151-modda. Xususiy bandlik agentligining Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha chet ellik ish beruvchi va (yoki) chet ellik sherik bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi shartnoma
Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida (O‘RQ-501-son) · Sana: 16.10.2018 · Amalda
Xususiy bandlik agentligi Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun chet ellik ish beruvchi va (yoki) chet ellik sherik bilan hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma tuzadi.
Xususiy bandlik agentligining Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha chet ellik ish beruvchi va (yoki) chet ellik sherik bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi shartnoma yozma shaklda tuziladi hamda quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish shartlarini (kasb yoki mutaxassislik turi, mehnatga haq toʻlash miqdori, ajratilgan kvotalar soni, ish vaqtining davomiyligi, ish joyigacha va ish joyidan transportda tashish, ishidan mahrum boʻlgan taqdirda ijtimoiy himoya qilish, sanitariya-gigiyena tadbirlarini hamda tibbiyotga oid boshqa tadbirlarni tashkil etish, mehnat va dam olishni muhofaza qilish, ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi yuzaga kelgan taqdirda kompensatsiya olish tartibi va boshqa shartlar);
taraflarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, shu jumladan xususiy bandlik agentligining hamda chet ellik ish beruvchilarning shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun ish qidirayotgan shaxs oldida solidar javobgar ekanligini;
shartnomaning muddatlarini, uni oʻzgartirish va bekor qilish tartibini, shuningdek uning boshqa shartlarini.
Xususiy bandlik agentligining Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha chet ellik ish beruvchi va (yoki) chet ellik sherik bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi shartnomaning matni xususiy bandlik agentligining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Xususiy bandlik agentligining Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha chet ellik ish beruvchi va (yoki) chet ellik sherik bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi shartnomani tuzmasdan, xususiy bandlik agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish taqiqlanadi.
