“Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 134-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-390-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (1860-III-son)
27.07.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 18-iyulda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 134-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-390-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 27-iyul,
1860-III-son
