27-modda. Xususiy bandlik agentliklarini davlat tomonidan ragʻbatlantirish
Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida (O‘RQ-501-son) · Sana: 16.10.2018 · Amalda
Xususiy bandlik agentliklarini davlat tomonidan ragʻbatlantirish quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
aholini ishga joylashtirish va uning bandligi sohasidagi dasturlar hamda loyihalarni amalga oshirishda ularning ishtirokini kengaytirish boʻyicha choralar koʻrish;
ularning samarali faoliyati uchun zarur boʻlgan huquqiy, iqtisodiy, statistik, ishlab chiqarish-texnologik, ilmiy-texnikaviy va boshqa axborot bilan taʼminlash;
ishga joylashtirish sohasida soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlar va tariflar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar belgilash;
xususiy bandlik agentliklari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda koʻmaklashish.
Xususiy bandlik agentliklarini davlat tomonidan ragʻbatlantirish qonunchilikka muvofiq boshqa usullarda ham amalga oshirilishi mumkin.
