Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sohalari bloklari va shakllari boʻyicha bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining normativlariga oʻzgartirishlar kiritish haqida (2945-1-son)
10.10.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 10-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2945-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-son “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2018-yil 8-maydagi PQ-3702-son “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2018-yil 8-maydagi PQ-3703-son “Samarqand veterinariya meditsinasi institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi va 2018-yil 8-maydagi PQ-3704-son “Toshkent davlat agrar universitetida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2017-yil 16-oktabrdagi 18-2017-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2945, 2017-yil 7-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 45-son, 1123-modda) bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sohalari bloklari va shakllari boʻyicha bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining normativlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. MADJIDOV
Toshkent sh.,
2018-yil 14-sentabr,
22-2018-son
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2018-yil 14-sentabrdagi 22-2018-son buyrugʻiga ILOVA
Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sohalari bloklari va shakllari boʻyicha bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining normativlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 8-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 8. Qishloq xoʻjaligi Qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi taʼlim sohasi; Qishloq xoʻjaligida menejment taʼlim sohasi; Veterinariya taʼlim sohasi; Irrigatsiya va melioratsiya taʼlim sohasi 10,3 10,3 9,5 8,0 ”.
2. Izohning sakkizinchi xatboshisidagi “Toshkent islom universiteti” degan soʻzlar “Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
2018-yil 14-sentabr
