18-modda. Ish beruvchilarning va ish qidirayotgan shaxslarning huquqlari
Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida (O‘RQ-501-son) · Sana: 16.10.2018 · Amalda
Ish beruvchilar va ish qidirayotgan shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirishga, ish beruvchilar uchun kadrlar tanlashga koʻmaklashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish, shuningdek ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma bajarilishining borishi haqida xususiy bandlik agentligidan axborot olish;
xususiy bandlik agentligi tomonidan shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda, xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaning bekor qilinishini talab qilish;
xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma xususiy bandlik agentligining aybi bilan bekor qilinganligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini va maʼnaviy ziyon kompensatsiya qilinishini talab qilish;
oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda tegishli davlat organlariga, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarga, xususiy bandlik agentliklarining birlashmalariga yoki sudga murojaat qilish.
