Elektron raqamli imzodan foydalangan holda elektron shaklda davlat statistika hisobotini taqdim etish tartibi toʻgʻrisida nizomning 1-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida (2479-1-son)
08.10.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 8-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2479-1]
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 51-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-iyuldagi “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3852-son qaroriga muvofiq, Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2013-yil 24-iyundagi 3-mb-son qarori (roʻyxat raqami 2479, 2013-yil 17-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 29-son, 380-modda) bilan tasdiqlangan Elektron raqamli imzodan foydalangan holda elektron shaklda davlat statistika hisobotini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi ikkinchi xatboshidagi “va muhri” soʻzlari “ , shu jumladan elektron raqamli imzosi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Mazkur oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. BEGALOV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-sentabr,
5-mb-son
Kelishilgan:
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. SADIKOV
2018-yil 26-sentabr
