2705-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsi — Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga odil sudlovni amalga oshirish samaradorligini yanada kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida (O‘RQ-496-son)
2705-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sudning hal qiluv qarori
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga odil sudlovni amalga oshirish samaradorligini yanada kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida (O‘RQ-496-son) · Sana: 11.10.2018 · Amalda
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 23-bobida belgilangan qoidalarga koʻra sud tomonidan qabul qilinadi.
Sud nizolashilayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik) qonun hujjatlariga zid ekanligini hamda daʼvogarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzayotganligini aniqlasa, qarorni yoki uning ayrim qismlarini haqiqiy emas deb yoxud harakatlarni (harakatsizlikni) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qiladi.
Agar sud nizolashilayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik) qonunga muvofiq ekanligini hamda daʼvogarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmayotganligini aniqlasa, arz qilingan talabni qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qiladi.
Daʼvo arizasini qanoatlantirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorining xulosa qismida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
1) nizolashilayotgan qarorni qabul qilgan korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasining nomi yoki harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, nizolashilayotgan qarorning nomi, raqami, qabul qilingan sanasi, nizolashilayotgan harakatlar (harakatsizlik) sodir etilgan sana va joy;
2) nizolashilayotgan qarorning toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb yoki harakatlarning (harakatsizlikning) qonunga xilof deb topilganligi;
3) sud xarajatlarining taqsimlanishi.
Qaror haqiqiy emas deb, harakatlar (harakatsizlik) qonunga xilof deb topilgan taqdirda, sud tegishli korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasining yoki mansabdor shaxsning zimmasiga qonunga muvofiq qaror qabul qilish yoki muayyan harakatlarni amalga oshirish yoxud daʼvogarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining yoʻl qoʻyilgan buzilishlarini boshqacha usulda bartaraf etish majburiyatini yuklaydi.
Sudning ishni koʻrish natijalari boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarori, agar uning ustidan apellatsiya tartibida shikoyat qilinmagan (protest keltirilmagan) boʻlsa, u qabul qilingan paytdan eʼtiboran yigirma kun oʻtgach qonuniy kuchga kiradi”;
7) 350-modda toʻrtinchi qismining 4-bandi “davlat boji” degan soʻzlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
8) 355-modda toʻrtinchi qismining 3-bandi “davlat boji” degan soʻzlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
9) 367-moddaning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6) agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida davlat bojini va pochta xarajatlarini toʻlashdan ozod qilish nazarda tutilmagan boʻlsa, davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat”;
10) 387-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi “davlat boji” degan soʻzlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
11) 388-moddaning birinchi qismidagi “davlat boji toʻlashdan ozod qilinmagan shaxs shikoyat berish uchun boj toʻlamagan” degan soʻzlar “davlat bojini toʻlashdan ozod qilinmagan shaxs shikoyat berish uchun bojni, shuningdek pochta xarajatlarini toʻlamagan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 407-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi “davlat boji” degan soʻzlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
13) 408-moddaning birinchi qismidagi “davlat bojini toʻlashdan ozod qilinmagan shaxs shikoyat berganlik uchun boj toʻlamagan” degan soʻzlar “davlat bojini toʻlashdan ozod qilinmagan shaxs shikoyat berish uchun bojni, shuningdek pochta xarajatlarini toʻlamagan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 427-moddaning beshinchi qismi “davlat boji” degan soʻzlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
15) 428-modda birinchi qismining 3-bandi “davlat boji” degan soʻzlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:
1) 116-modda:
birinchi qismi “Sud chiqimlari” degan soʻzlardan keyin “sud xabarnomalari va” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud hujjatlarini yuborish bilan bogʻliq pochta xarajatlarining summasi sud tomonidan belgilanadi, biroq bu summa eng kam ish haqining oʻndan bir qismidan oshmasligi kerak va daʼvo arizasi (ariza, shikoyat) beruvchi shaxs tomonidan sudning depozit hisobvaragʻiga kiritilishi lozim”;
2) 292-modda birinchi qismining 4-bandi “davlat boji” degan soʻzlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 25-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-462-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 3-ilova) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 113-modda:
birinchi qismi “Sud chiqimlari” degan soʻzlardan keyin “sud xabarnomalari va” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Pochta xarajatlarining summasi sud tomonidan belgilanadi, biroq bu summa eng kam ish haqining oʻndan bir qismidan oshmasligi kerak va sudning depozit hisobvaragʻiga kiritilishi lozim”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
2) 130-modda quyidagi mazmundagi 11-band bilan toʻldirilsin:
“11) belgilangan tartibda va miqdorda pochta xarajatlari toʻlanganligini”;
3) 206-modda birinchi qismining 1-bandi “davlat boji” degan soʻzlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
4) 210-modda birinchi qismining 3-bandi “davlat boji” degan soʻzlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
5) 230-modda birinchi qismining 1-bandi “davlat boji” degan soʻzlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
6) 234-modda birinchi qismining 4-bandi “davlat boji” degan soʻzlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
7) 253-moddaning beshinchi qismi “davlat boji” degan soʻzlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
8) 255-modda birinchi qismining 2-bandi “davlat boji” degan soʻzlardan keyin “va pochta xarajatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 30-avgustda qabul qilingan “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish toʻgʻrisida”gi 108-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 183-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
7-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 11-oktabr,
OʻRQ-496-son
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 2705-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sudning hal qiluv qarori Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga odil sudlovni amalga oshirish samaradorligini yanada kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida (O‘RQ-496-son). neolex.uz/uz/laws/law-3977630/2705 (lex.uz/docs/-3977628)