“23-modda. Fuqarolar yigʻinining raisini (oqsoqolini) saylash
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-498-son) · Sana: 15.10.2018 · Amalda
Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) uch yil muddatga saylanadi.
Fuqarolar yigʻinining raisini (oqsoqolini) saylash tartibi qonunda belgilanadi”.
3-modda. Fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) navbatdagi saylovi 2019-yil may oyida oʻtkazilsin.
Fuqarolar yigʻinlari amaldagi raislarining (oqsoqollarining) va ular maslahatchilarining vakolatlari muddati 2019-yil may oyida fuqarolar yigʻinlarining yangi raislari (oqsoqollari) saylanguniga qadar uzaytirilsin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-oktabr,
OʻRQ-498-son
