“Oʻzagroeksport” AJ ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi oldindan toʻlovsiz, tasdiqlangan bank akkreditivi ochilmasdan yoki birinchi darajali xorijiy bank kafolati rasmiylashtirilmasdan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishi mumkin boʻlgan yetakchi xorijiy import qiluvchi tashkilotlar roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritish haqida (814-son)
09.10.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini eksport qilishni ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 19-sentabrdagi PQ-2603-son qaroriga muvofiq, shuningdek, tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish, eksportga yetkazib beriladigan yangi meva-sabzavot mahsulotlari hajmlarini koʻpaytirish va turlarini kengaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish, tashqi bozorlarda mahalliy meva-sabzavot mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-avgustdagi 609-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 32-son, 819-modda) bilan tasdiqlangan “Oʻzagroeksport” AJ ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi oldindan toʻlovsiz, tasdiqlangan bank akkreditivi ochilmasdan yoki birinchi darajali xorijiy bank kafolati rasmiylashtirilmasdan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishi mumkin boʻlgan yetakchi xorijiy import qiluvchi tashkilotlar roʻyxatining rus tilidagi matniga quyidagi mazmundagi 8-pozitsiya qoʻshilsin:
“ 8. TUP “Belkoopvneshtorg Belkoopsoyuza” 5 raspredelitelnix skladov Respublika Belarus, g. Minsk, prom. uzel Kolyadichi, ul. Babushkina, 62, INN: 100095087 s 2014 g. 198 601 390 belorusskix rubley (99,3 mln. doll.SShA) 9500 ”.
2. Vazirlik va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov va “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK boshqaruvi raisi T.A. Jalilov zimmasiga yuklansin.
