27-modda. Fuqarolar yigʻini raisi takroriy saylovi
Fuqarolar yigʻini raisi saylovi toʻgʻrisida (O‘RQ-499-son) · Sana: 15.10.2018 · Amalda
Fuqarolar yigʻini raisi takroriy saylovi quyidagi hollarda oʻtkaziladi, agar:
avvalgi saylov oʻtmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan boʻlsa;
takroriy ovoz berish fuqarolar yigʻini raisi saylanganligini aniqlash imkonini bermasa;
fuqarolar yigʻinida (fuqarolar vakillarining yigʻilishida) fuqarolar yigʻini raisi lavozimiga koʻpi bilan ikki nafar nomzod koʻrsatilgan hamda ulardan birontasi ham saylanmagan boʻlsa.
Fuqarolar yigʻini raisi takroriy saylovi ushbu Qonun talablariga rioya etilgan holda bir oylik muddatdan kechiktirmasdan oʻtkaziladi.
