Buxoro viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-3965-son)
11.10.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Davlat mulkining va davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi jamiyatlarning ishlab chiqarish maydonlari va obyektlaridan samarali foydalanish, investitsiyalarni faol jalb etish uchun qulay sharoitlarni shakllantirish, yangi raqobatbardosh ishlab chiqarishlarni va kichik korxonalarni rivojlantirishni yanada qoʻllab-quvvatlash, ularni muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasiga ega alohida hududlarda joylashtirishni taʼminlash va shu asosda ishlab chiqarish sohasida yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda aholining bandligi va farovonligini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Buxoro viloyati hokimligining Buxoro viloyatida davlat mulkining va davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi jamiyatlarning foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va obyektlari negizida 1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha kichik sanoat zonalarini (keyingi oʻrinlarda — KSZ deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda bir oy muddatda foydalanilmayotgan tegishli ishlab chiqarish maydonlari va davlat mulki obyektlarining Buxoro viloyati hokimligiga belgilangan tartibda oʻtkazilishini, shuningdek, davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi jamiyatlari boshqaruv organlarining majlislarida foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va obyektlarni ularning ustav jamgʻarmalaridagi davlat ulushini va xoʻjalik boshqaruvi organlarining ulushini tegishli ravishda oʻtkazilayotgan aktivlarning qoldiq (balans) qiymati summasiga kamaytirgan holda, ushbu qarorning 1-ilovasiga muvofiq Buxoro viloyati hokimligiga topshirish masalasi koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
KSZ hududidagi davlat koʻchmas mulki tadbirkorlik subyektlariga biznes rejalarni bajarish, ish oʻrinlarini yaratish va saqlab qolish, barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash sharti bilan keyinchalik mulk huquqi berilgan holda 10 yilga uzoq muddatli ijaraga beriladi;
KSZ hududidagi koʻchmas davlat mulkidan ijara davrida foydalanish uchun ijaraga olingan maydonda amalga oshirilayotgan faoliyat turidan kelib chiqqan holda, ortib boradigan koeffitsiyentni qoʻllamasdan ijara toʻlovining eng kam stavkasi belgilanadi;
KSZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalari qonunchilikda belgilangan tartibda elektron-onlayn auksion orqali ajratiladi.
4. Buxoro viloyati erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashi bir oy muddatda:
mazkur qarorning 1-ilovasida koʻrsatilgan KSZ faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilsin;
Buxoro viloyati hokimligi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat unitar korxonasi shaklida yagona KSZ direksiyasini tashkil etsin.
6. Buxoro viloyati kichik sanoat zonalari va “Buxorotexnopark” DUK muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarining manzilli roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Buxoro viloyati erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha ushbu qarorning 2-ilovasiga muvofiq boʻlinish chegarasigacha Buxoro viloyati KSZ va “Buxorotexnopark” DUK muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarini bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻlar ajratsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, Buxoro viloyati hokimligi bir oy muddatda ushbu qarorning 2-ilovasiga muvofiq Buxoro viloyati KSZ va “Buxorotexnopark” DUK muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarini amalga oshirish uchun tarmoq jadvallarini tasdiqlasin va ularning soʻzsiz bajarilishini taʼminlasin.
7. Buxoro viloyati erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda:
ikki oy muddatda Buxoro viloyati iqtisodiyotining ehtiyojlari, shuningdek, mavjud mineral-xom ashyo, qishloq xoʻjaligi resurslari va infratuzilmani hisobga olgan holda KSZ hududida tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlarning import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan turlarini ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish boʻyicha aniq takliflar — “yoʻl xaritalari” ishlab chiqilishini taʼminlasin;
KSZ hududida oʻzlashtirish uchun taklif qilinayotgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlarning import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tadbirkorlik subyektlariga yetkazsin;
KSZ hududida loyihalarni amalga oshirishga tadbirkorlik subyektlarini jalb etish, ular bilan tizimli ishlar olib borish, shuningdek, KSZ hududida ishlab chiqarishni joylashtirish boʻyicha investitsiya buyurtmanomalarining sifatli va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlasin;
tadbirkorlik subyektlariga KSZ hududida ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha investitsiyaviy loyihalarning biznes-rejalarini ishlab chiqishda koʻmaklashsin.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligi toʻgʻrisidagi 2018-yil 15-noyabr va 2019-yil 15-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligi uch hafta muddatda KSZ hududida amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligini oshirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi kichik sanoat zonalarini boshqarish boʻyicha direksiyalarning vakolatlarini kengaytirish va masʼuliyatini kuchaytirishga doir takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov, iqtisodiyot vaziri B.A. Xodjayev va Buxoro viloyati hokimi U.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 11-oktabr,
PQ-3965-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-oktabrdagi PQ-3965-son qaroriga 1-ILOVA
Buxoro viloyatida davlat mulkining va davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi jamiyatlarning foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va obyektlari negizida tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalarining
ROʻYXATI
T/r Tashkil etilayotgan KSZning nomi Obyektning nomi Hududi (ga)* Bino-inshootlar maydoni (kv.m)* 1. Kogon shahar KSZ Kogon shahar obodonlashtirish boshqarmasi balansidagi bino va inshootlar (sobiq tibbiyot birlashmasi) 2,2 6 067 “Toshneftgazqurilish” AJ “Montajchi” UK binolari** 1,9 4 246 Kogon shahar obodonlashtirish boshqarmasi balansidagi boʻsh yer uchastkasi (sobiq harbiy qism) 6,6 - 2. Kogon tumani KSZ “Amirobod” massivi “Yangiobod” MFY hududida joylashgan boʻsh yer uchastkasi (A380 yoʻli boʻyida) 9,6 - 3. Qorovulbozor tumani KSZ Qorovulbozor tumani hokimligi balansidagi “Kogon paxta tozalash” AJ sobiq paxta tozalash zavodining bino va inshootlari 4,7 2 317,9 4. Buxoro shahar KSZ Buxoro shahar obodonlashtirish boshqarmasi balansidagi bino va inshootlar (sobiq “Buxorouyqurilish” AJ) 9,2 26 255,7 Buxoro shahri hokimligi balansidagi bino va inshootlar (sobiq “Buxoro-DOZ” MCHJ) 2,4 6 523 Buxoro shahri hokimligi balansidagi bino va inshootlar (sobiq “985-sonli Buxoro ishlar boshqarmasi” AJ) 6,43 2 731 “Oʻtror” massivi hududida joylashgan boʻsh yer uchastkasi 6,1 - 5. Jondor tumani KSZ “Yakkatut” MFY hududida joylashgan boʻsh yer uchastkasi 10 - Jami: 59,13 48 140,6
* Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan birgalikda aniqlanadi.
** Bino va inshootlar, shuningdek, ularga tutash hududlar xoʻjalik yurituvchi jamiyatlarning tegishli boshqaruv organlari yigʻilishlarida koʻrib chiqish natijalariga koʻra aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-oktabrdagi PQ-3965-son qaroriga 2-ILOVA
Buxoro viloyati kichik sanoat zonalari va “Buxorotexnopark” DUK muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarining
MANZILLI ROʻYXATI
Tadbirlar nomi Oʻlchov birligi Miqdor/ Quvvat Xarajatlar miqdori* (mln. soʻm) Moliyalashtirish manbalari Masʼul ijrochilar Kogon shahar KSZ Kogon shahar obodonlashtirish boshqarmasi balansidagi bino va inshootlar (sobiq tibbiyot birlashmasi) Mavjud 63 kVa quvvatli transformatorni 160 kVa quvvatli transformatorga almashtirish, VL-6 kV kuchlanishli havo elektr tarmoqlari liniyalarini qurish va 160 kVa quvvatli transformator oʻrnatish km dona 0,5 2 300 Markazlashgan investitsiyalar doirasida Davlat budjeti mablagʻlari “Oʻzbekenergo” AJ, Buxoro viloyati hokimligi d=102 mm boʻlgan eltuvchi gaz oʻtkazish quvurini qurish km 2 256 “Oʻztransgaz” AJ, Buxoro viloyati hokimligi d=325 mm boʻlgan suv oʻtkazish quvurini qurish km 0,1 50 Mahalliy budjet mablagʻlari Uy-joy kommunal xoʻjalik vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi JAMI: 606 “Montajchi” UK binolari VL-6 kV kuchlanishli havo elektr tarmogʻi liniyalarini qurish va 250 kVa quvvatli transformator oʻrnatish km dona 0,8 1 150 Markazlashgan investitsiyalar doirasida Davlat budjeti mablagʻlari “Oʻzbekenergo” AJ, Buxoro viloyati hokimligi d=102 mm boʻlgan eltuvchi gaz oʻtkazish quvurini qurish km 2 256 “Oʻztransgaz” AJ, Buxoro viloyati hokimligi JAMI: 406 Kogon shahar obodonlashtirish boshqarmasi balansidagi boʻsh yer uchastkasi (sobiq harbiy qism) VL-6 kV kuchlanishli havo elektr tarmogʻi liniyalarini qurish va 250 kVa quvvatli transformator oʻrnatish km dona 1 2 250 Markazlashgan investitsiyalar doirasida Davlat budjeti mablagʻlari “Oʻzbekenergo” AJ, Buxoro viloyati hokimligi d=325 mm boʻlgan suv oʻtkazish quvurini qurish km 0,15 80 Uy-joy kommunal xoʻjalik vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi d=100 mm boʻlgan eltuvchi gaz oʻtkazish quvurini qurish km 7 1 300 Mahalliy budjet mablagʻlari “Oʻztransgaz” AJ, Buxoro viloyati hokimligi JAMI: 1 630 HAMMASI: 2 642 Kogon tumani KSZ VL-10 kV kuchlanishli havo elektr tarmogʻi liniyalarini qurish va 400 kVa quvvatli transformator oʻrnatish km dona 1,5 1 150 Mahalliy budjet mablagʻlari “Oʻzbekenergo” AJ, Buxoro viloyati hokimligi d=100 mm boʻlgan eltuvchi gaz oʻtkazish quvurini qurish km 3 500 “Oʻztransgaz” AJ, Buxoro viloyati hokimligi d=325 mm boʻlgan suv oʻtkazish quvurini qurish km 11 1 600 Uy-joy kommunal xoʻjalik vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi HAMMASI: 2 250,0 Qorovulbozor tumani KSZ VL-10 kV kuchlanishli havo elektr tarmogʻi liniyalarini qurish va 400 kVa quvvatli transformator oʻrnatish km dona 0,12 1 150 Markazlashgan investitsiyalar doirasida Davlat budjeti mablagʻlari “Oʻzbekenergo” AJ, Buxoro viloyati hokimligi “Doʻstlik A380” avtomobil yoʻlidan 4N-253 qismidan 0-1/0-3 km kesimda KSZga kirish yoʻlni taʼminlash km 3 75 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari Avtomobil yoʻllari boʻyicha davlat qoʻmitasi, Buxoro viloyati hokimligi d=160 mm va d=1000 mm boʻlgan suv oʻtkazish quvurini qurish km 0,8 230 Markazlashgan investitsiyalar doirasida Davlat budjeti mablagʻlari Uy-joy kommunal xoʻjalik vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi HAMMASI: 455 Buxoro shahar KSZ Buxoro shahar obodonlashtirish boshqarmasi balansidagi bino va inshootlar (sobiq “Buxorouyqurilish” AJ) VL-6 kV kuchlanishli havo elektr tarmogʻi liniyalarini qurish va 400 kVa quvvatli transformator oʻrnatish km dona 1,5 1 250 Markazlashgan investitsiyalar doirasida Davlat budjeti mablagʻlari “Oʻzbekenergo” AJ, Buxoro viloyati hokimligi d=102 mm boʻlgan eltuvchi gaz oʻtkazish quvurini qurish km 0,4 44 “Oʻztransgaz” AJ oʻz mablagʻlari “Oʻztransgaz” AJ, Buxoro viloyati hokimligi JAMI: 294 “Oʻtror” massivi hududida joylashgan boʻsh yer uchastkasi VL-6 kV kuchlanishli havo elektr tarmogʻi liniyalarini qurish va 400 kVa quvvatli transformator oʻrnatish km dona 1,7 1 170 Mahalliy budjet mablagʻlari “Oʻzbekenergo” AJ, Buxoro viloyati hokimligi d=102 mm boʻlgan eltuvchi gaz oʻtkazish quvurini qurish km 0,6 1 000 “Oʻztransgaz” AJ, Buxoro viloyati hokimligi d=160 mm boʻlgan suv oʻtkazish va kanalizatsiya tarmogʻini qurish km km 1 0,4 1 650 Uy-joy kommunal xoʻjalik vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi JAMI: 2 820 HAMMASI: 3 114 Jondor tumani KSZ VL-10 kV kuchlanishli havo elektr tarmogʻi liniyalarini qurish va 250 kVa quvvatli transformator oʻrnatish km dona 1,1 1 130 Mahalliy budjet mablagʻlari “Oʻzbekenergo” AJ, Buxoro viloyati hokimligi d=102 mm boʻlgan eltuvchi gaz oʻtkazish quvurini qurish km 15 1 200 “Oʻztransgaz” AJ, Buxoro viloyati hokimligi HAMMASI: 1 330 “Buxorotexnopark” DUK yer uchastkasi va ishlab chiqarish maydonlari Suv oʻtkazish va kanalizatsiya tarmogʻini, shuningdek suv gidrantlarini qurish km km km 7,0 7,7 2,0 14 650 Markazlashgan investitsiyalar doirasida Davlat budjeti mablagʻlari Uy-joy kommunal xoʻjalik vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi HAMMASI: 14 650 VILOYAT BOʻYICHA HAMMASI: 24 441,0
* Infratuzilma obyektlarining quvvati va xarajatlarning yakuniy miqdori loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishi va tasdiqlanishi natijasida aniqlanadi.
