Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (800-son)
06.10.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-iyuldagi PF-5484-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 19-iyuldagi PQ-3870-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-iyuldagi PF-5484-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda “Oʻzatom” agentligi deb ataladi) Ilmiy-texnik va ekspert kengashi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 19-iyuldagi PQ-3870-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining Atom energetikasini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining Ilmiy-texnik va ekspert kengashi tarkibi 1-ilovaga* muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining Ilmiy-texnik va ekspert kengashi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga* muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining Atom energetikasini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
1 — 3 ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
3. “Oʻzatom” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.S. Sultanov va “Oʻzatom” agentligi bosh direktori J.T. Mirzamahmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 6-oktabr,
800-son
