishi mumkin.
Xususiy bandlik agentligi oʻz nomi boʻlgan shtamplar, blankalarga va oʻzining emblemasiga ega boʻlishga haqli.
